O‘. P. Umurzoqov, A. J. Toshboyev


Moddiy-texnika resurslariga



Download 1,71 Mb.
bet30/122
Sana21.12.2022
Hajmi1,71 Mb.
#893031
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   122
Bog'liq
9FBmTTiyWWEz0MiqlvuyuDWDc1AaemxXz1EzTsMv

Moddiy-texnika resurslariga – ishlab chiqarishning moddiy vositalari, binolar, inshootlar, mashinalar, traktorlar, kombaynlar, barcha turdagi kimyoviy vositalar, o‘g‘itlar, urug‘liklar, yem-xashaklar, yonilg‘i-moylash, qurilish va boshqa materiallar kiradi.

  • Moliyaviy resurslariga – davlat tomonidan ajratilayotgan mablag‘lar, xo‘jaliklarning joriy, valuta hisoblaridagi, g‘aznadagi pullari, amortizatsiya fondi, aksiyalardan olayotgan foydalari, bank kreditlari hamda ichki va tashqi investitsiyalarni amalga oshirish natijasida olayotgan mablag‘lar, ta’sischilar va boshqa manbalardan kelib tushayotgan mablag‘lar kiradi.

    6.1.1-jadval.
    Fermerlar tomonidan lizing asosida olingan texnikalar

    Hududlar nomi

    2004-yilda

    2005-yilda

    Traktor- lar soni



    O‘rim- yig‘im kombayn
    -lari soni

    Tirkama- lar (agre- gatlar)
    soni

    Traktor- lar soni



    O‘rim- yig‘im kombayn
    -lari soni

    Tirkama- lar (agre- gatlar)
    soni

    Qoraqalpog‘iston

    89

    164

    1

    Respublikasi



















    Andijon

    21




    23

    64




    41

    Buxoro

    158







    244







    Jizzax

    125




    27

    195




    79

    Qashqadaryo

    145




    19

    131




    52

    Navoiy

    68




    15

    62




    17

    Namangan

    43




    19

    212




    75

    Samarqand

    161




    18

    152




    64

    Surxondaryo

    63




    8

    56




    9

    Sirdaryo

    118

    2

    45

    107




    193

    Toshkent

    58




    26

    28




    21

    Farg‘ona

    47

    21

    17

    102

    62

    38

    Xorazm

    26




    3

    50




    5

    Jami

    1122

    23

    220

    1567

    62

    595

    Fermer xo‘jaligining mablag‘lari quyidagilar:

    1. Fermer xo‘jaligining mablag‘lariga – mahsulot sotish, ish va xizmatlar bajarish natijasida olayotgan pul daromadlari, taqsimlanmagan foydadan ajratilayotgan mablag‘, amortizatsiya fondidan ajratilayotgan mablag‘, amortizatsiya fondi hisoblangan mablag‘, foydalanilmayotgan ayrim ishlab chiqarish vositalarini sotishdan, ijaraga berilayotgan vositalardan foydalanish natijasida va boshqa manbalardan olingan mablag‘lar kiradi.

    2. Chetdan jalb etiladigan mablag‘lar Irrigatsiya-melioratsiyaga, ekologiyaga hamda ijtimoiy sohalarga davlat budjetidan ajratilayotgan mablag‘lar, davlat ehtiyojlari uchun sotib olinayotgan mahsulotlarga davlat hisobidan ajratiladigan transh mablag‘lari, tijorat institutlarining kredit

    mablag‘lari, investitsiyalar, homiylardan, hamkorlardan va boshqa manbalardan jalb qilinadigan mablag‘lar kiradi. Shunday tartibda shakllantirilgan moddiy-texnika resurslaridan fermerlar yil mobaynida to‘liq va samarali foydalansa, barcha turdagi tadbirlar vaqtida, sifatli amalga oshiriladi.
    Tayyorlov va xizmat ko‘rsatuvchi ta’minot korxonalari fermer xo‘jaliklarini moddiy texnika resurslari bilan o‘z vaqtida ta’minlab tursa, mahsulot hajmi ortadi va fermerning to‘lov qobiliyati oshadi. Agar moddiy texnika ta’minoti o‘z vaqtida amalga oshirilmasa, avval fermer xo‘jaligining ish faoliyatiga, mahsulot ishlab chiqarish hajmiga, undan keladigan daromadga salbiy ta’sir etib, to‘lov qobiliyatini yo‘qotadi. Shuning uchun iste’molchi bilan ta’minotchi o‘rtasida tuzilgan shartnomalar o‘z vaqtida samarali bajarilishini ta’minlash kerak.


    6.1.2-jadval.
    Fermer xo‘jaliklariga moddiy resurslar yetkazib berish ko‘rsatkichlari tahlili (2005).


    Hududlar nomi



    Mineral o‘g‘itlar

    Dizel yonilg‘isi

    Shart- noma
    soni

    Hajmi, tonna

    Haqiqat- da olindi,
    tonna

    Shart- noma
    soni

    Hajmi, tonna

    Haqiqat- da olindi,
    Tonna

    Qoraqalpog‘iston

    7861

    29102

    31625

    5453

    37950,9

    38055

    Respublikasi



















    Andijon

    3664

    14656

    12508

    3006

    120024

    12754,2

    Buxoro

    6778

    35652,4

    35114

    6842

    67875

    67625

    Jizzax

    9665

    29362

    29335

    10025

    49563

    48978

    Qashqadaryo

    13424

    19730

    19730

    14862

    58921

    58921

    Navoiy

    3300

    13874

    11131

    3167

    10186

    9328

    Namangan

    4997

    29630

    28753

    4428

    18818

    16051

    Samarqand

    7786

    28632

    28621

    7683

    20541

    20542

    Surxondaryo

    2375

    32870

    32811

    2364

    15143

    14714

    Sirdaryo

    6753

    44210

    41480,6

    7913

    38643

    42253

    Toshkent

    5227

    20865

    2576,1

    5205

    19920,7

    15981,9

    Farg‘ona

    6913

    38837

    33593

    6081

    26835

    22426

    Xorazm

    7827

    29814

    32125

    7777

    25114

    23422

    Jami

    86570

    367234,4

    339402,7

    84806

    509534,6

    391051,1

    Shartnoma bo‘yicha mineral o‘g‘it va dizel yonilg‘isi olingan bo‘lib, shartnoma bo‘yicha respublika fermer xo‘jaliklariga 367,2 ming tonna o‘g‘it yetkazib berilishi kerak edi. Aslida 339,4 ming tonna yoki 27,8 ming tonna yetkazib berilmadi. O‘g‘it hisobiga hosilning uchdan bir qismi yaratilsa – haqiqatda ushbu hosil olinmay qoladi. Dizel yonilg‘isi bo‘yicha respublikadagi 125,7 ming fermer xo‘jaligidan 84,8 mingta fermer ta’minot tashkiloti bilan shartnoma tuzgan. Shartnoma bo‘yicha 509,5 ming tonna yonilg‘i yetkazib berilishi kerak bo‘lsa, haqiqatda 391,0 ming tonna yoki 118,5 ming tonna ta’minlab berilmadi. Xo‘jalikning mahsulot ishlab chiqarish uchun moddiy resurslari yetarli bo‘lmasa, mahsulot hajmi ham oshmaydi. Shuning uchun, ta’minot va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar tuzilgan shartnoma shartlarini bajarishlari kerak.
    2005-yilda respublika bo‘yicha fermer xo‘jaliklarida paxtachilikda hosildorlik 19,0 sentnerni tashkil etdi. O‘tgan 1993-2005- yillar ichida 1990- yilda olingan 27,7 s/gadan kamayish 1995-yilda 24 s/ga dan (3,7 s/ga yoki 13,4
    %), 2000-yilda 18,9 s/gacha (8,8 s/ga yoki 31,8%); o‘rtacha kamayishi esa 6,7 sentnerni tashkil qildi. Ushbu yillar ichida paxta hosildorligining keskin pasayishi ba’zi bir obyektiv va subyektiv omillar (almashlab ekish tizimining buzilishi, mineral va organik o‘g‘itlarni solish me’yorining kamayishi, suv tanqisligi, yerlarning meliorativ holatining yomonlashuvi va sho‘rlanish darajasining kuchayishi, agrotexnologik jarayonlarni o‘z muddatida sifatli o‘tkazmaslik, hasharotlar, o‘simliklar kasalligi va zararkunandalarga qarshi kurashish) tufayli bo‘lmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, o‘tgan davr ichida paxtachilikda hosildorlikning pasayishiga ta’sir etadigan eng asosiy 8 ta omilning 4 tasi joylarda o‘simliklar kasalligi va zararkunandalarga qarshi kimyoviy va biologik kurashlarning yetarli darajada olib borilmasligiga ko‘proq bog‘liq ekan.
    Ushbu holatning bir nechta obyektiv va subyektiv sabablari mavjud bo‘lib, eng asosiysi, hali joylarda o‘simliklarni kasalliklardan himoya qilish, hasharot va zararkunandalarga qarshi kimyoviy va biologik kurashish shoxobchalarining samarali faoliyat ko‘rsatmasligi, ularning yetuk va tajribali kadrlar bilan ta’minlanmaganligi natijasida belgilangan tadbirlarni talab darajasida olib borilmasligi; «O‘zkimyosanoat» kompaniyasi va hududiy «Qishloqxo‘jalik-kimyo» bo‘linmalari fermer xo‘jaliklaridagi ekin maydonlarining tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligini «biznes-reja»ga asosan, aniq hisoblangan me’yorlar bo‘yicha mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlanmasliklari natijasida ro‘y bermoqda.
    Yonilg‘i-moylash materiallari ta’minotida hududlar o‘rtasidagi katta tafo- vut, eng avvalo, davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob Jamg‘armasi tomonidan transh mablag‘larida vege- tatsiya davrlari bo‘yicha yonilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘itlar va
    boshqa moddiy xarajatlar summasining to‘liq ko‘zda tutilmasligi yoki mablag‘larni xarajatlar turlariga nomutanosib tarzda taqsimlanishi; transh mablag‘larini haqiqatda qilingan sarf-xarajatlar bo‘yicha taqsimot ishlarida mahalliy hokimiyatlarning noqonuniy aralashishi va ba’zi bir boshqa xarajat turlariga ortiqcha mablag‘larni o‘tkazib yuborishlari; joylarda paxta va g‘alla maydonlarida yuqori hosil olish uchun qo‘shimcha agrotexnika tadbirlarining o‘tkazilishi yoki tabiiy ofatlar natijasida qo‘shimcha maydonlarga qayta ekin ekish jarayonlari uchun zarur miqdorda yonilg‘i-moylash materiallari ta’minotini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymasligi; joylarda fermer xo‘jaliklari tomonidan yonilg‘i-moy- lash materialari uchun o‘z vaqtida pul mablag‘larining o‘tkazib bermasligi sa- bab bo‘lmoqda.
    Qishloq xo‘jaligi korxonalarining yonilg‘i-moylash materiallariga bo‘lgan talabini to‘laroq qondirish, xo‘jalik subyektlari o‘rtasida debitorlik hamda kreditorlik qarzlarini kamaytirish maqsadida, 2004-yildan boshlab yonilg‘i- moylash materiallarini fond orqali taqsimot usuli bilan bir vaqtda qishloq xo‘jalik korxonalari uchun ortiqcha yonilg‘i-moylash materiallarini fond orqali taqsimot usuli bilan bir vaqtda qishloq xo‘jalik korxonalari uchun ortiqcha yonilg‘i- moylash materiallarini tovar xomashyo birjasi orqali sotilishi yo‘lga qo‘yildi.
    Agroservis xizmati ko‘rsatish korxonalarini tashkil etishda asosiy masala, ya’ni ularni qay darajada mijozlarga yaqin va qulay masofada joylashganligi hisoblanib, bunda buyurtmachilarning xizmat xarajatlarining tejalishi, barcha xizmatlarning arzon, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishiga erishiladi.
    Tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlari o‘z hududlarida fermer xo‘jaliklarini turli xil servis xizmatlariga bo‘lgan talablarini muntazam kuzatib borishga ixtisoslashgan marketing bo‘limlarini tashkil etib, ular dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishi zarur.


      1. Download 1,71 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   122




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish