Tuxum bilan tajribalar
Sahna kimyo kabineti ko'rinishida. Sahna oldida stol, orqaroqda sinf doskasi turadi. Unga bo 'r va ho 'llangan latta ham qo'yilgan. Stolda karbonat angidrid olish uchun mar-martosh va xlorid kislota, sklyankada 100 ml konsentrlangan o 'yuvchi kaliy eritmasi, bir litr xlorid kislota (1:2) eritmasi, og'zining diametri tuxum diametridan kichikroq bo'lgan konussimon kolba, bitta kichikroq chelak yoki konservadan bo \shagan uch litrli tunuka quti, ikki kilogramm so 'ndirilma-gan ohak, bitta yaxshi pishirilgan tuxum, ikkita xom tuxum, yarim chelak suv. Bir litrli stakan va pinset bo 'ladi. Stol yoni-da VIII sinf o'quvchilari Dilbarf Sanam va Hadichalar tajriba o 'tkazishga tayyorlanmoqdalar. Sahnaga shoshilgan holda VII sinf o 'quvchilari Odil bilan Po’lat kirib keladi.
O d i 1: Dilbar opa, o'qituvchimiz qani?
D i 1 b a r: Hozirgina chiqib ketdilar, o'qituvchilar Xonasida bo’lsalar kerak. Sanam: Muncha hovliqmasanglar?
X a d i c h a: Nima ishlaring bor edi?
O d i 1: Bir necha savollarimiz bor, shularni so'rab olmoqchi edik.
P o' 1 a t: Sizlar nima ish qilyapsizlar?
D i 1 b a r: Kimyo to'garagida ko'rsatiladigan tajribalarni tayyorlamoqchimiz.
S a n a m: Nima savollaringiz bor edi?
X a d i c h a: Savolingizni ayting qani, balki ko'plashib javob toparmiz.
O d i 1: VII «A» sinfda o'qiydigan Karimni bilasizmi?
S a n a m: Ha, nima qilibdi?
O d i 1: O'tgan kuni ana shu Karim bizlarga «Kimyo-dan topishmoqlar aytsam topasizlarmi?», — deb so'radi. Bizlar «Qani aytchi» desak, u «olovsiz, elektrsiz, quyoshning issiqligidan foydalanmagan holda qanday qilib tuxumni pishirish mum-kin?» — deb so'radi.
X a d i c h a: Hammasi shumi?
P o' 1 a t: Yo'q, u yana bir necha savol berdi, bu savol-larga javob topish uchun Odil bilan ikkimiz kitobning hamma betlarini varaqlab chiqdik. Ammo savollarning birortasiga ham javob topa olmadik.
Odil: Axiri, o'qituvchimizdan so'rab olishga qaror qildik va shuning uchun bu yerga keldik.
D i 1 b a r Kimyodan «Oksidlar, asoslar, kislotalar va tuzlar» temasini o'qib chiqdinglarmi?
P o' 1 a t: Oksidlar, asoslar va kislotalarni o'qib chiqdik. Tuzlarni endi o'rganamiz.
Sanobar Unday bo'lsa, bu topishmoqni bemalol yechishlaringiz lozim ediku.
P o' 1 a t: Sizlar bilasizlarmi?
D i 1 b a r: Albatta, bilamiz.
P o' 1 a t: Bilsanglar bizlarga ham aytib bera qolinglar. Biz javob topa olmasdan juda ko'p ovora bo'ldik.
X a d i c h a: Faqat aytib berish emas, istasangiz tajri-ba qilib amalda ko'rsatib berishimiz ham mum-kin.
P o' 1 a t: Albatta istaymiz.
Odil: Koshki edi (sevingan holda), ko'rsatib ber-
sanglar juda soz bo'lardi-da. D i 1 b a r (stol ustidagi tuxumlarni Po'latga ko'rsatib):
Ana shu tuxumlardan bitta homini tanlab olib
bering.
O d i 1: Bu tuxumlarning pishgani ham bormi? S a n a m: Tuxumlarning bittasi pishgan, ikkitasi xom. P o' 1 a t: Tuxumning xom-pishig'ini qayerdan bila-
man?
X a d i ch a: Shuni ham bilmaysizlarmi? D i 1 b a r: Tuxumning xom-pishig'ini fizikadan bilishlaringiz kerak edi. Birinchidan xom tuxumni stol ustida pildiratib aylantirsangiz, u yaxshi aylanmaydi. Pishgan tuxum esa yaxshi aylanadi.
Ikkinchidan, xom tuxumni qo'lga qisib, yorug'likka tutib qarasangiz, undan yorug'lik o'tib ko'rinadi. Pishgan tuxumdan yorug'lik o'tmaydi. Po' 1 a t (stol ustidagi tuxumlarni stol ustida aylantiradi, keyin yorug'ga tutib ko'radida, xomini ajratib olib, Dilbarga uzatadi): Mana shu ikkitasi
xom ekan. D i 1 b a r (kichik chelakka ikki kilogramm so'ndirilgan ohak solib, ustiga xom tuxumlarni qo'yadi, uning ustidan 1,5—2 litr suv quyadi, shu ondayoq suv qaynay boshlaydi.) Ko'ryapsizlarmi?
Suv qaynayapti. Hozir tuxumlar ham pishib qoladi Odil:Chelakksolganingiz ohak emasmi, Dilbar opa?
S a n a m: Ko'rib turibsiz-ku, so'ndirilmagan ohak soldilar.
D i 1 b a r So'ndirilmagan ohakka suv quyib, so'ndirilgan ohak hosil qildik.
P o' 1 a t: Biz kimyo darsida oksidlarning kimyoviy xossalarini o'tgan vaqtimizda bu tajribani bajarib, undan juda ko'p issiqlik ajralganini kuzatgan edik.
D i 1 b a r: To'g'ri.
O d i 1: Bu tajribadan issiqlik hosil bo'lishini bilar edikku-ya, lekin tuxum pishirish hech xayoli-mizga kelmaptida.
Xadicha: Suv qaynagandan keyin, tuxum ham pishadida (Dilbar pinset yordamida chelakdan tuxumlarni olib, suv bilan yuvadida, birini Po'latga, yana birini Odilga uzatadi. Ular tu-xumlarni aylantirib, yorug'likka tutib ko'radilar va pishganligiga ishonch hosil qiladilar. Poiat tuxumning po'chog'ini archib, kishilarga ko'rsa-tadi.)
P o' lat (sevinib): Juda qo'yilmaqom ish bo'ldi-da (qizlar kulishadi.)
O d i 1: Endi men ikkinchi topishmoqni aytsam, uni ham topib berasizlar deb o'ylayman.
Sanam: Marhamat.
O d i 1: Pishgan tuxumning po'chogini sindirmay turib, qanday qilib lining mag'zini olish mumkin?
D i 1 b a r: Bu ishni kislotalarning kimyoviy xossalari-ga asoslanib bajarish mumkin.
P o' 1 a t: Shuni tajribada tushuntirib bersangiz juda xursand bo'lardikda.
Dilbar: Sanamjon shu tajribani siz ko'rsata qoling.
Sanam: Ho'p bo'ladi. (Sanam bir litrli kimyoviy stakanga xlojid kislotaning 1:2 nisbatdagi erit-masidan 500 ml quyib, uning ichiga stol ustida-gi pishgan tuxumning birini tushiradi. Tuxum stakandagi kislota ichida pastga-yuqoriga chiqib, tushib turadi, bunda vijillab gaz ajralib chiqadi.)
O d i 1: Eha, Sanam opa, bu tuxum suv ichida raqsga tushib ketdi-ku.
Sanam: Stakandagi suyuqlik suv emas.
XadichaiU xlorid kislotaning eritmasi.
O d i 1: Nega tuxumni xlorid kislota ichiga soldingiz?
Sanam: Tuxumning po'chog'i asosan kalsiy kar-bonat tuzidan va qisman organik moddalardan iborat boigani uchun, tuxum po'chog'iga qat-tiqlik berib turgan kalsiy karbonat tuzi xlorid kislotiada erib ketadi.
X a d i ch a: Kislotalarning kimyoviy xossalaridan biri shuki, kislotalar tuzlar bilan reaksiyaga kirishib, yangi tuz va yangi kislota hosil qiladi.
Po'lat va Odil (baravar): Uni biz ham bilamiz.
Po' la t: Lekin uning tuxumga nima aloqasi bor? Nega tuxum kislota ichida yuqoriga chiqib, pastga tushib o'ynaydi? (Dilbar stakandagi kislotani aralashtirib turadi.)
Sana m: Sababi shuki, xlorid kislota tuxum po'chog'i tarkibidagi kalsiy karbonat tuzi bilan almashinish reaksiyasiga kirishadi. Xadicha doskaga reaksiya tenglamasini yozadi):
CaCO3 + 2HC1 = CaCl2 + H2CO3.
Sanam (tenglamani ko'rsatib): Ko'rib turibsizki, bu reaksiya natijasida suvda erimaydigan kalsiy karbonat tuzi o'rniga suvda eriydigan kalsiy xlorid tuzi hosil bo'lib, u suvda erib ketadi. Xlorid kislota o'rniga karbonat kislota hosil bo'ladi va u beqaror birikma boiganidaii tezda parchalanib ketadi (Xadicha reaksiya tenglamasini yozadi):
H2CO3 = H2O + CO2.
Dilbar: Stakan ichiga tuxum tushirilganda vijillab ajralgan gaz ana shu karbonat angidrid edi. Tuxum ostida hosil bo'lgan karbonat angidrid gazi pufakchalari uni yuqoriga ko'taradi. Tuxum aylanganda gaz chiqib ketadi-da, tuxum yana pastga cho'kadi.
Xadicha: Tushunarli bo'ldimi?
P oM a t v a Odil: Tushundik. (Shu vaqtga kelib tuxum po'chog'ining hammasi yoki ko'p qismi erib ketib, tuxumning sof mag'izi ajralib qoladi. Dilbar stakan ichidan tuxum mag'zini olib, Po'lat bilan Odilga va tomoshabinlarga ko'rsatadi.)
Dilbar: Mana, ko'rdingizmi? Tuxumning mag'izi qoldi (agar po'chog'i erib bo'lmagan bo'lsa «Yana bir necha minut kislota ichida tursa, po'chog'i butunlay erib tamom bo'ladi» — deydi). Bildingizmi?
P o( 1 a t: Ha, bildik. Endi oxirgi topishmoqni ham aytib bersanglar juda ham minnatdor bo'lar edik.
Dilbar: Ho'sh, qani uchinchi savolingizni eshitay-likchi?
P o' 1 a t: Og'zining diametri, po'chog'i artilgan pish-gan tuxum diametridan kichik bo'lgan kolba qanday qilib tuxumni yutadi?
X a d i c h a: Bu juda ham oson-ku.
O d i 1: Sizlarga hammasi oson bo'laverar ekanda.
Dilbar; Qani, Xadichaxon buni siz tushuntirib bera qoling.
X a d i c h a: Ho'p bo'ladi (Po'latga qarab).
Bu savolingizga javobni ishqorlarning kimyoviy xos-sasidan qidirish kerak. Ishqorlar bilan kislotali oksidlaming o'zaro ta'siridan tuz bilan suv hosil bo'lishini o'zlaringiz yaxshi bilasiz. Masalan, o'yuvchi kaliy bilan kislotali oksid-karbonat angidridning o'zaro ta'siridan kaliy karbonat tuzi va suv hosil bo'ladi (Sanamga reaksiya tenglamasini yozishni buyuradi, u tenglamani doskaga yozib qo'yadi):
2K0H + CO2 = K2CO3 + H2O.
O d i 1: Buni hamma ham biladi. Lekin siz (stol usti-dan po'chog'i artilgan pishgan tuxumni konussi-mon kolba og'ziga qo'yib) mana bu katta tuxumni og'zi kichik kolba qanday qilib yutishini tushuntirib bering.
X a d i c h a: Qarab turing, ko'rasiz (Xadicha kolba og'zidan tuxumni olib, kolbaga Kipp apparati-dan gaz to'ldiradi va kolba og'ziga yana tuxumni qo'yadi. Tuxum qopqoq bo'lib turadi.)
p o' 1 a t: Kolbaga nima yubordingiz, Xadicha? Kolbani karbonat angidrid gazi bilan to'ldirdim. Mana endi tuxumning qanday yutilganini ko'rasiz.
O d i 1: Qani kolba tuxumni yutmadi-ku?
Sanam: Bugun kolbaning ishtahasi yo'qqa o'xshay-di, oldin biroz «sirka» berib ishtahasini ochish kerakmikin?
Xadicha: To'g'ri aytdingiz (u kolba o'g'zidagi tuxumni olib unga sklyankadagi eritmadan biroz quyadida, tezlik bilan kolba og'zida tuxumni qo'yadi. Tuxum esa shu ondayoq, asta-sekin cho'zilib, ingichkalashib butunligicha kolba ichiga tushib ketadi). Ko'rdinglarmi (Po'lat bilan Odil sevinib bir-biriga qarashadi.)
P o' 1 a t: Ko'rishga, ko'rdikku-ya, ammo buning sababini tushuna olmayapmiz-da.
Xadicha: Sababini tushunish oson, kolbani karbonat angidrid gazi bilan to'ldirganimni ko'r-dinglar. Uning ustidan sirka emas, balki kon-sentrlangan o'yuvchi kaliy eritmasini quydim. Karbonat angidrid o'yuvchi kaliy bilan reaksiya-ga kirishadi (doskadagi tenglamani ko'rsatadi). Kolba ichidagi gaz miqdori kamaygani uchun undagi bosim ham kamayadi. Kolba tashqa-risidagi havoning bosimi kolba ichidagi bosim-dan katta bo'lgani sababli, havo kuch bilan tuxumning har tomonidan itarib kolba ichiga kiritadi. Tushundingizlarmi?
Odil v a P o' 1 a t: Juda yaxshi tushundik.
Odil: Sizlarga ko'p rahmat.
Sanam: Boshqa topishmoqlaringiz yo'qmi?
Po'lat: Yo'q.
Do'stlaringiz bilan baham: |