Urganch Davlat Universiteti Kimyoviy texnologiyalar fakulteti



Download 23,85 Kb.
bet1/3
Sana30.12.2021
Hajmi23,85 Kb.
#90255
  1   2   3
Bog'liq
Abduraxamanova Yulduz 175-OOT


Urganch Davlat Universiteti

Kimyoviy texnologiyalar fakulteti

175-OOT guruh talabasi

Abduraxamanova Yulduzning Korxona iqtisodiyoti va menejmenti

Fanidan yozgan

Mustaqil ishi

Mavzu:Korxona-kimyo oziq-ovqat sanoatining asosiy

bo'g'ini sifatida

Reja:

Kirish


1.O`zbekistonda kimyo sanoatining rivojlanish istiqbollari

2. O`zbekistonda kimyo sanoatining yetakchi korxonalari

3. O`zbekiston miqyosida kimyo sanoatining rivojlanish ko`rsatgichlari

a) viloyatlar miqyosida

b) Qashqadaryo viloyti miqyosida

4. Kimyo sanoati rivojlanishida ekologik muammolar

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

Kimyo sanoatining asosiy korxonalari “O`zkinyosanoat” davlat aksiyadorllik kompaniyasi tarkibiga kiradi. Bubdan tashqari kimyoviy mahsulotlar, xalq iste`mol mollari va boshqa turdagi kimyoviy texnologiya asosida mahsulot ishlabb chiqaruvchi korxonalar mavjud bo`lib, ular “O`zneftgaz” milliy xoldibg kompaniyasiga va viloyatlar hokimliklari boshqaruvi tarkibida faoliyat ko`rsatadi.

Birgina “Ozkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi korxonalarda 250 dan ortiq nomad mahsulot ishlab chiqariladi. Respublika sanoat mahsulotlari umumiy hajmida kimyo sanoati korxonalari mahsulotlarining hissasi 5,0% dan ortiqni tashkil qiladi (2005). Respublika kimyo sanoatida tabiiy gaz, neft, ko`mir, oltingugurt, fosforitlar, ohaktosh,texnik osh tuzi, shuningdek, rangli metallurgiya, paxta va kanopni qayta ishlash chiqindilari va boshqalardan xom ashyo tarzida foydalaniladi.

O`zbekiston kimyo sanoatida ishlatiladigan xomashyoning muayyan qismi hamda ehtiyot qismlar handa asbob- uskunalar chetdan olib kelinadi. Ayni paytda kimyo sanoati mahsulotlari ( mineral o`g`itlar, paxta sellyulozasi, kimyoviy tolalar hamda iplar, sintetik ammiak, sirja jislotasi, lok bo`yoqlar va b) eksport qilinadi.

O`zbekistonda boy xom ashyo manbalari bo`lishiga qaramay 20- a. ning 30-ylillarigacha kimyo sanoati deyarli yo`q edi. 1910 y, larda ohak kuydirish, o`simlik bo`yog`I olish, oltingugurt, ishlab chiqariladi, ishqoriy moddalar tayyorlash, sovungarlik bilan shug`ullangan bir qancha kichik korxonalar ( 12 sovun zavodi, neftni haydash zavodi, 2 bo`yoq fabrikasi) bo`lgan.

Zamonaviy kimyo sanoatining shakllanishi 1932-yil qadimda oltingugurt qazib olingan Sho`rssuv oltingugurt koni ( Farg`ona vodiysi) ning ishga tushirilishi bilan boshlandi. Kimyo sanoatining 1932-yildan qurila boshlagan eng yirik korxonasi Chirchiq elektr k-ti 1940-yilda oktabrdan mahsulot bera boshladi. 1940-yilda respublikaning jami sanoat mahsuloti hajmida kimyo sanoati hissasi 0,8 % ni , kimyo sanoatida band bo`lgan ishchilar soni sanoat ishchilarining 1% ni tashkil etgan, sanoat ishlab chiqarish fondining 7,4% kimyo sanoati hissasiga to`g`ri kelgan.

20-asrning 70-yillariga kelib O`zbekistonda mineral o`g`itlar, o`simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari; suniy va sintetik iplar va tolalar; biokimyoviy mahsulotlar, rezina texnika buyumlari; sintetik yuvish vositalri , neft kimyosii mahsulotlari ishlab chiqaradigan qudratli sanoat korxonalari qurildi va kimyo majmui yaratildi. 90-yillar oxiriga kelib respublika kimyo sanoatida 1,7 mln tonna mineral o`g`itlar , 2,8 mln, tonna sulfat kislota, 1,7 mln tonna sintetik ammiak 226 ming tonna sintetik yuvish vositalari, 154,9 ming tonna sintetik smola va plastik massalar va boshqa nahsulotlar ishlab chiqarildi.

Mineral o`g`itlar ishlab chiqarish respublika kimyo sanoatining asosiy tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Respublikada qishloq xo`jaligi uchun zarur bo`lgan ammiak selitrasi korbonamit, ommafos, ommoniy sulfat, supperfosfat, ammiak suvi, shuningdek, azotli va fosforli murakkab o`g`itlarni ishlab chiqarish yo`lga qo`yilgan. “ Elektrkimyosanoat” ( Chirchiq ), Farg`ona “ Azot” (1962) va “ Navoiyazot” ( 1964) aksiyadorlik jamiyatlarida asosiy turdagi azotli o`g`itlar, “ Ammofos “ (1969, Olmaliq) va “ Samarqandkimyo” ( 1954) aksiyadorlik jamiyatlari, “ Qo`qon superfosfat zavodi” (1935) qo`shma korxona – aksiyadorlik jamiyatida ammofos, oddiy va ammoniylashgan supperfosfat kabi fosforli o`g`itlar ishlab chiqariladi.

Kimyo sanoatida ishlab chiqariladigan mineral o`gitlar va boshqalar, kimyoviy mahsulotlar hajmi respublika qishloq xo`jaligi ehtiyojlarini to`la ta`minlashi bilan birga ularning bir qismi chetga ham chiqariladi.

1994-yilda 26 mln. AQSH dollari miqdorida mineral o`g`itlar va boshqa kimyoviy mahsulotlar eksport qilingan bo`lsa, 2004-yilda bu ko`rsatgich 60,72 mln. va 2005-yilda 74, 02 mln , AQSH dollarini tashkil etdi.

Respublikada kaliyli o`g`itlar ishlab chiqarilmaydi, O`zbekiston qishloq xo`jaligida bu o`g`itga bo`lgan yillik ehtiyojni ilmiy asoslangan meyorlarda qoplash bo`yicha Qashqadaryo viloyatidagi Tyubegatan kaliy tuzlari konlar negizida 200 ming tonna kaliyli o`g`itlar ( kaliyli tuzlar) ishlab chiqaradigan Dehqonobod kaliy zavodi qurilishi rejalashtirilgan.

Navoiy viloyatida topilgan fosforit konlari bazasida loyiha quvvati tarkibida 20-28 % ni P2 O5 bo`lga 800 ming tonna fosforit mahsulotlari ishlab chiqariladigan Qizilqum fosforit majmuasi qurildi ( birinchi navbati 1998-yilda ishga tushirilgan).

Sulfat kislota kinyo sanoati tarmoqlari uchun muhim xomashyodir. Respublikada sulfat kislota ishlab chiqaradigan yirik quvvatlar Chirchiq “ Elekrkimyosanoat”, Olmaliq “ Ammofos” korxonalari ,Navoiy va Olmaliq konmetallurgiya kombinatlarida barpo etilgan, yiliga 1mln, tonnage yaqin sulfat kislota ishlab chiqariladi.

Soda sanoatning Markaziy Osiyo mamlakatlarida yagona bo`lgan korxonasi- Qo`ng`irot soda zavodi qurilishi 2002-yildan boshlangan( yillik loyiha quvvati 100 ming tonna kalsinirlangan soda) va 2006-yil 1-yarnida ishga tushiriladi.

O`simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari “ defoliant, desikant, gerbised, insektisid, fungisidlar) Farg`ona “ Azot” , Navoiy “ Elektrkimyozavodi “ ( O`zbekiston-Panama qo`shma korxonasi, 1976) aksiyadorlik jamiyatlarida ( gerbisidlar- nitran, kotoran, kotofor, agrodarm, bronotak, insektisidlar- fozalon, treflan va b.) ishlab chiqariladi.

Respublikada qishloq xo`jaligida o`simliklarni kasallik va zararkunandalardan kimyoviy himoya qilishda qo`llaniladigan oltingugurt kukuni Sho`rsuv kon-kimyo korxonasida hamda Sho`rtan gaz-kimyo majmuida ishlab chiqariladi ( 150 ming tonnadan ortiq; 2005)

Kimyoviy tolalar va iplar xima-xil xalq iste`moli tovarlari ishlab chiqarishda keng qo`llaniladi. Farg`ona kimyoviy tolalar zavodi ( 1959 yildan) da atsetat iplar, “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida nitron akril tolalari ( 1974 yildan) , Farg`ona “ Azot” aksiyadorlik jamiyatida sellyuloza atsetati ishlab chiqariladi. Farg`ona furan birikmalari kimyo zavodi ((1946)da sellyuloza mustaqilligini ta`minlash bo`yicha paxta lintidan yiliga 30 ming tonna paxta sellyulozasi ishlab chiqaradigan ixtisoslashgan quvvatlar barpo etilgan (1998).

Respublika kimyo sanoatida 2005 yilda 5 ming tonna nitron, 250 tonna atsetat kimyoviy tola ishlab chiqarildi. Atsetat va nitron tolalarini deyarli 2/3 qismi respublikadan tashqariga jo`natiladi. Farg`ona kimyoviy tolalar zavodida 23 ming tonna kaprolaktamni qayta ishlab 20 ming tonna kapron va atsetat iplari tayyorlashga imkon beradigan quvvatlar qurilgan (1995).

Kimyo sanoatida gidroliz korxonalari 1945 yildan qurila boshlangan. Farg`ona furan birikmalari (1946), Yangiyo`l biokimyo ( 1952), Andinjon gidroliz ( 1953) zavodlarida asosiy xomashyo- chigit shulxasi, sholi qobig`idan texnik etil spiriti, furfurol, furil spirit, ksilit, laprol, katalizatorlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarildi. 90-yillar boshidan bu korxonalarda g`alladan etil spirit ishlab chiqarish o`zlashtirildi: Andijon biokimyo zavodida yillik quvvati 915 ming dal (1994), “Qo`qon” ishlab chiqarish birlashmasida 1800 dal ( 1995) va Yangiyo`l biokimyo zavodida 915 ming dal (1996) etil spirit ishlab chiqaradigan yangi quvvatlar ishga tushirildi. Natijada oziq – ovqa, tibbiyot, atir-upa bilan ta`minlash imkoniyati yaratildi. Bu korxonalarda yiliga 4 mung tonnage yaqin karbon kislotalari ham ishlab chiqariladi.

Spirt sanoati 2004 yildan alohida sanoat tarmog`i sifatida shaklantirilmoqda . Respublika Vazirlar Mahkasining 2004-yil 15- yanvardagi “ Etil spirit ishlab chiqaruvchi korxonalarni boshqarish tuzilmasini takomillashtirish to`g`risida” qaroriga ko`ra “ O`zmevaavtouzumsanoatxolding” kompaniyasi tarkibiga kiradigan “ O`zspirtsanoat” aksiyadorlik kompaniyasitashkil etildi. Unga “ Qo`qonspirt”, “ Andijonkimyo zavodi” “ Yangiyo`l biokimyo “ Toshkentvino”, “ Zarafshon” aksiyadorlik jamiyatlari kiradi. Rezina mahsulotlari avtomobil shinalari, sharqon a kalishlar, kislota va ishqorga yelimli zichlagichlar va boshqalar. Angren “Reztexnika” aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqariladi. Ilgari asosan harbiy maqsadlardagi rezina mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan va tarkibiga Toshkent shahridagi rezina mahsulotlari zavodi (1994) kirgan “ Ozbekreztexnika” birlashmasi (1974) 1987 –yildan xalq istemoli tovarlari ishlab chiqargan. 1992-yildan birlashmada yengil avtomobil shinalarini tayyorlash o`zlashtirildi. 1996-yildan yiliga yengil avtomobillar uchun 500 ming dona shina, 9 ming juft kalishlar ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirildi.

Respublikada plastmassa va politelin, polipropilen mahsulotlari Sho`rtan gazkimyo majmuasi (2001). “ Jizzax plastmassa” (1972) “ Sovplastital” qo`shma korxonasida (1987) turli markadagi lak- bo`yoq mahsulotlari “ Toshkent lak-bo`yoq zavodi” (1945) aksiyadorlik janiyatida mebil sanoati uchun sintetik smolalar Farg`ona furon birikmalari kinyo zavodida (1946) ro`zg`or kimyosi mahsulotlari Toshkentdagi O`zbekiston- Kipr “ Maishiykimyo” qo`shma korxonasi aksiyadorlik jamiyatida (1999) sintetik yuvish vositalari “ Toshkent yog`-moy” aksiyadorlik jamiyatida Rossiyaning “ Kalina” konserniga qarashli “ Pallada-Vostok” shuba koorxonasida ishlab chiqariladi.

Istiqbolda kimyo sanoatini rivojlantirish fosforit, sellyuloza, kaustik a kalsiy sodasi, kaliyli o`g`itlar, o`simliklarni kimyoviy himoya vositalari, polimerlar kabi eng muhim xomashyo turlari bo`yicha respublikaning mustaqilligiga erishish mahalliy xomashyodan yangi mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish, chet mamlakatlardan olinayotgan kimyoviy mahsulotlarning asosiy turlarini redspulikada ishlab chiqarishni tashkil etish, ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish xorijiy texnologiyalardan foydalanish, ekologik muammolarni hal etish, kimyo sanoatining eksport imkonooyatlarini kengaytirish yo`nalishlarida olib boriladi. Kimyo sanoati korxonalarida Xitoy, AQSH, Yaponiya , Germaniya, Rossiya, Italiya firmalari bilan o`zaro fan-texnika , savdo sohasida hamkorlik yo`lga qo`yilgan, xorijiy sheriklar ishtirokida qo`shma korxonalar tashkil etilgan “Ozbekkimyosanoat” kompaniyasi tarkibida 4ta qo`shma korxona faoliyat ko`rsatmoqda.

Respublika nustaqillikka erishgandan keyin Ozbekistondagi kimyo korxonalari negizida 1991-yilda davlat konserni tashkil etildi. 1997-yil martidankonsern “ O`zkimyosanoat” uyush,asiga aylantirildi . 2001-yil martidan uyushma tugatilib uning asosida “O`zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tashkil qilindi va 2004-yil yanvarda bu kompaniya tarkibiy jihatdan qayta shakllantirildi.

Koompaniya tarkibiga 29 ta korxona va tashkilotalr kiradi. Shu jumladn 7ta ochiq aksiyadorlik jamiyati 3ta qo`shma korxona- aksiyadorlik jamiyati va 3ta davalat tasarufidagi ishlab chiqarish korxonalari 13 ta “ Qishloqxo`jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari 2 ta ilmiy tadqiqot institutlari va 1ta mas`uliyati cheklangan jamiyat bor. Kimyo sanoati sohasida ilmiy tadqiqot-loyiha ishlarini uyushma tarkibiga kiradigan “ O`zkimyosanoatloyiha” aksiyadorlik jamiyati ( Chirchiq shahri) Toshkent kimyoviy texnologiya ilmiy tadqiqot davlat unitary korxonasi olib boradi.

O`zbekiston Respublikasining Mahkamasining 2004-yil23- yanvardagi “Kimyo sanoati korxonalarini boshqarish tuzilmasini takomollashtirish va qishloq xo`jaligiga agrokimyo xizmati ko`rsatishni yaxshilash chora- tadbirlari to`g`risida” gi qaroriga nuvofiq Qoraqalpog`iston Respublikasi va respulikaning 12ta viloyatidagi “ Qishloqxo`jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari o`zining 100 dan ortiq bo`limlari orqali kimyo sanoati korxonalaridan yetkazib berilgan mineral o`g`itlar va o`simliklarni himoya qilish kimyoviy vositalarga bo`lgan ehtiyojni rejalashtirish va qishliq xo`jalik ishlab chiqaruvchilariga sotish hamda mahsulot ishlab chiqarish korxonalari bilan hisob-kitob qilish ishlari bilan shug`ullanadilar.

Kimyo sanoati korxonalari uchun muhandis texnik xodimlar Toshkent texnika inistituti , Toshkent kimyo- texnologiya, Farg`ona politexnika, Jizzax plitexnika , Navoiy davlat tog`-konchilik , Toshkent to`qimachilik va yengil sanoat institutlarida, universitetlarining kimyo fakultetlarida tayyorlanmoqda. Yuqori malakali ishchilari va texnik hodimlar Toshkent, Chirchiq, Navoiy, Farg`ona ,Qo`qon, Olmaliq, Samarqand va boshqa shaharlardagi kollejlarda tayyorlanadi.




Download 23,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish