53
Opsion shartnomalari.
Odatda qo‘shimchalar sifatidagi mukofot yoki diskontlar
kontragentlarni shu soha
bo‘yicha qanchalik ma’lumotga ega bo‘lganligiga bog‘liq va ular shartnoma predmeti
bo‘lib hisoblanadi. Bu munosabatda opsion shartnomalari muhim ahamiyat kasb etadi.
Opsion- lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, tanlov ma’nosini bildiradi. Opsion –
ma’lum bir aktivni shartnomada qayd etilgan bahoda oldindan kelishilgan sanada yoki
kelishilgan ma’lum bir davr ichida sotib olish yoki sotish huquqini boshqalarga berilishi
haqidagi ikki taraflama shartnomadir.
Shartnoma bo‘yicha bir broker opsionni yozib boshqa brokerga beradi. Boshqa
broker esa, uni sotib oladi va opsiosh shartlari ko‘zda tutgan muddat ichida uni
o‘rnatilgan kurs asosida opsionni yozib bergan shaxsdan ma’lum
bir miqdordagi
valyutani sotib olish yoki unga bir valyutani sotish huquqiga ega bo‘ladi.
Shunday qilib, opsional sotuvchi valyutani sotishga majbur, opsionni sotib oluvchi
shaxs esa buni qilishi shart emas, ya’ni u valyutani sotib olishi yoki sotib olmasligi
mumkin.
Opsionning 3 turi mavjud:
1.
Sotib olishga opsion – bu opsionni sotib oluvchi
shaxsni valyuta kursining
o‘sishi xavfidan o‘zini himoya qilish maqsadida uning mazkur valyutani
sotib olish huquqidir.
2.
Sotishga opsion – bu opsionni sotib olgan shaxsni valyuta qadrsizlanishidan
o‘zini himoya qilish maqsadida shu opsionni sotishga huquqini bildiradi.
3.
Opsion –stellaj. Bu opsion egasiga valyutani bazis bahosi bo‘yicha sotib
olish yoki sotish huquqini beradi.
Opsionda uning muddati ko‘rsatiladi. Opsionning muddati bu sana yoki ma’lum bir
davr bo‘lib, sana yoki davr muhlati o‘tib ketsa, mazkur opsionni ishlatib bo‘lmaydi.
Amaliyotda opsionning 2 usuli mavjud: evropacha va amerikacha.
Evropacha stilda opsion faqat ma’lum bir belgilangan sanaga ishlatilishi mumkin.
Amerikacha usulda opsion davrining istalgan paytida ishlatilishi mumkin.
Opsion o‘z kursiga ega. Opsion kursi bu strayk bahodir. Bu valyutani sotib olish
yoki sotish mumkin bo‘lgan bahodir. Opsionni sotib oluvchi shaxs opsionni sotuvchi
yoki uni yozib bergan shaxsga mukofot deb ataluvchi komissiya haqini to‘laydi. Mukofot
- bu opsionning bahosidir. Opsionni sotib oluvchi shaxsning
xavf-xatari shu mukofot
miqdori bilan cheklanadi, o‘z navbatida opsionni sotuvchi shaxsning riski esa olingan
mukofot miqdoriga kamayadi. Opsionga egalik qilish uni sotib olgan shaxsga oldindan
54
bilib bo‘lmaydigan kelgusidagi o‘zgarishlardan o‘zini himoyalash imkonini beradi.
Opsion shartnomasi opsion egasi uchun ijro etilishi majburiy bo‘lgan shartnoma emas.
SHuning uchun ham agarda opsion amalga oshmasa egasi uni berib yuborishi yoki
ishlatmasdan qoldirishi mumkin.
Svop shartnomasi.
«Svop» operatsiyasi – bu hisob-kitob sanalari turlicha bo‘lgan, ta’minan teng
hajmdagi xorijiy valyutani bir vaqtning o‘zida sotilishi va sotib olinishidir. «Svop» - bu
valyutani so‘nggi sotuv kafolati bilan vaqtinchalik sotib olish.
Amaliyotda svop bir
vaqtning o‘zida valyuta almashinuvi bilan bog‘liq 2 alohida shartnomani imzolanishini
ko‘zda tutadi. Bu shartnomalar qarama-qarshi yo‘nalishlarga va turli hisob-kitob
sanalariga ega. Bu shartnomalarni biri bo‘yicha birinchi valyuta ikkinchi valyutaga
boshqa sanada etkazib berish sharti bilan sotib yuboriladi. Svop valyuta operatsiyalarini
ko‘p hollarda banklar amalga oshadi.
Valyuta risklarini boshqarish bilan bog‘liq muammolar.
Valyuta risklarini boshqarish bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish va ularning
echimini topish, bank tizimini barqaror bo‘lishini ta’minlaydi.
Bugungi kunda tijorat
banklari tomonidan iqtisodiyotni barcha tarmoqlarini investitsiyalash jarayoni ichki va
tashqi mablag‘lar bilan ta’minlanmoqda. Bunda xorijiy kredit liniyalari bo‘yicha ham
turli operatsiyalar bajarilmoqda. Bu jarayonda albatta valyuta risklarini e’tiborga olish
bankning moliyaviy barqarorligiga ta’sirini o‘tkazmay qo‘ymaydi. Banklarni xorijiy
valyutada amalga oshiriladigan operatsiyalari yanada ko‘payib boradi.
Valyuta risklarini boshqarish muammolari:
Xorijiy valyutada operatsiyalar o‘tkazayotgan bank ikkita riskga duch keladi:
valyuta kurslaridagi salbiy harakat yoki ustama foizlarining ochiq
pozitsiyalariga ta’siri;
ikkinchi
tomonning spot, forvard yoki depozit majburiyatlari bo‘yicha
imzolanishidan oldin bankrot bo‘lishi.
Bir qancha yirik banklar tomonidan ko‘rilgan zararlar bu harakatlarni qo‘yidagi ikki
omil bilan tasniflash mumkinligini ko‘rsatadi:
- boshqaruv yoki bank boshqaruvchisining to‘liq xabardorligi yoki vakilligidagi
bajariladigan operatsiyalari;
- bank boshqaruvi vakolatsiz yoki vakolatidan tashqari xorijiy valyuta operatsiyalari
bo‘limi dilerlari tomonidan bajariladigan operatsiyalar.
Valyuta risklari darajasini ikki usul qo‘llagan holda kamaytirish mumkin:
55
1) valyuta narxini to‘g‘ri tanlash;
2) valyuta pozitsiyalarini shartnomalar bo‘yicha muvofiqlashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: