O ’qu V u sl ubiy m a jmu a



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/299
Sana11.06.2022
Hajmi7,33 Mb.
#656484
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   299
Bog'liq
Ozbekiston tarixi UMK -2-kurs - Tarix (DTPI)

Zayniddin
Vosifiyning
«Badoe ul-vaqoe», Zahiriddin Muhammad 
Boburning «Boburnoma» asarlari ham shu davr ijtimoiy va madaniy hayotidan bahs yuritadi. 
Ko’chkinchixon topshirig’i bilan 
Sharofiddin Ali Yazdiyning
«
Zafarnoma
»si o’zbek 
tiliga o’girildi. Yetuk tarixchi olim 
Mirza Muhammad Haydar
(1500-1556) 1541-1546-
yillarda Yunisxonning nabirasi, tog’avachchasi Abdurashidxorga bag’ishlab «Tarixi 
Rashidiy» asarini yozadi. Mirza Haydar Toshkentda dunyoga kelgan; uning onasi Toshkent 
hokimi Yunusxonning qizi Xo’bnigorxonim bo’lib, Zahiriddin Muhammad Boburning 
xolavachchasi bo’lgan. 
Hofiz Ko’hakiy
(Sulton Muhammad Hofiz Toshkandiy) Ulug’bek Mirzoning shogirdi 
Ali Qushchining nabirasi bo’lib, shayboniylar davrining yetuk tarixchisi, mantiq, fiqh, kalom 
ilmlari olimi bo’lgan. Davr taqozosi bilan o’z vatani Toshkentda turg’un yashay olmaydi. 
1528-yili Zahiriddin Muhammad Bobur huzuriga, Hindistonga boradi. Hajga borib
Usmonlilar Turkiyasi sultoni bilan uchrashadi. Vazirlikka qilingan taklifni rad etib, 1563-yili 
Toshkentga qaytadi va shu yerda 1584-yili vafot etadi. U «
Tarixi Toshkand
», «
Tarixi oliy 
Chingiz
» (Chingiz sulolasi tarixi), «Risola fi fannit-tavsir val-usul val-firu val-mantiq val-
kalom» (Tafsir, fiqh asoslari va tarmoqlari, mantiq va kalom ilmi haqida risola) kabi asarlar 
muallifidir. 
Adabiyot
. Shayboniyxonning o’zi ham umri jang-u jadallarda o’tishiga qaramay, 
she’riyat va tarix fani bilan shug’ullanishga vaqt topgan. Uning she’riy devon tuzgani 
ma’lum. U hatto xattotlik bilan ham shug’ullangan. O’zbekiston Fanlar akademiyasi Abu 
Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kutubxonasida (tartib raqami 844) 
Kamoliddin Binoniy qalamiga mansub «
Shayboniynoma
» asarining Shayboniyxon 
ko’chirgan nusxasi saqlanadi. Ubaydullaxon ham ilmli va ma’rifatli hukmdor edi. U fors va 
turk she’riyatini yaxshi bilardi. Ayni paytda, o’zi «
Ubaydiy
» taxallusi bilan o’zbek, fors, arab 
tillarida ijod qilgan, she’rlar bitgan. Uning uch tilda bitgan she’rlaridan iborat uch devoni bir 
kitobga jamlangan. Ubaydiyning o’zbek tilidagi devoni 306 g’azal, 435 ruboiy, 25 qit’a, 13 
tuyuqdan iborat. 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish