Unumli bug‘doy biologik duvarak yumshoq bug‘doy qimmatbaho navlar turiga kiradi. Qiltig‘i uzun. Boshog‘i yirik. 1000 dona donining og‘irligi 39- 41 g. Un-non sifati yaxshi. Oqsil miqdori 12,4%. Xom kleykovinasi 26,3%. O‘rtapishar, quruqlik va kasalliklarga chidamli. Yuqori hosilli. Gektariga ekish me’yori 4-5 mln. dona. Oqilona ekish muddati oktabr oyining 2-dekadasi (o‘n kunligi).
«Makuz-3» navi qattiq bug‘doy duvarak. Qiltig‘ining uzunligi 10-12 sm, tarvaqaylagan. Doni yirik. 1000 donasining og‘irligi 48-54 g. Doni tarkibida 14-15,5% oqsil, 26-32% kleykovina mavjud. Yaltiroqligi 90% o‘rtapishar. Sovuqqa va qurg‘oqchilikka chidamli. O‘simlikning bo‘yi 95-100 sm. Hosildorligi gektaridan 55-60 s, bahosi yumshoq bug‘doyga nisbatan 1,5-2 barobar yuqori turadi. Ekish muddati oktabr oyi.
Qattiq bug‘doy Aleksandrovka duvarak navi – boshog‘i oq, tukli, doni yirik va zich, tishchasi qiltiqli, 1000 ta donining og‘irligi 40-47 g, oqsil miqdori 13,0-13,9 %, xom kleykovinasi 22-32 %, yaltiroqligi 75 %, hosildorligi gektariga 55-60 s. tashkil etadi. Ekish me’yori gektariga 4,5-5 mln. dona, oktabr oyining birinchi o‘n kunligida ekiladi.
Qattiq bug‘doy – Baxt duvarak navi – boshog‘i qiltiqli, doni oq, donidagi oqsil 15,1%, xom kleykovinasi 35,4%, yaltiroqligi 75-80%, yotib qolishga chidamli, 1000 donasining og‘irligi 47,1 g. yuqori hosilli. Urug‘ni ekish me’yori gektariga 4-5 mln. dona, ekishning qulay muddati oktabr oyining 10- 20 kunlari hisoblanadi.
Keyingi yillarda mamlakatimizning sug‘oriladigan maydonlarida Krasnodar seleksiyasining «Spartanka», «Skifyanka» va «Yuna» singari bug‘doy navlari keng tarqalmoqda.
Spartanka navi. O‘rtapishar. Poyasining balandligi 80-85 sm.ni tashkil etadi. Yotib qolishga, boshoq egilishiga va kasalliklarga chidamli, boshog‘idagi donlarning to‘kilishi kam kuzatiladi. Spartanka navi kuchli bug‘doy sirasiga kirib, doni yirik va qizil, 1000 donasining og‘irligi 39-41 g. suvga va o‘g‘itga o‘ta talabchan.
Skifyanka navi. Bu nav Spartanka bug‘doyidan yakka-yakka tanlash yo‘li bilan yaratilgan. Yotib qolishga chidamli, boshoqdagi donlar to‘kilmaydi. Poyasi 80-90 sm, o‘rtapishar. Mazkur nav bug‘doyning kuchli turiga mansub. Shu sababli u non yopish talabiga yaxshi javob beradi. 1000 dona donning og‘irligi 40-42 g. Rangi qizil. Suvga va o‘g‘itga talabchan. Kuzgi-qishki sovuqqa va qurg‘oqchilikka shuningdek, kasalliklarga nisbatan chidamli.
Yuna navi biologik kuzgi. Bo‘yi 85-95 santimetr, o‘rtapishar, serhosil. Mazkur navning un-non yopish sifati yaxshi. U kuchli bug‘doylar sirasiga kiritilgan.
Respublikamizning Andijon, Namangan, Farg‘ona, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida intensiv va qattiq – «Spartanka», «Skifyanka», «Yuna»,
«Yonbosh», «Sanzar -8», «Marjon» singari bug‘doy navlarini ekish tavsiya etiladi.
Suv tanqis bo‘lgan hududlarda bug‘doyning «Intensiv», Sanzar–4, Sete- Serros 66, arpaning Qarshi, Bolg‘ali navlarini ekish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |