50
yordamida bank ularning hajmiga va o‘z navbatida o‘z xatarlariga ta’sir o‘tkazish
imkoniyatiga ega bo‘ladi;
- «netting» usulining qo‘llanilishi, ya’ni bunda valyutalarni mustahkamlash
evaziga bitimlar miqdorini qisqartirishning maksimal imkoniyati. Buning uchun banklar
bo‘linmalar
tashkil etib, bu bo‘limlar xorijiy valyutalarni oldi-sotdi qilish bo‘yicha
buyurtmalar tushishini muvofiqlashtirib boradi;
- axborot mahsulotlariga egalik qilish yordamida qo‘shimcha axborotlar olish,
bunda ixtisoslashgan firmalarning real vaqt tartibida valyuta kurslari va so‘nggi
axborotlari harakatlari ifodalangan bo‘ladi;
- har kunlik asosda valyuta bozorlarini chuqur o‘rganish va tahlil etish.
VALYUTA RISKINI BAHOLASH USULLARI VA RISKNI PASAYTIRISH
OMILLARI
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga yo‘naltirilgan moliya tizimi o‘rnatilishi
sharoitida moliyaviy munosabatlarni korxona darajasida muvofiqlashtirish mexanizmi
iqtisodiy munosabatlar makroregulyatorlari kabi muhim ahamiyatga ega.
Ma’lumki, risk so‘zi barcha lug‘atlarda «zarar ehtimoli» ma’nosida ta’riflanadi.
Xavf-xatar amalga oshirilgan bitim, kelishuv yoki bozorning
boshqa tranzaksiyasi
natijasida qat’iy ishonmaslikni bildiradi.
Bu tabiiy albatta, chunki tijoratda u yoki bu xo‘jalik operatsiyalar xususiyatlaridan
kelib chiqadigan pul yo‘qotishlar xavfi doim mavjud bo‘lgan va bo‘ladi.
Umumiy holda,
riskni boshqarish deganda, keyingi zarar miqdorini
chegaralashga olib keladigan oldini olish hatti-harakatlar konkret to‘plami yordamida
favqulotda vaziyatlardagi himoyalanishni anglatadi. Riskni boshqarish metodi deganda, 2
turdagi xatti-harakatlar tushuniladi: a) bir xil turdagi risk ostidagi tadbirkorlar o‘rtasidagi
xatarni qayta taqsimlash yoki b) sug‘urta firmasiga yordam uchun murojaat qilish.
Moliyaviy riskni boshqarish metodlari amalga oshirish usuliga ko‘ra jismoniy va
iqtisodiy himoyaga ajratiladi. Investor moliyaviy riskni pasaytirishning ma’lum bir turini
tanlaganida qo‘yidagi qoidalardan kelib chiqqan holda, ish tutishi lozim:
- o‘z kapitalidan ko‘proq kapitalga tavakkal qilib bo‘lmaydi;
- kichik ish uchun katta mablag‘ni riska qo‘yish mumkin emas.
Mazkur tamoyillar
amaliyotda shuni anglatadiki, avval mazkur tur risk bo‘yicha
mavjud bo‘lgan maksimal zararni hisoblab chiqib, uni o‘z kapitali hajmi bilan taqqoslash
51
lozim, keyin esa ehtimolni maksimal zarar o‘z moliya resurslar umumiy hajmi bilan
solishtirish kerak. Oxirgi bosqichda mazkur risk bankrotlikka olib kelish-kelmasligini
aniqlash lozim. SHunday qilib, moliyaviy risklarni boshqarish nazariyasining barcha
jamiyatlari ishtirok etadi: rejalashtirishdan tortib to nazorat qilishgacha.
Shunday qilib, daromadlar va xarajatlar turli valyutada aks etadigan har bir korxona
valyuta riski ta’siri ostiga tushadi.
SHu sababli, valyuta kursining favqulotda pasayishi
juda katta yutuqqa yoki zararga olib kelishi mumkin. SHunday ekan, bu korxona va
tashkilotlar o‘zlarida valyuta riskini baholash hamda faoliyatini optimal tarzda tashkil
qilishlari mumkin.
Faqatgina mazkur tizimlashgan maqsadli tadbirlar orqali
xalqaro operatsiyalar
ishtirokchilari nafaqat o‘z daromadlari qiymatini saqlashlari, balki qulay sharoitda
qo‘shimcha darormadga ham ega bo‘lishlari mumkin. Buning uchun albatta har bir
korxonada valyuta riskini baholash bilan maxsus ekspert mutaxassislar shug‘ullansalar
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Valyuta riskini oldini olish yoki undan himoya qilish uchun chet el valyutasining
qiymati ko‘tarilish yoki qadrsizlanishi riskidan turlicha xedjirlash usullari tarqalmoqda.
Valyuta fyuchers bitimlari xedjirlash usullaridan eng keng tarqalgani hisoblanadi.
Valyuta fyuchers bo‘yicha sotuvchi belgilangan narx bo‘yicha
chet el valyutasiga
kelishilgan summani belgilangan narx bo‘yicha chet el valyutasiga kelishilgan summani
belgilangan muddatda sotish, xaridor esa, sotib olish qimmatining ko‘tarilishi
tavakkalidan xedjirlash va bitimni to‘lashga olingan valyuta qiymatining pasayishidan
xedjirlash farq qilinadi. Birinchi holda, importchi mijoz o‘zini
tashqi savdo bitimi
to‘lovini bajarish maqsadida chet el valyutasini sotib olish paytidagi qiymat ko‘tarilish
tavakkalidan himoya qiladi. Importchi tuzilgan bitim bo‘yicha eksportchiga to‘lovni
bajarish uchun yaqin kelajakda chet el valyutasining sotib olishi zarurligini oldindan
bilib, bank vositasidagi eksportchi bilan hisob-kitob qilish paytida uni qoniqtiradigan
muayyan qarz bo‘yicha fyucherslarni chet el valyutasida sotib oladi. Agar eksportchi
bilan hisob-kitob qilish muddati etgunga qadar chet el valyutasining narxi yoki kursi
ko‘tarilsa, importchi o‘sha o‘zi sotib olgan fyuchers bitimini yuqori kurs bo‘yicha sotadi.
Olingan foyda eksportchi bilan hisob-kitob qilish paytida endi amalda sotib oldinadigan
chet el valyutasining yuqori qiymatini qoplaydi. Olinadigan
chet el valyutasini
qiymatining kutiladigan pasayishi riskidan himoya qilish lozim bo‘lgan holda eksportchi
oldiniga fyuchers bitimini hali ham yuqori narxda sotadi. So‘ngra kutilganidek, chet el
valyutasining joriy kursi haqiqattan ham pasayganda eksportchi fyuchers valyuta bitimini
endi nisbatan arzon narxda sotib oladi. Olingan foyda imkonidan amalda olingan chet el
valyutasining pasaygan qiymatini qoplaydi.
52
Valyuta riskidan himoya qilishning boshqa usullari ham mavjud: - valyuta opsioni,
valyuta svoplari, forvard bitimlar.
Do'stlaringiz bilan baham: