О производстве спичек



Download 0,57 Mb.
bet1/14
Sana24.02.2022
Hajmi0,57 Mb.
#212575
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Qiziqarli kimyo


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA ORTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI
Namangan davlat universiteti
Kimyo biologiya fakulteti
R.Avezov, M.R. Avezov
Qiziqarli kimyo
( kimyoviy inszenerovkalar, o’zbek-rus-ingliz tilida)




Namangan – 2008 yil
R.Avezov, M.R.Avezov „Qiziqarli kimyo“o’rta maktab, akademik litsey, kolledj talabalari, oliy o’quv yurtlari studentlari uchun metodik qo’llanma. Namamgan-2008 yil (2003 yil nusxasi asosida qayta nashr).2qismi ( kimyoviy inszenerovkala o’zbek-rus-ingliz tillarida) 48b


Taqrizchilar: A.Siddiqov, F. Hoshimov


Qiziqarli kimyo qo’llanmasi 1973 yil kirill grafikasida chop etilgan bo’lib bugungi kunda noyob hisoblanadi, shu sababli bu asar lotin grafikasida 2003 yili keng o’quvchilar ommasiga mo’ljallab tayyorlandi. 2004 yilda “Sharq” nashriyotida ham chop etilgan bo’lib ayrim 1973 yildagi mavzular, matnlar qisqartirilganligi sababli originalga mos 2003 yil nashri qayta chop etildi. Hamda rus tiliga Namangan shahar 15 o’rta maktab o’qituvchisi Abdullaeva H, ingliz tiliga NamDU ingliz tili bo’limi talabasi Muxammedova G. Tarjima qildilar.
Namangan davlat universiteti kengasgida chop etishga ruxsat berilgan Bayyonnoma N4 23 yanvar 2001 yil.
KIMIYOVIY INSTSENIROVKALAR
Gugurt ishlab chiqarish haqida
Sahna kimyo kabineti ko'rinishida. Sahna chetida stol turibdi.Uining ustida spirt lampasi, probirkalar, bir necha idishlarda reaktivlar (bertole tuzi, qizil fosfor, kaliy permanganat, konsentrlangan sulfat kislota, xlorid kislota) ko'rinib turadi. Bulardan tashqari, uzunligi 50 santimetr keladigan va qizil hamda oq rangga ola-bula qilib bo yalgan ikkita yog'och tayoqcha uzunligi 15—20 santimetr keladigan va uchiga ozgi-na qizil fosfor surkalgan ingichka cho'p qoyilgan. Sahnada doska, bo'r va ho'llangan latta ham bo'lishi kerak. Sahna orqasida esa qum solingan tunuka lagan, qumning ustida yoqish uchun quruq tarasha bo'lishi lozim.
Sahnada IX sinf o 'quvchilari Xoliq bilan Ne 'mat po'kak to'pponcha otib oynab turadilar. Shu vaqt VIII sinf o'quvchi­lari Soliha, Naima va Rahimalar kirib keladilar. Ularni ko 'rgan Xoliq to'pponchadan yana bir o (q otdi. Qizlar qo'rqib ketib yoqalariga tufurgan bo’ ladi.
Soliha (tomosabinlarga qarab): Kap-katta bolaning o'ynab yurganini qaranglar-a?
Xoliq: Yaxshi qiz, siz qaysi sinfda o'qiysiz?
R a h i m a: VIII sinfda.
Naima: Ha, nima edi?
Xoliq (gerdayib, qo'li bilan ko'kragini ko'rsatgan holda): Akangiz IX sinfda o'qiydilar.
Soliha (uni masxara qilgandek tomoshabinlarga qarab): IX sinfda o'qiydigan akamlarning qilig'ini qarang. Bog'cha bolalari o'ynaydigan to'pponchani o'ynaydilar-u, tag'in IX sinfda o'qiyman deb gerdayadilar (qizlar kulishadi).
