O. O. Hoshimov, S. S. Saidahmedov elektr yuritma asoslari



Download 278,3 Kb.
bet87/96
Sana24.03.2022
Hajmi278,3 Kb.
#507861
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   96
Bog'liq
elektr yuritma qo\'llanma

Savol va topshiriqlar
1. Elektr yuritmaning yuklanish diagrammasi qanday quriladi?
2. Elektr yuritma va ishchi mashinaning yuklanish diagrammalari birbiridan
nima bilan farq qiladi?
3. O‘zgarmas va o‘zgaruvchan sarflar qanday aniqlanadi va u
nimalarga bog‘liq?
299
4. To‘la sarflar qanday aniqlanadi, ularni kamaytirish yo‘llari nimalardan iborat?
5. Dvigatelni ishga tushirish energiyasi qanday aniqlanadi?
6. Issiqlik muvozanati tenglamasi qanday tashkil etuvchilardan iborat?
7. Dvigatelning issiqlik doimiyligi qanday aniqlanadi va u nimalarga bog‘liq?
8. Davomiy ishlash rejimi deganda nimani tushunasiz?
9. Qisqa vaqt ishlash rejimida yuklanish diagrammasi qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi?
10. Nisbiy ulanish davomiyligi qanday aniqlanadi?
11. Qaytar-qisqa vaqt ishlash rejimida yuklanish diagrammasi qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi?
12. Davomiy va qisqa vaqt ishlash rejimida dvigatel quvvati qanday tanlanadi?
13. Qisqa vaqt ishlash rejimida dvigatelning ishlash grafigini tasvirlang.
14. Qaytar-qisqa vaqt ishlash rejimida dvigatelning ishlash grafigini tasvirlang.
300
301
VIII bob. MIKROPROTSESSORLI ELEKTR YURITMALAR
8.1. MIKROPROTSESSORLI BOSHQARILUVCHI ELEKTR YURITMALARNING AFZALLIKLARI VA VAZIFALARI
Har qanday qattiq tuzilishli qurilmalarni va tizimlarni mikroprotsessorli (MP) boshqarishga almashtirish quyidagi afzalliklarni beradi:
MP — tizim egiluvchanlik xususiyatiga ega. MP tizimning ishi mantiqiy EHM xotirasida saqlanayotgan dastur bilan aniqlanadi. Bu tizim tavsifini faqat dasturni o‘zgartirish hisobiga sezilarli darajada o‘zgartirish imkonini beradi.
MP asosida qurilgan tizimlar anchagina arzon turadi. Bitta protsessor odatda 75—200 ga yaqin kichik va o‘rta darajada integrallovchi integral sxemalarning o‘rnini bosadi. Buning natijasida ulanish soni keskin kamayadi.
Yuqorida ko‘rsatilgan afzalliklar MP tizimlarini keng ko‘lamda qo‘llanishiga asos bo‘ladi va 5—10 yil mobaynida elektr yuritma tizimlarining 85—90% ini MP tizim orqali boshqarishga o‘tish imkonini beradi.
Elektr yuritma ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishning quyi darajasiga mansub. Hozirda elektr yuritmalarni boshqarishda asosan bo‘ysunuvchan rostlash tizimida muayyan darajada sozlangan analog rostlagichlar qo‘llanilmoqda.
302
Raqamli tizimlar analog tizimlardan o‘zining aniqligi va uni amalga oshirish imkoniyatlari, tashqi muhit ta’siridan saqlanishi, kuchlanishlarning o‘zgarishiga moyil emasligi bilan ajralib turadi.
Ammo raqamli tizimlarda axborotlarni qayta ishlash ketma-ket amalga oshirilishi tufayli, ularning tezkorligi analog tizimga nisbatan birmuncha past bo‘ladi.
Elektr yuritma boshqarish tizimini tubdan yaxshilash yuqorida keltirilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda hamda boshqarish nazariyasining zamonaviy usullaridan adaptiv boshqarish, optimallashtirish, dasturli boshqarishdan samarali foydalangan holdagina amalga oshirish mumkin.
Elektr yuritmalarni MP boshqarish tizimlarining funksional vazifalarini quyidagicha ta’riflash mumkin:
— kuchli statik o‘zgartgichlarni boshqarish impulslarini shakllantirish;
— proporsional (P), proporsional-integrallovchi (PI) va proporsional-integro-differensiallovchi (PID) boshqarish algoritmlarini amalga oshirish;
— ko‘paytirish, bo‘lish, kvadrat ildiz chiqarish kabi chiziqsiz funksiyalarni bajarish;
— optimal, adaptiv kabi samarali usulda boshqarish.
Kelgusi vazifalar rele-kontaktorli boshqarish turlarini mantiqiy boshqarishga o‘tkazish bilan bog‘liq.
An’anaviy ravishda elektr yuritmalarning bunday qurilmalari rele-kontaktorli yoki diskret elementlarda tuzilar edi. Har bir dastgoh yoki mashina uchun o‘zining boshqarish tizimi yaratilgan edi. Mexanizm va uning bo‘laklarining holati, boshqarish pultidagi indikator lampalariga qarab aniqlangan. Bunda turli relelardan, mantiqiy qismlardan
303
foydalanilgan bo‘lib, ishlatish jarayonida tuzatish kiritish, tahlil etish ancha qiyin kechar edi.
Bu esa jihozlarning samaradorligi va ishonchligini pasaytirar edi. MP — boshqarish an’anaviy tizimlaridagi yuqorida ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish imkonini beradi. Shuning uchun MP boshqarishning vazifalari quyidagilardan iborat.
— parallel tushayotgan axborotlarni qabul qilish va ijrochi elementlarga tarqatish;
— mashina ishlash algoritmiga muvofiq axborotlarni real vaqt masshtabda qayta ishlash;
— ijrochi elementlarga boshqarish signallarini berish;
— qurilma holatini tashhis etish;
— boshqarish tizimini tashhis etish;
— sozlash rejimini ta’minlash.

Download 278,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish