7.5. UZOQ VAQT ISHLASH REJIMIDA DVIGATEL QUVVATINI TANLASH 283
O‘zgarmas yuklama va tezlik bilan uzoq vaqt (davomiy) ishlayotgan dvigatelning quvvatini tanlash ancha oson. Bunda dvigatelning nominal quvvati yuklamaning o‘rtacha quvvati bo‘yicha mexanik uzatmalardagi isroflarni hisobga olgan holda aniqlanadi.
Uzoq vaqt o‘zgaruvchan yuklama va mexanizmni tez-tez ishga tushirish va tormozlash rejimida ishlayotgan dvigatelning quvvatini hisoblash esa ancha qiyin. Bu holda nominal statik yuklamani dinamik jarayonlar hisobiga dvigatel chulg‘amini qizishini hisobga oladigan koeffitsiyentga ko‘paytirib dvigatel quvvati aniqlanadi. Keyinchalik aniq yuklama diagrammasini qurib, oldindan tanlangan dvigatel tekshiriladi. Aniq yuklama diagrammasi tok, moment va tezlikning vaqtga bog‘liqligini ko‘rsatadi.
Dvigatel to‘g‘ri tanlanganligini aniq baholaydigan usullardan biri bu o‘rtacha isroflar usulidir. Bunda o‘rtacha isroflar nominal isroflardan kichik bo‘lishi kerak. Faqat shu shart bajarilsagina dvigatel chulg‘amlarining harorati mumkin bo‘lgan haroratdan ortib ketmaydi.
Yuklanish diagrammasining ayrim qismlari uchun quyidagini aniqlash mumkin:
Qx = Qnom•(1 + c2)/2. (7.36)
Shuni ta’kidlash joizki, o‘zgaruvchan tezlikda ishlayotgan dvigatel uchun po‘latdagi isroflar o‘zgaruvchan va tezlikka proporsional bo‘ladi. O‘rtacha isroflar formulasini quyidagicha yozish mumkin:
Qo‘r = S•Qx•tx/Stx, (7.37)
284
bu yerda: Qx — siklning bitta uchastkasidagi isroflar; tx — uchastka
uzunligi.
Dvigatel trapetsiya ko‘rinishidagi tezlik diagrammasi bo‘yicha
ishlasa o‘rtacha isrof quyidagicha aniqlanadi:
Qo‘rt = (Q1t1 + Q2t2 + Q3t3)/(at1 + t2 + at3 + bt4),
(7.38)
bu yerda: Q1 va Q3 — ishga tushirish va tormozlashdagi isroflar, Q2 —
o‘rnatilgan rejimdagi isroflar t1, t2, t3 va t4 — ish intervallari va
pauzaning davomiyligi.
Ko‘rib chiqilgan o‘rtacha isroflar usuli hisoblashlarda ko‘p vaqtni
talab qiladi.
Amaliyotda ekvivalent tok va ekvivalent moment usullari qo‘llaniladi.
Yuklama mavjud bo‘lganda dvigateldagi isroflar nominaldan farqli
bo‘ladi, ya’ni
Q = qo‘zgarmas + qo‘zgaruvchan.nom•c2,
(7.39)
Uchastkalardagi toklarni hisobga olgan holda
I I t I t I t t t t 2 2 2 2
ekv 1 2 2 n n 1 2 n =( + +...+ ) / ( + + ...+ )
yoki
I I t I t I t t t t 2 2 2
ekv 1 1 2 2 n n 1 2 n = ( + + ... + ) / ( + + ... + ). (7.40)
285
Dvigatel qizimasdan normal ishlashi uchun quyidagi shart bajarilishi
kerak
I I I t t 2
nom ekv x x x і = / .
Ekvivalent tokka o‘xshash ekvivalent moment usulida uchastkadagi
momentlar hisobga olinadi, ya’ni
М М t t 2
ekv x x x = / . (7.41)
Dvigatelni tanlash sharti MnomіMekv.
Bundan tashqari ekvivalent quvvat usuli ham bo‘lib, bu usul faqat
o‘zgarmas tezlikda ishlayotgan yuritma uchun qo‘llaniladi, bu holda
dvigatel quvvati uning momentiga proporsional bo‘ladi.
Р Р t t 2
ekv x x x = / . (7.42)
Dvigatelni tanlash sharti: Pnom і Pekv.
Bu usullardan eng anig‘i ekvivalent tok bo‘lib, u yuritmadagi
o‘tkinchi jarayonlarni aniq hisobga oladi.
Ekvivalent moment usuli ekvivalent tok usuliga qaraganda aniqligi
pastroq bo‘lib, u dvigatelni ishga tushirish va tormozlashdagi dinamik
momentni hisobga oladi.
Ekvivalent quvvat usulida o‘tkinchi jarayonlar hisobga olinmaydi.