R a h i m a (Xoliqqa qarab): Siz tengi bolalar aviamodel to'garagida yasagan modellari bilan rekord qo'yayaptilar, siz bo'lsangiz uyalmay-netmay o'yinchoq to'pponcha o'ynab o'tiribsiz.
X o 1 i q: Gap unda emas.
N a i m a (qizlarga qarab): Qaranglar, «gap unda emas» emish.
R a h i m a (Xoliqqa qarab): Gap bug'doydami bo'lmasa? (Qizlar yana kulishadi.)
X o 1 i q: Yo'q, gap to'pponchada emas, gap uning o'qida.
S o 1 i h a (kishilarga qarab): Gap o'qida emish.
N a i m a (Xoliqqa qarab): To'pponchasiga ming so'm to'lagan kishi, yuz so'mga bir quti o'q sotib olishi qiyin ekanmi?
X o 1 i q: E, tushunmas ekansizlar-ku.
N e' m a t (Xoliqqa qarab): Sen juda soddasanda Xoliq, shularga gap tushuntirib bo'larmidi.Koshki bular gapingga tushuna qolsa.
S o 1 i h a (qizishib): Nega tushunmas ekanmiz.
R a h i m a: Gaplarida biror ma'no bo'lsa tushunamizda (qizlar kulishadi). Xoliq: Tushunasizlar, albatta, lekin keyinroq atigi bir yil keyin tushunasizlar-da.
Ne'mat (Rahimaga o'qni ko'rsatib): Mana qarang, bu siz o'ylagancha magazinda sotiladigan o'qlardan emas. Buni biz o'zimiz kimyo to'garagida
tayyorlab olganmiz.
X o 1 i q: Xo’sh, qani siz ayting-chi, ana shu o'q qanday moddalardan tayyorlangan?
N a i m a: Men qayerdan bilay.
Ne'mat: Ha barakalla, ana endi o'zingizga keldingiz.
S o 1 i h a: Biz, uni bilmasak ham, sizlarga o'xshagan kap-katta bolalar to'pponcha otib yurishlari bizga yoqmaydi.
Xoliq: Xay to'xtanglar, yog'och o'yinchoq o'yinni ko'rsatsam sizlarga yoqadimi?
N a i m a: Hali yog'ochni ham ming ohangga solaman deng.
R a h i m a: E dugonajon, bularga qolsa, partani nog'ora, doskani childirma qilib chalishadi.
Xoliq: Mana qaranglar (qo’liga qizil va oq rangga bo'yalgan ikkita tayoqchani olib, bir-biriga uradi. Tayoqchadan olov va ovoz chiqadi. Qizlar hayron bo'lishadi. Soliha Xolidning qo'lidagi tayoqchalarni olib, u yoq-bu yog'ini qaraydi. Ularni bir-biriga urib ko'radi, hech narsa bo'lmaydi).
Soliha: O'yinchoqlaringiz qiziq bo'lmasa ham bularning nimadan qilingani meni qiziqtirayotir.
N a i m a: Balki siz bularni nimadan va qanday qilinganini aytib berarsiz.
Xoliq: Bu o'yinchoqlarning zamirida zo'r bilim yotadi.
N e' m a t: Katta ishlab chiqarish ham yotadi degin.
R a h i m a : Katta ishlab chiqarish degan narsani bilasizmi o'zingiz? Ishlab chiqarish deb zavod, fabrikalarni aytadilar-ku, zavod-fabrikalarni o'yin-choqqa nima aloqasi bo'lsin?
Xoliq: Ha, zavod-fabrikalar ishlab chiqarishga kiradi.
Ne'mat (qizlarga qarab): Xalqimizning farovonligi uchun xizmat qiladigan korxonalarning biri shu bilim asosida ishlaydi. (Xoliq cho'ntaklaridan bir narsani axtaradi, topa olmagach, Solihaga murojaat qiladi.)
Xoliq: Singlim, gugurtingiz bormi?
Soliha: Yo'q.
N a i m a: Menda bor, nima qilasiz?
Xoliq: Menga bering! (Naima gugurtni beradi, Xoliq uni chaqib yondiradi.) Qani endi siz aytingchi, nima uchun guguit yondi? (Qizlar
javob berolmay, bir-birlariga qaragan holda kiftlarini qisib, jim qoladilar.)
N e' m a t: Bular buni qayoqdan bilishsin.
X o 1 i q: Albatta, bilmaysizlar. Lekin bularni aytgan bilan ham tushunmasangizlar kerak deb o'ylayman.
N a i m a: Nega tushunmas ekanmiz?
R a h i m a: Nemischa «so'zlasalar» kerak-da.
S o 1 i h a (Xoliqqa qarab): Qani aytib bering. Mening zehnim juda yaxshi, har bir eshitgan narsamni darrov tushuna qolaman.
N a i m a: Hay, aytib bera qoling endi.
X o 1 i q: Xo'p, quloq solinglar aytib beraman. Sizlar kimyo o'qiysizlarmi?
Q i z 1 a r: Ha, bo'lmasamchi?
X o 1 i q: Juda yaxshi. Bertole tuzini bilasizlarmi?
S o 1 i h a: Albatta bilamiz. Biz u bilan xlor temasini o'tganda tanishgan edik. Formulasi KCIO3kaliy — xlor — O — uch.
N a i m a: Qizdirilsa, kislorod ajralib chiqadi. To'g'rimi?
X o 1 i q: Ha balli! Qizil fosforni ham eshitgandirsizlar?
S o 1 i h a (o'ylanib qoladi): Qizil fosfor, qizil fosfor
R a h i m a: Qizil fosfor-chi?
N a i m a (Solihaga qarab): Esingdan chiqdimi? Biz VII sinfda o'qiganda qizil fosforni kislorod ichida yondirib ko'rgan edik-ku (Xoliqqa qarab). U kislorod ichida ravshan alanga berib yonadi.Shumi?
X o 1 i q: Ha, ana o'sha.
S o 1 i h a (qizlarga qarab): Endi esimga keldi.Yonganda quyuq oq tutun hosil bo'lgan edi-da.
R a h i m a: O'sha qizil fosfor edi-da.
X o 1 i q: Endi quloq solinglar, men aytay. Bertole tuzi bilan qizil fosfor kimyoviy xossalari jihatidan bir-biri bilan hech chiqisha olmaydi. Ular
bir-biriga yaqin keldimi, albatta o't chiqaradi. Biz bo'lsak shundan foydalanamiz (gugurt qutisi va donasini ko'rsatib), mana qaranglar, quti sirtiga qizil fosfor va surma (Ill)-sulfid bilan shisha kukuni aralashmasi surtilgan. Gugurt cho'pi bo'lsa bertole tuzi, oltingugurt boshqa yonuvchi moddalar va yelim aralashmasiga botirib olingan. Bularni bir-biriga ishqalasak, qizil fosfor oq fosforga aylanib uchqun beradi. Bertole tuzidan esa kislorod ajralib chiqadi va gugurt cho'pi kallagidagi aralashmani yondiradi. Tushundilaringmi?
S o 1 i h a: Tushunarli.
N a i m a (Solihaning qo'lidagi tayoqchalarga ishora qilib): Ana u tayoqchalarda ham shular bormi?
X o 1 i q: Ha, balli.
N e'm a t (Solihaning qo'lidan yog'ochlarni olib, oq joyini ko'rsatadi): Mana ko'rib turibsizlarki, bunda bertole tuzi (qizil qismini ko'rsatib), bunisida esa qizil fosforni yelimga aralashtirib surkalgan va quritilgan. (Rahima tayoqchalarni olib boshqa joylarini bir-biriga uradi, olov ham, ovoz ham chiqmaydi.)
Rahima: Nega biz ursak hech narsa bo'lmaydi?
X o 1 i d (tayoqchalarini Rahimaning qo’lidan olib tushuntira boshlaydi): Chunki sizlar, har ikkalangiz ham tayoqchaning fosfor bilan bertole tuzi surkalgan joyini emas, balki boshqa joylari­ni bir-biriga urdingizlar, mana bu joylarini bir-biriga urib ko'ringchi (Rahima tayoqchalarni olib, Xoliq ko'rsatgan joylarini bir-biriga uradi. Uchqun chaqnab tovush chiqadi. Soliha Naimalar ham urib ko'radi, qizlar zavqlanadilar).
Soliha: O'qni qanday yasadingiz?
X o 1 i q: Bu qiyin emas.
N e' m a t: Lekin juda ehtiyot bo'lish talab qilinadi,aks holda, portlab ketishi va yong'in chiqishi mumkin.
X o 1 i q: Juda to'g'ri, ehtiyotkorlik shart. Buning uchun bir varaq qog'oz olib, uning yuziga yelim surkaladi. So'ngra juda ozgina bertole tuzi bilan qizil fosforni bir-biriga sekinlik bilan aralashtirib, yelimlangan qog'ozning har yer, har yeriga aralashmadan tariq kattaligida qo'yib chiqila-di va ustidan yana bir varaq qo'g'oz yopishtiriladi. Qurigandan keyin har birini qirqib qirqib, to'pponchada otaverasiz. Lekin shuni bilib qo'yingki aralashma me'yoridan ko'proq bo'lsa, qattiq portlash yuz beradi. Bu esa ancha xavfli.
N e' m a t: Istasangiz uni ham tajriba qilib ko'rish mumkin.
Rahima va Naima: Albatta istaymiz.
S o 1 i h a: Istaymizku-ya, lekin xavfli deyapsizlarku?
N e' m a t: Yoiini bilmagan kishiga albatta xavfli.
X o 1 i q: Lekin men uni xavfsiz ko'rsata olaman. Faqat ovozdan qo'rqmasangizlar bo'lgani.
S o 1 i h a: Men ovozdan qo'rqmayman.
Rahima: Biz sizlar o'ylagancha qo'rqoqlardan emasmiz, bemalol ko'rsatavering!
X o 1 i q: Unday bo'lsa ko'rsatishim mumkin.
N e' m a t: Men ko'rsata qolay.
X o 1 i q: Ha, mayli ko'rsata qol (Ne'mat qo'liga uzunroq, taxta olib, ilgari qog'ozda tayyorlab qo'yilgan aralashmani ehtiyotkorlik bilan taxta ustiga qo'yadi hamda kishilardan va qizlardan uzoqroqqa qo'yib ikkinchi uzun taxta bilan uradi, qattiq portlash bo'ladi. Qizlar qichqirib yuboradilar).
N a i m a (zavqlanib): Mana buni tajriba deydilar.
S o 1 i h a: Bu xil qiziq tajribalarni qayerda o'rgandingizlar?
Ne'mat: Qayerda bo'lardi? Kimyo to'garagida o'rganamiz.
X o 1 i q- Biz bunday tajribalarni kimyo to'garagida ko'plab bajaramiz va o'rganamiz.
Rahima: Kimyo to'garagi juda qiziq ekan.
N e' m a t: Sizlar kimyo to'garagiga qatnashmaysizlarmi?
Q i z 1 a r: Yo'q hozircha qatnashmaymiz.
X o 1 i q: Shunday qiziq to'garakka nima uchun qatnashmaysizlar?
N a i m a: Biz uch yildan beri «Yosh tabiatshunoslar» to'garagiga qatnashib kelayapmiz.
X o 1 i q: «Yosh tabiatshunoslar» to'garagi ham yaxshi va qiziqarli.
N e’ m a t: Lekin tabiatshunos bo'lish uchun ham kimyo yaxshi bilish kerak bo'ladi.
S o 1 i h a: To'g'ri aytasiz, (qizlarga murojaat qilib) qizlar, ertaga borib sinf rahbarimizdan kimyo to'garagiga ham qatnashish uchun ruxsat so'raymiz, to'g'rimi?
Rahima va Nairn a: Albatta shunday qilamiz.
X o 1 i q: Shunday qilsalaring ko'p yaxshi bo'ladi. N e' m a t: Qani yuringlar, endi ketdik. (Hammalari sahnadan chiqib ketadilar.)



Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish