О производстве спичек



Download 0,57 Mb.
bet3/14
Sana24.02.2022
Hajmi0,57 Mb.
#212575
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Qiziqarli kimyo

O't o'chirish yo'Ilari
Sahna devorida qozonda yongan moyni o'chirayotgan kishining rasmi, o't o'chirgichning va o't o'chirgich model-ning tuzilishini va ishlashini ko'rsatuvchi rasmlar osilgan. Sahnaning birr tomoniga stol qo'yilgan, stol ustida butilkada 100 millilitr benzin, kristallizator va uning og'zini bekitadigan shisha plastinka, bir stakanda suv, bir butilkada 200 ml kerosin, uchiga latta o(ralgan bir metr uzunlikdagi tayoqcha, bir metrcha brezent, qum solingan tunuka lagan, latta, 4—5 santimetr uzunlikdagi sham, bo 'sh stakan, karbonat angidrid olish uchun tayyorlangan asbob (marmar tosh va xlorid kislota solingan idish) turibdi. Sahnaga Akbar bilan Rahmat kirib keladi. Akbar stol ustidagi asboblarga ko'zi tusfiib, hayron bo'Igani holda kiftini qisadi, so'ngra ularning unisini-bunisini
ko'rmoqchi bo'ladi. Shu payt sahnaga Saodat bian Hafiza kirib keladi.
Saodat. Ha, Akbarali nimalar qilmoqchisiz?
Akbar (stol ustidagilarni ko'rsatib). Mana bu ajoyibotlarni ko'rib ajablanib qoldim.
Saodat. Bunda ajablanadigan hech narsa yo'qku?
Hafiza. Bular kimyodan tajriba qiladigan oddiy asboblar va reaktivlar, xolos.
Rahmat: Bular bilan qanaqa tajribalar o'tkazish mumkin?
Saodat. Bu asboblar bilan biz o't o'chirishning ba'zi yo’llarini tajriba qilib ko'rsatmoqchimiz.
Akbar (kulib). E, hali o't o'chirishni ham bilmaysizlarmi?
Hafiza: Siz bilasizmi?
Akbar: Albatta bilaman (Akbar cho'ntagidan gugurt chiqarib chaqib yuboradi. Hafizaga qarab). Mana qaranga, men qanday o'chiraman. (U gugurtni puflab o'chiradi, kulishadilar.)
Hafiza (Saodatga qarab): Ko'rdingizmi, olovni puflab o'chirar ekanlar?
Rahmat: Puflamasdan ham o'chirish mumkin (Rahmat ham gugurt chaqib yondiradida, uni u yoq-bu yoqqa silkitib o'chiradi). Mana ko'rdin­gizmi, puflamasdan o'chirdim.
,S a o d a t: Yonayotgan gugurt cho'pini o'chirish oson, uni yo puflab yoki silkitib o'chirasiz. Mabodo yog'ni qizdirayotganda qozondagi yog' o't olib ketsachi, uni puflab ham, silkitib ham o'chirib bo'lmaydiku? Uni qanday o'chirasizlar?
Akbar: Shuni ham bilmaysizlarmi? Uning jazosi bir chelak suvda.
Rahmat: Chelakdagi suvni qozonga ag'darasiz, vassalom.
Hafiza: Yo'q, sizlar o'ylagan bu usul bilan o't o'chmaydi. Yonayotgan yog', kerosin, benzinga o'xshash suyuqliklarga suv quysangiz o'chmaydi, balki battarroq yonadi.
Saodat: Mana hozir ana shuni amalda tajriba qilib ko’ramiz. (Saodat qum solingan lagan ustiga kristallizatorni qo'yib, unga ozgina benzin soladi. Benzin shishasini uzoqroqqa qo'ygandan keyn gugurt chaqib kristallizatordagi benzinni yondiradi. So'ngra unga biroz suv quyadi. Olov o’chmaydi. Kristallizatorning chetiga shisha plastinka yopadi. Olov o'chadi.)
Hafiz a: Ko'rdingizlarmi? Suv quysa o'chmas ekan.
Saod a t (devordagi rasmni ko'rsatib): Yaxshisi qozonning qopqog'iga sochiq yoki dasturhonni o'rab, qozon qopqog'ini bostirsangiz ham olov 'chadi, ham yog' isrof bo'lmaydi.
Rahm a t: Nima sababdan qozon og'zi bekitilsa olov o'chadi?
Saod a t: O'tning o'chishiga sabab shuki, qozonning qopqog'i yopilganda qozonga havo (kislorod) kirolmay qoladi. Havo kirmasa yonish to'xtaydi.
Hafi z a: Tushundingizlarmi?
Rahm a t: Tushundik.
Akba r: Olovni bu xilda o'chirishni birinchi marta ko'ryapman. Ilgari ko'rish u yoqda tursin, hatto eshitganim ham yo'q edi.
Hafi z a: Bordi-yu, biron kishining ustidagi kiyimi o't olib ketsachi. Sizlar unga qanday yordam ko'rsatasizlar?
Akba r: Aytaymi? Aytamanku, lekin o'zim ishongim kelmaydida (hamma kuladi.)
Saod a t: Qani eshitaylikchi.
Yo’ldosh: Uning yaqinida hovuz yoki ariq bo'lsa,
«o'zingni suvga tashla» deyman. Yoki chelakda-
gi suvni ustidan quyaman.
Saodat: Bu ishing butunlay noto'g'ri va xavfli.
Qizigan shishaga sovuq suv tekkanda shisha
qanday sinsa, kuygan teriga ham suv tegsa teri
buziladi, ya'ni qavarib yorilib ketadi.
Haf i z a: Odatda kiyimi yonayotgan kishilar: sarosimaga tushib har tomonga yuguradi.
Saodat: To'g'ri aytasiz. Lekin unday qilish yaramaydi. Chunki usti yonayotgan kishi qancha ko'p yugursa, shuncha havo (kislorod) ko'proq ta'sir qilib, battarroq yonadi. Shuning uchun bunday kishini avval yugurishdan to'xtatish kerak (devordagi rasmni ko'rsatib) so'ngra tezlik bilan brezent, ko'rpa yoki cho’pon bilan o'rab olinsa, bunda ham havo kirmagani uchun olov o'chadi. Keyin tezlik bilan yechintirib, kuygan joylarini davolash uchun doktor chaqirish kerak.
H a f i z a: Istasangizlar buni ham tajriba qilib ko'rsatish mumkin.
R a h m a t: Istaymizku-ya, lekin kimni yondirasizlar?
H a f i z a (kulib): Hech kimni yondirmaymiz. Mana bu cho'pni yondirib tajriba qilamiz. (Hafiza oldindan tayyorlab qo'yilgan, yarmigacha latta o'ralgan bir metrlik tayoqchaning lattasini butilkadagi kerosin bilan ozroq ho'llaydi, yog'ochni ochiq tomonidan ushlab, o'ralgan tomonini yondiradi, yog'och sekin va tutab yonadi. Uni har tomonga harakatlantiradi. Yonish tezlashadi. So'ngra Saodat yonayotgan tayoqchaga brezent o'raydi. Olov o'chadi.)
Hafiza: Ko'rdingizlarmi, qanday o'chirilar ekan?
A k b a r: Ko'rdik va yaxshi o'rgandik. Buning uchun sizlarga rahmat!
R a h m a t: Mabodo uyning bir qismi, beda g'arami kabilar yona boshlasa, uni qanday o'chiriladi?
Saodat: Balki, Akbarali buni aytib berar?
A k b a r: Buni ham aytamankuya, lekin baribir «noto'g'ri» deysiz, keling o'zingiz ayta qoling.
Saodat: Bunday holda qum va tuproqdan foydalanish kerak, ya'ni yonayotgan joyga tezlik bilan qum yoki tuproq to'kib yonayotgan joyni ko'mib tashlash kerak.
H a f i z a: Agar o't o'chirgich bo'lsa, undan foydalanish ham mumkin.
R a h m a t: O't o'chirgichingiz nima?
S a o d a t: Kinoteatrlarda, ba'zi katta binolarda, hatto avtomobillar kuzovining burchagida silindr shaklidagi qizil ballon osib qo'yilganini ko'rganmisizlar?
Rahmat: Ha, kinoteatr zalining burchagida ko'rganman.
A k b a r: Maktabning eshigi oldida ham bittasi osigliq turibdi.
S a o d a t: Ha, balli, ana o'sha o't o'chirgich.
A k b a r: Uni nima qiladilar? (Saodat devorga osig'liq turgan o't o'chirgichning sxematik rasmidan foydalanib, uning tuzilishi va ishlashini, undan foydalanish yo'llarini tushuntiradi.)
H a f i z a: Mana biz hozir o't o'chirgich modeli bilan tajriba qilib ko'rishimiz mumkin. (Hafiza o't o'chirgich modelini, o't o'chirgich sxemasiga taqqoslab tushuntiradi. Qum solingan lagandagi lattaga ozroq kerosin tomizib ho'llaydida, uni yondiradi. So'ngra o't o'chirgich modelini ishga solib uni o'chiradi.)
A k b a r: Baribir o'zingiz ham suv sepib o'chirdingiz-ku.
Hafiza: Bunda olovni suv o'chirmadi, balki model ichidagi moddalar orasida bo'ladigan reaksiyalar natijasida ajralayotgan karbonat angidrid SO2 gazi o'chirdi. Karbonat angidrid gazi havodan 1,5 marta og'ir bo'lgani uchun:
2NaHCO3 + H2SO4 = Na2SO4 + 2H2O + 2CO2
olovning ustini qoplab olib, havoni haydaydi. Havo yetarli bo'lmaganidan o't o'chadi.
Saodat: Buni boshqa tajribalar bilan ham isbot qilsa bo'ladi. Agar istasangiz uni ham ko'rsatish mumkin.
R a h m a t: Albatta, istaymiz. (Saodat shamni yondirib stakan ichiga o'rnatadi, sham yonib turadi. So'ngra Kipp apparatining nayi orqali stakan ichiga karbonat angidrid yuboradi, sham o'chadi.)
Saodat: Ko'rdinglarmi, karbonat angidrid gazi havoni haydab, olovni qanday o'chiradi.
A k b a r: Ko'rdik, sizlarga katta rahmat!
R a h m a t: Bu tajribalaringiz bizga katta dars boiadi.
Saodat: Yong'inga qarshi kurashish yo'llari ko'p. Biz hozircha shular bilan kifoyalanamiz. Sizlar yong'in chiqarishdan ehtiyot bo'linglar, tasodi-fan yong'in chiqib qolguday bo'lsa sarosimaga tushmay, o'chiring.
A k b a r: Bu maslahatingiz uchun ham rahmat (ham-malari sahnadan chiqib ketadilar.)

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish