Oltinchisi-
adolat va insof bilan tangrining yaratgan-bandalarini o’zimdan rozi
qildim. Gunohkorga ham, begunohga ham rahm qilib, haqqoniyat yuzasidan hukm
chiqardim. Xayr-ehson ishlarim bilan odamlar ko’nglidan joy oldim. [To’g’ri]siyosat va insof
bilan sipohiylarim va raiyatni umid vaqo’rqinch orasida saqladim. Fuqaro va qo’l
ostimdagilarga rahmdillik qildim, sipohiylarga in’omlar ulashdim. Zolimlardan mazlumlar
haqqini oldim.Menga yomonliklar qilib, boshim uzra shamshir ko’tarib, ishimga ko’p ziyon
yetkazganlarni ham, iltijo bilan tavba-tazarru qilib kelgach, hurmatlab yomon qilmishlarini
xotiramdan o’chirdim. Martabalarini oshirdim.Ular bilan muomalada shunday yo’l tutdimki,
agar xotiralarida menga nisbatan shubhayu qo’rquv bo’lsa, butunlay unut bo’lardi.
Yettinchisi
-sayyidlar,
ulamo-yu
mashoyix,
oqil-u
donolar,
muhaddislar,
xabarchilar(tarixchilar)ni tanlangan, e’tiborli odamlar hisoblab, izzat-u hurmatlarini joyiga
qo’ydim. Shijoatli kishilarni do’st tutardim, chunki Tangri taolo jasur kishilarni ardoqlaydilar.
Ulamo bilan suhbatda bo’ldim va pokniyatli, tozaqalbli kishilarga talpindim. Bularning
himmatlaridan ulushtilanib, muborak nafaslari bilan duo-fotiha berishlarini iltimos qildim.
Darvish, faqir va miskinlarni o’zimga yaqin tutdim, ularning ko’ngillarini og’ritmadim va
biron talablarini rad etmadim. Buzuqi va og’zi shaloq g’iybatchi odamlarni majlisimga
yo’latmadim, so’zlariga amal qilmadim. Biror kimsaga tuhmat-u g’iybat qilsalar, quloq
solmadim.
Sakkizinchi
-azm-u jazm bilan ish tutdim.Biron ishni qilishga qasd qilgan
bo’lsam,butun zehnim,vujudim bilan bog’lanib, bitirmagunimcha undan qo’limni
tortmadim.Har neki degan bo’lsam unga amal qildim.Hech kimga g’azab bilan qattiq
muomala qilmadim va hech bir ishda tanglik qilmadim, toki Tangri taoloning g’azabiga
duchor bo’lmayin va ishimni buzib, holimni tang aylamasin deb, Odam Atodan boshlab
Xotamul-anbiyogacha, ulardan hozirgi damgacha o’tgan sulto’nlarning qonunlari va turish-
turmushlarini donolardan so’rab-surishtirdim. Har qaysilarining yo’l-yo’riqlari, turish-
turmushlari, qilish-qilmishlari, aytgan gaplarini xotiramda saqlagim va yaxshi axloqlari,
ma’qul sifatlaridan namuna olib, unga amal qildim. Davlatlari-ning tanazzulga uchrashi
sabablarini surishtirdim va davlat-u saltanat zavoliga sabab bo’luvchi ishlardan
saqlandim.Naslni buzuvchi, ocharchilik va vabo kasali keltiruvchi zulm va buzuqchilikdan
saqlanishni o’zimga lozim bildim.
Do'stlaringiz bilan baham: |