80
5- Mavzu:Operatsion risk va uni boshqarish usullari
Bazel II talablari kapitalni banklar faoliyatida yuzaga keladigan
risklar turlarining
kengaytirilgan shkalasi bo‘yicha hisob-kitob qilishni taklif etadi. Ya’ni Bazel qo‘mitasi
taklif qilingan risk turlarini uchta yirik toifaga ajratdi: kredit riski, bozor riski va
operatsion riskga. Bundan tashqari nazorat funksiyalari risklarni tijorat banklari
tomonidan ichki
uslub asosida nazorat qilish, ma’lumotlarning shaffofligi va bozor
intizomi nuqtai nazaridan o‘zgartirildi.
Bazel qo‘mitasi tijorat banklari faoliyatida yuzaga keladigan
kredit risklarini
qarzdor yoki kontragent tomonidan o‘z majburiyatlarini kelishilgan
shartlarga muvofiq
bajara olmaslik extimoli deb baxolaydi. Majburiyatlarni bajara olish qobiliyati
qarzdorning moliyaviy xolatiga bog‘liq. Mijozning kredit qobiliyatini va kelajakda kredit
bo‘yicha foiz to‘lovlarini amalga oshirish qobiliyatini baxolash uchun bank mijozning
axvoli, xususan oylik pul oqimlari (daromad va xarajatlari) to‘g‘risida axborotlarini olish
imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim.
Shuni hisobga olgan holda, banklarda kredit risklari bo‘yicha aniq ma’lumotlarning
etarli emasligi bank aktivlari sifatini baholashda qiyinchilik tug‘diradi, bu esa kutiladigan
zararlarga qarshi zaxiralarni shakllantirish uchun qo‘shimcha mablag‘larga
ehtiyoj
uyg‘otadi. Bank kapitali esa ko‘zda tutilmagan zararlar uchun himoya vazifasini o‘taydi.
Bazel qo‘mitasi
bozor riskini bozor baholarining tebranishiga asoslangan bank
balansi va balansdan tashqari moddalari bo‘yicha yo‘qotish riski deb ta’riflaydi.
Bazel qo‘mitasi
operatsion riskni ichki jarayonlar va tizimilarning nomuvofiqligi,
xodimlarning mas’uliyatsizligi yoki boshqa tashqi omillar hisobiga yuzaga keladigan
havf-xatar deb baxolaydi. Mazkur tushuncha bank va
uning xodimlari tomonidan
qonunchilikka, ahloqiy me’yorlarga, shartnoma majburiyatlariga rioya etmaslik hamda
sud jarayonining ko‘zg‘atilishi tufayli yuzaga keladigan huquqiy riskni ham ko‘zda
tutadi. Operatsion risk turlariga quyidagilardan iborat:
81
Ichki bo‘hton va firibgarlik, ya’ni dillerlar tomonidan bank holati buyicha
noto‘g‘ri ma’lumotlarning
berilishi, xodimlar tomonidan amalga oshirilgan o‘g‘irliklar,
xodimlarga berilgan pora evaziga kredit hujjatlarini sohtalashtirish va boshqalar;
Tashqi bo‘xton va firibgarlik, ya’ni xujjatlarni o‘g‘irlash va soxtalashtirish,
kompyuter aloqalariga ruxsatsiz kirish, kredit olish uchun noto‘g‘ri ma’lumotlar
taqdim
etish;
Mijozlar, xizmatlar va biznes yuritish standartlariga oid ma’lumotlardan
ruxsatsiz foydalanish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va
xisobvaraqlardan foydalangan holda firibgarlik;
Moddiy aktivlarga zarar etkazish, ya’ni qo‘poruvchilik,
terrorizm, er
qimirlashi va boshqa tabiiy ofatlar;
Ishdagi, axborot va aloka tizimidagi xatolik va uzilishlar, ya’ni texnikaning
ishlamay qolishi, telekommunikatsiya muammolari va dasturdagi uzilishlar;
Xujjatlarni rasmiylashtirish, operatsiyalar o‘tkazish va jarayonlarni
boshqarish, ya’ni ma’lumotlarni kiritishdagi hatoliklar,
xuquqiy xujjatlarning
etishmasligi, kredit ta’minotiga tegishli hatoliklar va boshqalar.
Operatsion risklar bilan ishlash usullari va darajasi turli banklarda risk darajasi va
turi, bank operatsiyalarining hajmi va turiga bog‘liq ravishda turlicha bo‘ladi. Ammo
Bazel-II talablarida kapitalga nisbatan talabni aniqlashda operatsion risklarni
o‘lchashning 3 ta usuli: baza ko‘rsatkichlari asosida yondashuv,
standartlashgan
yondashuv, rivojlantirilgan yondashuvni keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: