Daxldor shaxslar - bank bilan alohida munosabatda bo‘lgan yuridik va jismoniy
shaxslar, xususan:
bank Kengashi, bank boshqaruvi, taftish komissiyasi tarkibiga kirgan barcha
shaxslar, shuningdek, ularning yaqin qarindoshlari.
bank nizom fondinining 10 foizidan ko‘proq qismiga ega bo‘lgan har qanday
yuridik yoki jismoniy shaxslar, yoxud shu yuridik shaxslarning har qanday rahbarlari,
shuningdek, ularning yaqin qarindoshlari.
qonunga ko‘ra bank faoliyatini nazorat qiluvchi yuridik shaxslar va ularning
boshqaruvchilari.
"Yirik" hissador - bu, bank nizom jamg‘armasidagi ulushi 10 foizdan ortiq
shaxslardir.
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, tijorat banklari daxldor shaxslarga imtiyozli
sharoit yaratib bermasligi lozim. Imtiyozli sharoit deganda quyidagilar nazarda tutiladi:
152
boshqa mijozlardan talab qilinadiganidan kam hajmda foizlar, badallar, boshqa
to‘lovlarni undirish yoki ta’minotni kam qabul qilish;
kreditni qaytarish muddatini etarli asoslarsiz o‘zgartirish;
o‘z tabiatiga, maqsadiga va yo‘l qo‘yiladigan riskga ko‘ra bank daxldor bo‘lmagan
mijozlar bilan tuzmaydigan bitimlarni tuzish.
Tijorat banklari tomonidan ularning faoliyatining dastlabki ikki yili mobaynida
daxldor shaxslarga kredit berish ta’qiqlanadi.
Bunda: KS - bitta daxldor shaxsga berilgan kredit miqdori.
AK - aksioner kapital.
Bankning har bir daxldor shaxsga beradigan kredit umumiy summasi bank
sarmoyasining 20 foizidan oshmasligi belgilangan, ya’ni:
Bunda: SKS - daxldor shaxslarga berilgan jami kreditlarning jami miqdori.
AK - aksioner kapital.
Bank barcha daxldor shaxslarga beradigan kreditlar umumiy summasi bank nizom
fondining 100 foizidan oshmasligi lozim.
Bizningg nazarimizda, tijorat banklari yuqorida sanab o‘tilgan iqtisodiy
me’yorlarning belgilangan miqdoriga har doim amal qilib borishni ta’minlashlari uchun
quyidagi sohalarda samarali ishni tashkil etishlari lozim bo‘ladi, ya’ni bular jumlasiga
quyidagilar kiradi:
Bank portfeli;
Bank portfeli bilan bog‘liq risk;
153
Bank balansi likvidligi;
O‘z sarmoyasi adekvat ta’minlanishi;
Zararlar o‘rnini qoplash zahirasini vujudga keltirish.
Iqtisodiy me’yorlarning belgilangan miqdorlariga amal qilmagan banklarga nisbatan
Markaziy bank tomonidan jarimalar solish va boshqa tegishli iqtisodiy jazo choralari
ko‘rib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |