88
u uyda o‘z bilimini oshiradi. Bu ishda ungaamakisi Mirza Qalandar va tog‘asi Mirza Zariflar
yaqindan yordam beradilar. Bedil so‘fizm falsafasini,
hind va urdu tillarini, yunon (ayniqsa
Arastu) falsafasini chuqur vaatroflicha o‘rganadi, keng mushohada etadi. O‘n yoshdan badiiy
ijod bilan shug‘ullana boshlaydi. Otasining o‘limiga bag‘ishlab marsiya va ruboiylar to‘qiydi.
Bedil g‘oyatda murakkab sotsial-iqtisodiy tarixiy
jarayonda yashadi va ijod qiladi. Undan boy ilmiy-falsafiy va badiiy meros qolgan. 130
mingdan ortiq she’riy satr, 50 bosma taboq nasriy asarlari mavjud. U 1721-yilda Dehlida 77
yoshida vafot etdi.
Bedil asarlarining asosiy qismi uning kulliyotiga kirgan. Bu to‘plam 1882-yilda
Bombayda 16 kitobdan iborat bosmadan chiqdi. Bedil kitoblarining litografiya bosmasidan
tashqari O‘rta Osiyo davlatlari shahar va qishloqlarida, Toshkent, Samarqand, Buxoro,
Farg‘ona, Xiva, Xo‘jand, Dushanbe, O‘sh shaharlarida qo‘lyozma nusxalari ham uchraydi.
«Tilismi Hayrat» (1669) – 500 misradan iborat. Masnaviy tarzida yozilgan bu asarda
insonning jismoniy vujudi va ruhiyati haqida so‘z boradi. Bedil inson ruhini ilohiy olamdan
kelgan podshohga o‘xshatib,
uning jismoniy vujudini tuproq, shamol, olov va suvdan tarkib
topgan mamlakat qiyofasida tasvirlaydi.«Muhiti a’zam» (1681) 9 ming misradan iborat
masnaviy asarida Bedil tasavvuf ahli hayotiga oid hikoyalarni, shuningdek may, jom, nay,
tanbur va boshqa musiqa asboblarining ta’rifi tavsifiga bag‘ishlangan fikr-mulohazalar, go‘zal
istiora va tashbehlar vositasida ifodalaydi.
Bedilning g‘azallari,
ruboiylari, qasidalari, qit’a va tarixiy qit’alar hamda tarkibband
va tarjibandlarni qo‘shib hisoblaganda 75 ming lirik va chuqur falsafiy misralarni tashkil
etadi.
Bedil «Chor unsur» («To‘rt unsur») kitobini 1703-yilda yozgan. Bu kitob nasrda
yozilgan. Unda shoir o‘zining bolalik, o‘smirlik, yigitlik va qarilik chog‘lari haqida biografik
ma’lumot beradi. Asarning so‘nggi ikki bobida to‘rt unsur – havo, suv, yer va olov to‘g‘risida
so‘z boradi.
«Irfon» («Bilim», 1721) asari doston va hikoyalardan tarkib topgan. 10 ming satrdan
tarkib
topgan bu kitobdaadabiyot, tabiat, falsafa, masalalari haqida fikr yuritiladi. Undagi
mashhur dostonlardan biri «Komde va Mudan» bo‘lib, bu dostonida Bedil raqqosa qiz Komde
bilan iste’dodli cholg‘uchi Mudanning sevgisini tasvirlaydi. Zolim podsho Komde va
Mudanning boshiga ko‘p kulfat va fojialar soladi. Uzoq judolik vaalam-iztirobdan keyin
Komde bilan Mudan murod-maqsadlariga yetadilar. Bedil bir o‘rinda:
Himmat kamarini bog‘lagan hamon,
Chumoli yengadi sherni begumon,
degandek,Komde bilan Mudan o‘zini sher bilgan shiddatli shohni yengadilar.
Sof sevgi,
muhabbat zulmdan ustun chiqadi. Dostonning bosh qahramoni Mudan mag‘rur ovoz bilan:
Do'stlaringiz bilan baham: