O‘. P. Umurzoqov, A. J. Toshboyev



Download 1,71 Mb.
bet110/122
Sana21.12.2022
Hajmi1,71 Mb.
#893031
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   122
Bog'liq
9FBmTTiyWWEz0MiqlvuyuDWDc1AaemxXz1EzTsMv

G‘alla ekinlari urug‘ining sifat ko‘rsatkichlari.
Tayyorlangan urug‘lik davlat inspeksiyasi nazoratidan o‘tadi, agar o‘tmasa urug‘ni ekish qat’iy man etiladi. Qorakuya, zang va hokazo kasalliklarga chalinmasligi uchun urug‘ ekishdan avval kimyoviy preparatlar bilan mutaxassislar yordamida dorilanishi shart.
Ekiladigan urug‘ konditsiyaga yetkazilgan bo‘lishi, rayon urug‘chilik inspeksiyasidan urug‘ sifatini tasdiqlovchi guvohnoma, urug‘lik maydonining aprobatsiyasidan o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjatga ega bo‘lishi zarur.
G‘alla ekinlarini ekishda, asosan, SZ-3,6 seyalkasi ishlatiladi. Seyalkani ekish me’yoriga moslash quyidagicha amalga oshiriladi. Seyalkaning g‘ildiraklari 7,3 marta aylantirilganda seyalka 100 m2 yerga urug‘ tashlashi hisoblanadi. Lekin seyalkaning ikki tomonini domkrat bilan ko‘tarish biroz qiyinroq bo‘lganligi uchun seyalkaning bir tomoni domkrat bilan ko‘tarilib, g‘ildirakning necha marta aylanishini bilish uchun belgi qo‘yib 14,6 marta aylantiriladi. Shu vaqtda masalan, bunkerga solingan urug‘dan 2,5 kg tushsa, gektariga 150 kg urug‘ ekilgan hisoblanadi. Bordi-yu ekish me’yori 200 kg bo‘lsa, g‘ildirak 14,6 marta aylanganda urug‘ 2,0 kg bo‘lishi kerakligini hisobga olgan holda, seyalkani moslash kerak. Richag va g‘ildirakni harakat keltiruvchi shesternalarni almashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Yerni ekishga tayerlash. Kuzgi g‘alla ekinlari bir kartaga ikki yildan ortiq
ekilmaydi. Begona o‘tlar bilan qattiq ifloslangan eki qorakuya kasali tarqalgan maydonlarga ham ikkinchi yili ekilishi mumkin emas. G‘allani paxta, beda, ozuqa, sabzavot ekinlari va kartoshkadan keyin ekish yaxshi natija beradi. Ekinlar tuzilmasida g‘alla ekinlari salmog‘i oshganligi tufayli, paxta-g‘alla-
beda almashlab ekishning, paxta 40-50 %, g‘alla 20-30 %, beda 15-20 % bo‘lishi zarur.
Kuzgi nam to‘plash. Kuzgi nam to‘plash birinchidan shudgorlash, tuproqqa ekish oldindan ishlov berish va ekish sifatini yaxshilasa, ikkinchi tomondan urug‘likning bir tekis va tezda unib chiqishiga imkon beradi. Sug‘orib, so‘ngra tuproqqa ishlov berilgan maydonlarda g‘alla urug‘i qisqa muddatda to‘liq unib chiqadi, kuzning iliq haroratidan, tuproqdagi namlik va ozuqa moddalardan unumli foydalaniladi, to‘liq to‘plash fazasini o‘taydi.
Bu maydonlarda urug‘lik faqatgina sug‘organdan so‘ng yoki yog‘in-sochin bo‘lgandan keyingina unib chiqa boshlaydi.
Nam to‘plash uchun katta miqdordagi suv bilan qisqa o‘qariqlar olinib, bostirilib sug‘orilish talab qilinadi. Sug‘orish me’yori gektariga 350-400 kubometr.
O‘rtacha sho‘rlangan maydonlarga kuzgi g‘alla ekiladigan bo‘lsa (Buxoro, Xorazm, Qoraqalpog‘iston Respublikasi), sho‘r yuvish uchun yerlar haydaladi, so‘ngra PR-0,5 rusumli chek olish mexanizmi bilan tekis joyda 0,25 ga, nishabroq joylarda esa 0,10 ga kattalikda cheklar olinadi. Bunday cheklarda tuproq gektariga 1,5-1,8 ming kubometr suv sarfi bilan yuvilishi kerak. Sho‘r yuvilgandan so‘ng, yer yetilishi bilan cheklar tekislangach, har gektariga 20-30 tonnadan go‘ng, 300-400 kg. dan ammofos solib, borona tirkalgan chizel bilan ishlov beriladi. Tuprog‘i kuchli darajada sho‘rlangan yerlarda sho‘rni to‘liq yuvish imkoniyati bo‘lmaganligi sababli g‘alla ekish tavsiya etilmaydi.

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish