O‘. P. Umurzoqov, A. J. Toshboyev



Download 1,71 Mb.
bet77/122
Sana21.12.2022
Hajmi1,71 Mb.
#893031
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   122
Bog'liq
9FBmTTiyWWEz0MiqlvuyuDWDc1AaemxXz1EzTsMv

bosqichda, asosan, shartnomalar tuzishga, agrotexnika tadbirlari boshlanishidan bir oy oldin tayyorlov, xizmat ko‘rsatuvchi va boshqa tashkilotlar tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi.

  • bosqich. Qishloq xo‘jalik korxonalariga shartnomalar 7 kun mobaynida ko‘rib chiqish va imzolash uchun taqdim etiladi.

  • bosqich. Tayyorlov, xizmat ko‘rsatish va boshqa tashkilotlarga shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 3 kun muhlat beriladi.

  • bosqich. Qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlariga shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 3 kun muhlat beriladi.

  • bosqich. Qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlariga shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazgandan keyin tayyorlovchi, xizmat ko‘rsatuvchi va boshqa tashkilotlarga tarqatish uchun bir kun muhlat beriladi.

  • bosqich. Ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng, tayyorlov xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga 2 kun ichida shartnomalarni xo‘jalikka yetkazish topshiriladi.

  • bosqich. Tayoyrlovchi, xizmat ko‘rsatuvchi va boshqa tashkilotlar, qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlari, qishloq xo‘jaligi korxonalariga jami shartnoma shartlari bajarilgandan so‘ng, 3 kun ichida shartnomalarni saqlash uchun topshiriladi.

    Yangi namunaviy shartnomada tomonlarning huquq va majburiyatlari to‘la aks ettirilgan.

      1. Fermer xo‘jaliklarining faoliyatidagi muvofiqlashtiruvchi iqtisodiy aloqalar

    Respublikamizda fermer xo‘jaliklari sonining ortishi bilan mahsulot yetishtirishda ularning salmog‘i oshmoqda. Shuning uchun fermerlar faoliyatini, davlat va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni muvofiqlashtirish muhim ahamiyatga ega.


    Fermer xo‘jaliklari soni ko‘payib borishi bilan ularning faoliyatini muvofiqlashtirishga hukumat tomonidan katta e’tibor berilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Prezidentining 1997-yil 18-martdagi «Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va mamlakatni oziq- ovqat bilan ta’minlashda ularning rolini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 28-apreldagi 215- sonli Qarori bilan Respublika shaxsiy tomorqa va dehqon xo‘jaliklari uyushmasi tashkil etildi.
    O‘sha paytga qadar quyi bo‘g‘inda mustaqil fermer xo‘jaliklar va jamoa xo‘jaliklar negizida tashkil etilgan ichki fermer xo‘jaliklari faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, ularning respublikadagi barcha tumanlarda, shuningdek, ba’zi viloyatlar bo‘yicha uyushmalari tuzilgan bo‘lib, mamlakat miqyosida esa, bu uyushmalar faoliyati qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi «Dehqon (fermer) xo‘jaliklari boshqarmasi» tomonidan muvofiqlashtirilar edi. Fermer xo‘jaliklari faoliyati viloyat va tumanlarda ikki yo‘nalishda: tuman va viloyat fermer xo‘jaliklari uyushmasida va qishloq xo‘jalik boshqarmalari orqali muvofiqlashtirilardi.
    Fermerlar uyushmasi esa bevosita fermer xo‘jaliklari bilan ish olib boradi. Topshiriq va vazifalarni viloyat vakilligi va tuman hokimiyatidan olib, o‘z navbatida, viloyat vakilligi faoliyatini takrorlaydi. Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishda tashabbus ko‘rsatib, fermer xo‘jaliklariga bevosita amaliy yordam bera olmaydi. Uyushmaning asosiy vazifasi viloyat vakilligi va mahalliy hokimiyatlar buyrug‘iga binoan, qishloq xo‘jalik ekinlarini joylashtirish va fondlarni markazlashgan usulda taqsimlash, moddiy-texnika resurslarini fermer xo‘jaliklariga yetkazishdir.
    Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda fermer xo‘jaliklarining faoliyati davlat tomonidan imtiyozli qarzlar, subsidiyalar va boshqa turdagi moliyaviy yordamlar hamda kvotalar yordamida tartibga solinib turadi. Bu tadbirlarning hammasi bozor iqtisodiyoti qonunlari asosida, maxsus davlat dasturlari orqali amalga oshiriladi.
    Tarqatilgan shirkat xo‘jaliklari negizida tashkil etilgan fermer xo‘jaliklari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga amaliy yordam berish maqsadida o‘rtacha 5-6 kishidan iborat «Fermerlar birlashmasi» yoki «Fermerlar uyushmasi» tuzilgan. Uyushmada ziroatchi muhandis, muhosib, iqtisodchi kabi mutaxassislar bo‘lib, fermer xo‘jaliklari tomonidan ajratilgan ajratmalar hisobiga faoliyat yuritadi.
    Uyushmalar hozirgi kunda ko‘proq fermer xo‘jaliklari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi va huquqiy himoya qiluvchi emas, balki nazorat qiluvchi organga aylanib qolmoqda.
    Shuning uchun, yoppasiga tarqatilgan xo‘jaliklar zaminida tashkil topgan fermer xo‘jaliklar o‘zaro ixtiyoriylik asosida kooperatsiya shaklida birlashishlari mumkin. Kooperatsiya raisi, uning ijroiya organi demokratik asosda fermerlar tomonidan saylanib, uning faoliyati faqatgina fermer xo‘jaliklariga barcha zaruriy ta’minot servis xizmati ko‘rsatishni tashkil qilishdan iborat bo‘ladi.
    Fermer xo‘jaliklarining faoliyatini muvofiqlashtiruvchi asosiy tashkilot fermer xo‘jaliklari uyushmasi tuman vakilligi hisoblanadi.
    Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-apreldagi «Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi 168-sonli Qaroridan maqsad belgilangan fermer xo‘jaliklari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularning manfaatlarini huquqiy himoya qilishdan iborat.

      1. Fermer xo‘jaligida biznes-reja va uni tuzish yo‘llari



    Fermer xo‘jaliklari mustaqil yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tadbirkorlar sifatida kam xarajatlar hisobiga bozorgir, sifatli qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirib, daromadi miqdorini oshirishni asosiy vazifa darajasiga ko‘tarishi lozim. Xarajatlarni kamaytirishning birdan-bir to‘g‘ri yo‘li bu yetishtirilayotgan mahsulot birligi, ekin maydonlari yoki chorva mollari bosh soni hisobiga sarflanayotgan mehnat va moddiy-texnik resurslar miqdorini kamaytirishni yo‘lga qo‘yishdir.
    Fermer xo‘jaliklari tomonidan ishlab chiqiladigan biznes-rejalar ushbu me’yorlarga asoslanishi lozim.
    Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish uchun talab etiladigan mehnat va moddiy xarajatlar me’yorlari ishlab chiqilgan bo‘lib, ular ma’lum hosildorlik ko‘rsatkichlariga bog‘langan va hosildorlik o‘zgarishi bilan sarf-xarajatlar miqdori ham o‘zgarishi mumkin.
    Hosildorlikning o‘zgarishiga o‘g‘itlar, mehnat sarfi, yonilg‘i miqdori ta’sir etsa, bir gektarga sarflanadigan urug‘lik miqdoriga ta’sir etmasligi mumkin. Fermer xo‘jaliklariga mahsulot yetishtirish va ekinlarni parvarishlash bo‘yicha ishlab chiqilgan xarajatlar me’yorlarini majburiy emas, balki tavsiya sifatida qarash lozim, chunki fermerning moddiy va mehnat xarajatlari
    me’yoridan ortib, mahsulot tannarxi oshib ketishi mumkin.
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, 1997-yil 24-iyundagi 317-sonli Qarori va Respublika Qishloq va suv xo‘jalik vazirligini 1997-yil 28-iyun 186-sonli «1998-2000- yillarda paxta, boshoqli don ekinlari, sholi va kartoshka ekinlari maydoni to‘g‘risida»gi Buyrug‘iga va viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalari tomonidan xo‘jaliklarga yetkaziladigan topshiriqlar asosida hamda qolgan ekin turlarini ekishda xo‘jaliklarning o‘zlari bozor talablarini o‘rgangan holda, talab etiladigan maydonlarni belgilashlari, hosildorligi o‘rtacha 3-yillikdan kam bo‘lmagan miqdorda belgilab to‘ldiriladi. Mehnat va moddiy xarajatlar me’yori – mehnat sarfi (kishi/soat), urug‘, yonilg‘i-moylash materiallari va mineral o‘g‘it O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari tomonidan 1997-yil 7-aprel 11/48-81-sonli xati
    bilan tasdiqlangan «Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishga talab etiladigan mehnat va moddiy resurslar me’yorlari» ning 1, 6, 9, 10, 38 – jadvallarida belgilangan hosildorligiga tegishli me’yorlardan olib qo‘yiladi.


    10.3.1-jadval

    Download 1,71 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   122




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish