O. O. Hoshimov, S. S. Saidahmedov elektr yuritma asoslari



Download 278,3 Kb.
bet92/96
Sana24.03.2022
Hajmi278,3 Kb.
#507861
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96
Bog'liq
elektr yuritma qo\'llanma

Savol va topshiriqlar
1. Mikroprotsessorli boshqariluvchi elektr yuritmalarning afzalliklari nimalardan iborat?
2. Raqamli tizimlarning analog tizimlardan farqi nimada?
3. Elektr yuritmalarning MP boshqarish tizimining vazifalari nimalardan iborat?
4. Mikroprotsessorli boshqariluvchi elektr yuritmaning funksional sxemasini chizib tushuntirib bering.
5. Apparat vositalari qanday tuzilgan va qanday vazifani bajaradi?
6. Mantiqiy qurilmaning vazifasi nimadan iborat?
7. Ta’minot manbayi sifatida qanday o‘zgartgichlardan foydalaniladi?
8. Kuchli o‘zgartgich nima va u qanday vazifani bajaradi?
315
9. MPli elektr yuritmada axborot o‘tishini tushuntirib bering.
10. Doimiy xotira qurilmasi qanday tuzilgan va uning vazifasi nimalardan iborat?
11 Operativ xotira qurilmasining vazifasi nimalardan iborat?
12. Kiritish-chiqarish qurilmasining vazifasi nimalardan iborat?
13. Ketma-ket va parallel interfeyslarning farqi nimada va ular qanday vazifani bajaradilar?
14. MPli elektr yuritmada tok va tezlik rostlagichlari qanday vazifani bajaradi?
IX bob. AVTOMATLASHTIRILGAN ELEKTR YURITMANING ENERGIYANI TEJASH REJIMLARI
316
9.1. ENERGIYA TEJASHNING ASOSIY TAMOYILLARI
Butun dunyoda umumenergetika krizisi va energiya bahosining anchagina ko‘tarilib borayotganligi sababli avtomatlashtirilgan elektr yuritmalar vositasida energiyani tejash katta ilmiy-texnikaviy va amaliy ahamiyat kasb etmoqda.
Ushbu bob, muallifning avtomatlashtirilgan elektr yuritmalar vositasida energiyani tejash masalalari haqida ko‘p yillik ilmiy-texnikaviy va amaliy faoliyati asosida yozilgan.
Mazkur bobda sanoat qurilmalari va texnologik mashinalarni energiya tejamkorligi rejimida ishlashini ta’minlash yo‘llari ko‘rsatilgan. Boshqariladigan elektr yuritmani energiya tejamkorligi rejimida ishlashining nazariy asoslari bayon etilgan. Xalq xo‘jaligi sohalarida qo‘llash uchun yuqori iqtisodiy ko‘rsatkichli avtomatlashtirilgan elektr yuritmalarni ishlab chiqish bo‘yicha yangi texnikaviy yechimlar taklif qilingan.
Hozirgi vaqtda avtomatlashtirilgan elektr yuritma vositasida energiya tejashning quyidagi tamoyillari mavjud:
1. Ishlab chiqarish mexanizmi yuklamasining o‘zgarishiga qarab, dvigatel tanlash usulini takomillashtirish yo‘li bilan elektr yuritma dvigatelining quvvatini to‘g‘ri tanlash. Dvigatelning quvvati yuklama quvvatidan kichkina bo‘lsa, uning tezligi kamayadi, qattiq qizib tezda ishdan chiqadi, katta bo‘lsa, dvigatel energiyani samarasiz o‘zgartiradi va ishlaganda o‘zida hamda energiya uzatishda sarf bo‘ladigan quvvatni anchagina ko‘paytiradi.
2. Ishlab chiqarish mexanizmlaridagi avtomatlashtirilgan elektr yuritmalarning aktiv massasini (mis va temir) oshirish hisobiga FIK va
317
quvvat koeffitsiyentining qiymatlarini oshirish va energiyani tejaydigan elektr dvigatellardan foydalanish.
3. Rostlanmaydigan elektr yuritmalardan rostlanadigan elektr yuritmalarga o‘tish, bu esa nafaqat avtomatlashtirilgan elektr yuritma tizimida, balki ishlab chiqarish mexanizmida ham resurslar (suv, issiqlik va b.)ni tejashga imkon beradi.
4. Rostlanmaydigan elektr yuritmalarda yuklama o‘zgaruvchan bo‘lganda, shuningdek boshqariladigan elektr yuritmalarda texnologiya jarayonini talabga binoan elektr yuritma koordinatalarini o‘zgarishi yuzaga keladigan hollarda eng kam energiya talab qiluvchi maxsus texnik yechimlarni ishlab chiqish va yaratish.
Energiya tejashning yuqorida keltirilgan tamoyillaridan birini tanlash va amalga oshirish texnologik mexanizm tomonidan yuzaga keltiriladigan muayyan sharoitlarga bog‘liq bo‘lib, ularning har biri o‘zining muayyan afzallik hamda kamchiliklariga egadir.
Energetika krizisining va energiya tashuvchilarning ortib borishini e’tiborga olib, elektr yuritmani boshqarish vositalarini takomillashtirish hisobiga, talab qilinadigan energiyaning aksariyat qismini tejashni ta’minlaydigan tamoyil alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. Bizning fikrimizcha to‘rtinchi tamoyil istiqbolli hisoblanadi, bunda avtomatlashtirilgan elektr yuritmani boshqarish algoritmini takomillashtirish o‘rtacha 30—40% energiyani tejash imkonini beradi.

Download 278,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish