Fan-texnika taraqqiyoti, uning yo‘nalishlari hamda samarali texnologiyalar
Fermer xo‘jaligining moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlanishi va ulardan samarali foydalanish, asosan, fan-texnika taraqqiyotiga bevosita bog‘liq. Fan-texnika taraqqiyotida – qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha fanlarning rivojlanishi, taraqqiy topishi, bilimli, malakali kadrlar tayyorlanishi natijasida samarali yangi texnikalar yaratilishi, mavjudlari esa takomillashtirilishi nazarda tutiladi.
Fermer xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan qulay va samarali mashina, traktor, mexanizm, uskunalar yaratilishi, mavjudlarini takomillashtirish, serhosil, tezpishar ekin navlari, sermahsul chorva zotlari, ilg‘or texnologiyalarni yaratishdan iborat.
Respublikada fan-texnikaning taraqqiy etishi natijasida qishloq xo‘jaligi uchun yangi, sifatli haydov, ishlov beruvchi traktorlar, paxta terish mashinalari, kimyo sanoatida polietilen quvurlar, plyonkalar ishlab chiqarilmoqda hamda yomg‘irlatib, tuproq ostidan tomchilatib sug‘orish uchun yangi samarali texnikalar, ilg‘or texnologiyalar joriy etilishini ta’minlamoqda.
Fan-texnika taraqqiyoti yagona davlat siyosati asosida olib borilmoqda.
Fan-texnika taraqqiyotining asosiy maqsadi yangi, samarali qishloq xo‘jalik texnikalarini, ekologik talablarga javob beradigan kimyoviy vositalarni,
yangi navlarni, zotlarni yaratish, mavjud vositalarni takomillashtirish, mehnatning xarakterini o‘zgartirib, uning unumdorligini oshirish, ishlab chiqariladigan mahsulotlar miqdorini ko‘paytirish, sifatini yaxshilash, ularni qayta ishlab, iste’molchilarga yetkazib berish orqali aholi, korxonalar va davlatning iqtisodiyotini yuksaltirishdir.
Fan-texnika taraqqiyoti fermer xo‘jaligida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
yangi yerlarni kompleks o‘zlashtirish, zax va sho‘rlangan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv bilan ta’minlanish tadbirlarini ta’minlaydigan ishlab chiqarish vositalarini yaratish, takomillashtirish; tezpishar, kam suv talab etadigan, sifatli va serhosil urug‘ navlarini, sermahsul chorva mollarini yaratish; fermer xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, elektrlashtirish, kimyolashtirish hamda mexanizatsiya- lashtirishni ta’minlaydigan vositalarni yaratish, mavjudlarini takomillashtirish; fermer xo‘jaligiga servis xizmatlarini ko‘rsatish, mahsulotlarni qayta ishlab, saqlab, iste’molchilarga yetkazib berish, tadbirkorlik subyektlarini shakllan- tirish; fermer xo‘jaligi iqtisodiyotini erkinlashtirilishini ta’minlovchi iqtisodiy mexanizmlarni yaratish va ularni joriy etish; fan-texnika taraqqiyoti natijalarini fermer xo‘jaligi ishlab chiqarishining barcha sohalariga o‘z vaqtida joriy etish qobiliyatiga ega bo‘lgan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, faoliyat ko‘rsatayotganlarining rag‘batlantirishni takomillashtirish imkoniyatiga ega bo‘lgan mexanizmlarni yaratish. Fan-texnika taraqqiyotining shu yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilishi natijasida qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnika resurslarini yaratish, mavjudlarini esa takomillashtirish ta’minlanadi; fan-texnika taraqqiyoti natijasida yaratiladigan moddiy texnika resurslari fermer xo‘jaligida yangi, samarali texnologiya vujudga kelishini, bu jarayon rivojlantirilishini ta’minlaydi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning ilg‘or texnologiyalari
Qishloq xo‘jaligi yerlariga ishlov berishning bizga odat bo‘lib qolgan usuli tuproqdagi hayvonot dunyosiga, chuvalchanglar, qo‘ng‘izlarga va boshqa mikroorganizmlarga o‘zining salbiy fizik ta’sirini ko‘rsatmoqda. Fermerlar 49 yilga ijaraga olgan yerning ekologik holatiga: tuproq unumdorligi, suvdan foydalanish darajasi hamda texnologik jarayonlarining o‘z vaqtida bajarilishiga javobgar ekanligini inobatga olgan holda, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini
yetishtirishning ilg‘or, tejamkor texnologiyalarini targ‘ib qilish bugungi dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Shudgorsiz ekish, yerga hech qanday mexanik ishlov bermaslik, odatda, oldindan gerbitsit moddalarini ishlatib, o‘simliklarni ekish, ba’zida esa urug‘larini to‘g‘ri joylashtirish uchun kichik g‘ovaklar hosil qilishdir.
Yerga minimal ishlov berish bo‘yicha tadqiqotlar dastlab AQSH, Yangi Zelandiya va Shotlandiyada o‘tkazilgan. «Ay-Si-Ay» firmasi 1961-yilda
«parakvat» qo‘llash bilan shudgorsiz ekishni tavsiya qilishdan oldin iloji boricha hal qilish lozim bo‘lgan muammolardan biri tuproq bilan birikkandan so‘ng, kuchini yo‘qotib, parchalanib ketuvchi gerbitsitning qo‘llanilishi yerdagi o‘simliklarni nobud qilish bilan birga, tuproqqa mexanik ishlovsiz to‘g‘ridan- to‘g‘ri ekish imkonini berishini aniqlagan.
Respublikamiz sharoitida suv-yer resurslarini tejash texnologiyalaridan biri bu bug‘doy va paxtani pushtaga ekish texnologiyasi hamda irrigatsiya tizimini takomillashtirish (latoklarni qo‘llash) dir.
Fermerlikni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri yer va suv resurslarini tejashda har bir m2 yer maydoniga sarflanadigan xarajat va olinadigan foyda miqdorini oshirishdir. Yil davomida issiqxonadan foydalanish bilan gullar yetishtirish, uzum yetishtirish, gidrofonda har xil mahsulot yetishtirish va boshqalar.
Yuqorida keltirilgan usul va uslublardan tashqari, maslahat beriladigan ish yuritish texnologiyalaridan biri bu aralash ekinlar hamda bir vaqtning o‘zida chorvachilik bilan parrandachilikni ham rivojlantirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |