Nazorat va muhokama uchun savollar
Mehnatresurslari haqidatushunchabering. 2.Mehnatbozorifaoliyatinitushuntiring.
Mehnatunumdorligi tushunchasiva uni oshirish yo‘llarini aytib bering.
Mehnatbozorlarifaoliyatiniqandaybaholaysiz? 5.Yollanmaishchilarninghaq-huquqlariniizohlang.
FERMER XO‘JALIGINING MOL-MULKI, ULARDAN FOYDALANISH
Fermerning mol-mulki va undan foydalanish yo‘llari
Fermer xo‘jaliklari o‘z ixtiyoridagi mol-mulkdan va yer uchastkalaridan foydalanib faoliyat ko‘rsatadi.
Fermer xo‘jaligining mol-mulkiga: binolar, inshootlar, qishloq xo‘jaligi ekinzorlari va ko‘chatzorlari, dov-daraxtlar, chorva mollari, parrandalar, yetishtirilgan mahsuloti, qishloq xo‘jalik texnikasi, inventar, asbob-uskunalar, transport vositalari, pul mablag‘lari, intellektual mulk obyektlari, shuningdek, fermer xo‘jaligining balansidagi boshqa mol-mulklar kiradi.
Fermer xo‘jaliklari mol-mulkining shakllanish manbalari quyidagilar: xo‘jalik a’zolarining pul va moddiy mablag‘lari; mahsulot (ishlar,
xizmatlar) realizatsiyasidan, shuningdek, faoliyatining boshqa turlaridan olingan daromadlar; qimmatli qog‘ozlardan olingan daromadlar; kreditlar; yuridik va jismoniy shaxslarning beg‘araz xayriya va boshqa badallari, ehsonlari; qonunlarda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Fermer xo‘jaliklari zarur mol-mulkni va ishlab chiqarish vositalarini birjalarda, yarmarkalarda, bozorlarda yuridik va jismoniy shaxslardan sotib oladi.
Fermer xo‘jaliklarining mol-mulki miqdori cheklanmagan bo‘lib, u davlat tomonidan himoya qilinadi. Fermer xo‘jaliklarining mol-mulki ularning a’zolariga umumiy, birgalikdagi mulk hisoblanadi.
Fermer xo‘jaliklarining mol-mulkini ko‘paytirish va undan samarali foydalanishning asosi tadbirkorlik faoliyati hisoblanadi.
Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) – tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan amalga oshiriladigan, o‘z tavakkalchiligi va mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari qatoriga o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatga olingan va tadbirkorlik faoliyatini yuritayotgan yuridik va jismoniy shaxslar kiradi. Fermer va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan dehqon xo‘jaliklari kichik va o‘rta tadbirkorlik faoliyati subyektlari hisoblanadi.
Fermer xo‘jaliklarining mol-mulklaridan samarali foydalanish yo‘llariga:
– mavjud texnika vositalaridan intensiv foydalanish;
bino-inshootlarini o‘z vaqtida ta’mirlab borish;
texnika vositalarining yuk ko‘tarish qobiliyatidan maksimal foydalanish;
ot-arava transportidan foydalanish va boshqalar kiradi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari
Fermer xo‘jaligining moddiy-texnika resurslari hisoblangan yer, mashina- traktor, kombaynlar, kimyoviy vositalar, yonilg‘ilar, yem-xashaklar, urug‘liklar va boshqa vositalarning qiymat holidagi ko‘rinishi fermer xo‘jaligining fondlarini tashkil etadi.
Asosiy vositalar iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, ishlab chiqarish jarayonida bir necha yillar davomida qatnashib, qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotlariga, bajarilayotgan xizmatlarga yilma-yil qisman o‘tkazib boradi. Asosiy vositalar – hozirgi davrda respublikada 15 (Rossiya federetsiyasida 50) minimal oylikdan yuqori qiymatga ega bo‘lgan va 1 yildan ko‘proq xizmat qiladigan ishlab chiqarish vositalariga aytiladi. Ularga fermer xo‘jaligi yerlari, mashinalar, traktorlar, binolar, inshootlar, transport vositalari, qurilmalar, dastgohlar, ishchi, mahsuldor hayvonlar, ko‘p yillik mevali daraxtlar va boshqalar kiradi. Ularning shakllanishi ishlab chiqarish jarayonida qatnashishiga ko‘ra, ishlab chiqarish hamda noishlab chiqarish fondlariga bo‘linadi. Ular ishlab chiqarish jaryonida bevosita va bilvosita qatna- shadiganlarga bo‘linadi.
Ular ishlab chiqarish jarayonidagi funksional faoliyatiga ko‘ra, mehnat predmetlari hamda mehnat vositalariga bo‘linadi. Fermer xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda inson mehnati yordamida ishlab chiqish jarayonida bir marta qatnashib, o‘z shaklini to‘liq o‘zgartiradigan predmetlar fermerning mehnat predmetlari deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |