O. O. Hoshimov, S. S. Saidahmedov elektr yuritma asoslari


QISQA VAQT ISHLASH REJIMI UCHUN



Download 278,3 Kb.
bet84/96
Sana24.03.2022
Hajmi278,3 Kb.
#507861
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   96
Bog'liq
elektr yuritma qo\'llanma

7.6. QISQA VAQT ISHLASH REJIMI UCHUN
DVIGATEL QUVVATINI TANLASH
286
Qisqa vaqt ishlash rejimida dvigatelning imkoniyatidan to‘liq foydalanish uchun uni qo‘shimcha yuklash mumkin. Bu holda ish yakunida izolyatsiya harorati joiz chegara qiymatga yetishi kerak. Dvigateldagi isroflar va haroratning o‘zgarish grafigi 7.4- rasmda keltirilgan.
Qisqa va uzoq vaqt ishlash rejimidagi isroflarning nisbati issiqlik bo‘yicha o‘ta yuklanish koeffitsiyenti deb ataladi.
d = Qq/Quz, (7.43)
bu yerda: Qq — qisqa vaqt ishlash rejimidagi isroflar; Quz — uzoq vaqt ishlash rejimidagi isroflar.
Uzoq vaqt nominal rejimda ishlaganda chulg‘am izolyatsiyatsining harorati asimptotik ravishda joiz qiymatiga yaqinlashadi:
tM = Quz/A. (7.44)
7.4- rasm. Tezlikning trapetsioidal diagrammasi va dvigateldagi isroflar grafigi.
287
Qisqa vaqt ishlash rejimida esa ushbu haroratga quyidagi formulaga muvofiq tq vaqtda erishiladi
tM = (Qq/A)(1-e-tq/Tq) (7.45)
Qisqa vaqt ishlash rejimida tez ishlayotgan dvigatelning o‘rniga uzoq vaqt ishlash rejimiga mo‘ljallangan dvigateldan foydalanib bo‘lmaydi. Qisqa vaqt ishlash rejimi uchun maxsus dvigatellar zarur. Bu dvigatel, agar u o‘zgarmas tok dvigateli bo‘lsa, takomillashtirilgan kollektorga, agar asinxron dvigatel bo‘lsa, katta maksimal kritik momentga ega bo‘lishi kerak. Energetik nuqtayi nazardan uzoq vaqt ishlashga mo‘ljallangan dvigatelni qisqa rejimda ishlatish maqsadga muvofiq emas. Yuqorida qayd etilganidek, nominal rejimda o‘zgarmas va o‘zgaruvchan isroflar bir-biriga teng va bu rejimda FIK maksimal qiymatga ega bo‘ladi.
Qisqa ish rejimida FIK jadal ishlash sharoitida maksimal bo‘ladi. Demak, o‘zgarmas sarflar ko‘paytirilgan, misdagi isroflar kamaytirilgan bo‘lishi kerak, ya’ni isroflarning taqsimoti uzoq vaqt ishlaydigan mashinanikidan farq qiladi.
Davlat standartlari bo‘yicha dvigatellarning quyidagi ishlash vaqtlari 10, 30, 60 va 90 min belgilangan.
Real grafikdagi qisqa vaqt ishlash davomiyligi tq.haq davlat standartida (katalogda) ko‘rsatilgan qiymatlardan biriga tq.kat mos kelmasa dvigateldagi isroflarni quyidagi nisbatga muvofiq qayta hisoblab chiqish kerak:
288
(Qq.kat/A)(1-e-tq.kat/Tq) = (Qq.haq/A)(1-e-tq.kat/Tt). (7.46)
Bu yerdan qisqa rejimdagi sarflarning ortishi:
Qq.kat/Qq.haq = (1-e-tq.kat/Tt) /(1-e-tq.kat/Tt), (7.47)
bu yerda: Qq.kat — davlat standartida qisqa rejim uchun belgilangan isrof, Qq.haq — qisqa ish rejimidagi haqiqiy isrof.
7.5- rasm. Dvigatelning qisqa ish grafigi.
Katalogdan aniqlangan qiymati bo‘yicha eng yaqin katta quvvatga ega bo‘lgan dvigatel tanlanadi.
289
7.4- rasmda dvigatelni qisqa rejimda ishlashining soddalashtirilgan grafigi keltirilgan.
Haqiqatda esa, grafik ishga tushirish, tormozlash uchastkalariga ega. Tezlikning o‘rnatilgan zonasida esa moment va tok o‘zgarishi mumkin. Shuning uchun dvigatelning ekvivalent tok va momentini aniqlashga to‘g‘ri keladi va haqiqiy grafikni unga ekvivalent bo‘lgan to‘g‘ri burchakli grafik bilan almashtiriladi (7.5- rasm).

Download 278,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish