Tritikalening ahamiyati, hosildorligi Tritikalening botanik va biologik tavsifi. Tritikalening navlari



Download 21,6 Kb.
bet1/2
Sana21.06.2022
Hajmi21,6 Kb.
#686839
  1   2
Bog'liq
Tritikalening ahamiyati, hosildorligi Tritikalening botanik va b


4-mavzu: Tritikale yetishtirish texnologiyasi..
R E J A :

  1. Tritikalening ahamiyati, hosildorligi

  2. Tritikalening botanik va biologik tavsifi.

  3. Tritikalening navlari.

Tritikale. O‘zbekistonda keng tarqalgan yangi oziq-ovqat, Yem-xashak ekini. U serhosil, kasalliklarga, yotib qolishga va boshqa noqulay sharoitlarga chidamli o‘simlik.
Doni oqsil va lizin, triptofan singari almashtirib bulmaydigan aminokislotalarga boy. Bug‘doy va javdarga nisbatan donida oqsil 1-4 % ko‘p. Kleykovinaning miqdori bug‘doynikiga teng yoki 3-4 % ko‘p, ammo sifati past. Shuning uchun tritikale donining non yopish xamda tegirmonboplik sifatlari bug‘doynikidan past. Bug‘doy uniga tritikale uni 20-30 % qushilib non yopilsa, non sifati Yaxshilanadi.
Tritikale doni konditer sanoatida, pivo pishirishda, omixta em tayyorlashda foydalaniladi. O‘zbekistonda tritikale oraliq ekin sifatida, yashil massasi uchun xam o‘stiriladi. Erta bahorda etishtirilgan yashil massasi bevosita oziqa sifatida xamda, ertagi silos, ut uni, briket, granula tayyorlashda ishlatiladi. Uning silosi va yashil massasi tarkibida xazmlanadigan oqsil bug‘doy va javdarnikiga nisbatan 1 % ko‘p, Yaxshi xazmlanadi, xushxo‘r.
O‘zbekistonda tritikale asosan kuzda sug‘oriladigan va lalmikor yyerlarda
yetishtiriladi. Sug‘oriladigan yyerlarda, Surxondaryo viloyati sharoitida gektaridan 350-600 s yashil massa hosili olingan. Don hosili suvlikda 50-60 ga/s etadi. Lalmikorlikda doni uchun yetishtiriladi.
Tarixi. Tritikale yangi va yosh o‘simlik. U bug‘doy va javdar avlodlarini chatishtirish natijasida olingan yangi o‘simlik avlodi. Tritikale o‘simligida bug‘doy donining sifati va javdar o‘simligining noqulay sharoitga chidamlilik hususiyatlari mujassamlashgan. Triticale nomi Triticum (bug‘doy) va Secale (javdar) suzlarining birinchi qismlarini qushilishidan hosil bulgan. Tritikale bug‘doy-javdar duragayi amfidiploidlarga mansub. Dastlab bug‘doy-javdar duragayi tomonidan 1881 yilda Germaniyada yaratilgan.
Rossiyada G. M. Meyster (1981), V. N. Lebedov (1925), V. E. Pisarov, A I. Derjavinlar tritikaleni hosil bulishini urganishgan va duragaylarini yaratishgan. Xozirda tritikaleni yangi serhosil, kasalliklar, yotib qolishga chidamli navlarini yaratish va ularni yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish buyicha dunyoning turli mamlakatlarida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Biologik xususiyatlari. Haroratga talabi. Tritikale urug‘lari 3-5 0S o‘na boshlaydi. Haroratning ko‘tarilishi bilan ekish o‘nib chiqish davri tezlashadi. Urtacha optimal havo harorati 20-22 0S. Urug‘lar ekilgandan keyin 68 kunda o‘nib chiqadi. Harorat 35 0S oshsa urug‘lar o‘nib chiqishi tuxtaydi Kuzgi tritikale 18-20 0S sovuqqa bardosh beradi. Sovuqqa chidamligi kuzgi bug‘doynikidan Yuqori, O‘zbekistan sharoitida bahori shakllari xam Yaxshi qishlab chiqadi.
O‘zbekistonda tritikale asosan kuzda tuplanadi va bir to‘p o‘simlikda 2-6 poyalar hosil qiladi. To‘p qalinligi kam bo‘lganda tuplanish kuchayadi.
Tritikale asosan uzidan changlanadi, ammo havo issiq, quruq bo‘lganda chetdan changlashi xam kuzatiladi. O‘zbekistonda navlar, ekish muddatlari, qullanilgan agrotexnikaga bog‘lik holda o‘sish davri 220-250 kunni tashkil qiladi. Kuzgi tritikale, kuzgi bug‘doyga nisbatan 5-10 kun kech etiladi.
Namlikka talabi. Namlikka talabchan. Etarli issiqlik, havo bo‘lganda urug‘lari o‘z og‘irligiga nisbatan 55-60 % namlikni yutib una boshlaydi. O‘simlikning namlikka eng talabchan davri naychalashdan donning to‘lishigacha. O‘suv davrida tuproqda namlik tuproq cheklangan dala nam sig‘imining 70-75 kam bulmasligi kerak.
Tuproqqa talabi. O‘zbekiston sharoitida tritikale bo‘z, o‘tloq-bo‘z tuproqlarda o‘sadi. Mexanik tarkibi engil, qumoq qumloq tuproqlar xam tritikale yetishtirish uchun qo‘lay. Faqat botqoqlashgan og‘ir xamda shur tuproqlar tritikale uchun yaroqsiz. Tuproq reaksiyasi Rh 6-7 bo‘lishi ma’qul.
Navlari. Prag-1. Tritikalening bu navi Dog‘istonda VIRning tajriba stansiyasida yaratilgan. O‘zbekistonda 1982 yildan boshlab oraliq ekin sifatida sug‘oriladigan yyerlarda tumanlashtirilgan.
Bo‘yi 170-185 sm, tuplanishi 2,5-5. Barglari umumiy massaning 42 % ni tashkil qiladi. Barg uzunligi 25-40 sm, eni 2-3 sm. boshog‘i ok. 9-11 sm, zichligi 10 sm da 35-37 boshoqcha joylashgan. Qiltiqlari ok, kuchsiz tarvaqaylagan. 1000 donning massasi 40-44,8 g. Samarqand nav sinash stansiyasi va Farg‘ona nav sinash uchastkasida sinov yillari 301-454,7 s/ga yashil massa hosili olingan.
Don hosili Samarqand DNSS o‘rtacha 60,5 s/ga ni tashkil qilgan. O‘suv davri yashil massa uchun 177, don uchun 212 kun.
Baxodir – Tojikiston dehqonchilik ITIda aratilgan. Ikki hosili. 1985 yildan respublikamizning sug‘oriladigan erlarida tumanlashtirilgan. Boshog‘i prizmasimon, 8-8,5 sm. Doni tuxumsimon, tuq qizil, 1000 ta don og‘irligi 50,8 g. Surxondaryo uzun DNU da o‘rtacha 66,2 s/ga don hosili olingan. Tezpishar. Don uchun ekilganda o‘suv davri 193 kun, yashil oziqa uchun 165 kun. Sinov yillari kasallanmagan.

Download 21,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish