Korxonada buxgalterya hisobini tashkil etish asoslari



Download 94,5 Kb.
Sana17.07.2022
Hajmi94,5 Kb.
#812670
Bog'liq
Ўзбекистон Республикасида бухгалтерия ҳисоби ислоҳотига кадар мавжуд булган бухгалтерия ҳисоби тизими маъмурий буйрукбозликка асосланади


Korxonada buxgalterya hisobini tashkil etish asoslari
O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi islohotiga kadar mavjud bulgan buxgalteriya hisobi tizimi ma’muriy buyrukbozlikka asoslanadi. U ijtimoiy mulkchilik hamda iqtisodiyotning markazlashgan davlat boshqaruvi talabi bilan aniqlanar edi. Respublikamizda utkazilgan isloxotning maqsadi buxgalteriya xisobi tizimini bozor iqtisodiyoti talablari va moliyaviy hisobotning xalkaro andozalariga muvofiqlashtirishdir. Buxgalteriya xisobi isloxoti quyidagi eng muxim xuquqiy, me’yoriy xujjatlarning ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi bilan namoyon bo’ldi:
O’zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya xisobi to’g’risida”gi Qonuni;
O’zbekiston Respublikasi “Auditorlik faoliyati xaqida”gi Qonuni;
“O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya xisobi va xisoboti to’g’risida”gi Nizom;
“Maxsulot (ish va xizmatlar) tannarxiga kiritiladigan ishlab chikarish va sotish xarajatlari tarkibi xamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to’g’risida”gi yo’rqnoma;
Buxgalteriya xisobi milliy standartlari.
Bu hujjatlar O’zbekiston Respublikasi xududidagi xo’jalik yurituvchi barcha sub’ektlar uchun xisob siyosati me’yorlarini xuquqiy jixatdan ta’minlashga xizmat qiladi. O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonuni bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya xisobining maqsad va vazifalarini aniq belgilab bergan. Ushbu Qonunga muvofiq, buxgalteriya xisobining maqsadi foydalanuvchilarni o’z vaktida to’liq va aniq moliyaviy hamda boshqa buxgalteriya axboroti bilan ta’minlashdir. Buxgalteriya xisobi vazifalari esaaaaquyidagilardan:
- buxgalteriya xisobi xisob varaqalarida aktivlarning xolati va xarakati, mulkiy xuquqlar va majburiyatlarning xolati to’g’risidagi to’likq xamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;
- samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya xisobi ma’lumotlarini umumlashtirish; -
- moliyaviy, soliqqa doir va boshka ishonchli xisobotlarni tuzishdan iboratdir. Bu ma’lumotlar yuqorida aytib o’tganimizdek, ikki gurux axborotdan foydalanuvchilar uchun gayyorlanadi. Buxgalteriya xisobi axborotdan foydalanuvchilar ehtiyojiga mos ravishda ikkiga; moliyaviy va boshqaruv xisobiga bo’linadi.
- Moliyaviy xisob korxona xo’jalik-moliyaviy faoliyati bo’yicha ma’lumotlarni qayta ishlab, tashqi foydalanuvchilarga moliyaviy xisobot ko’rinishida takdim etadi.
- Boshkaruv xisobi maxsulot ishlab chikarish, sotish xarajatlari, moliyaviy natijalar xaqidagi ma’lumotlarni yig’adi va kayta ishlaydi. Bu jixatdan buxgalteriya xisobining asosiy vazifalari “O’zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya xisobi va xisoboti to’g’risida”gi Nizomda quyidagicha belgilab qo’yilgan:
- tezkor raxbarlik kilish va boshkaruvni amalga oshirish uchun, shuningdek, investorlar, maxsulot yetkazib beruvchilar, xaridorlar, kreditorlar, soliq, moliya va bank organlari xamda boshka manfaatdor tashkilotlar va shaxslar foydalanishlari uchun zarur bo’ladigan korxona, muassasaning xo’jalik yuritish jarayonlari va faoliyatining natijalari to’g’risidagi to’liq va ishonchli axborotni shakllantirish;
- mol-mulkning mavjudligi va xarakati, moddiy, mexnat va moliyaviy resurslardan tasdiqlangan normalar, normativlar va smetalarga muvofiq foydalanish ustidan nazoratni ta’minlash;
-xo’jalik-moliya faoliyatidagi salbiy holatlarning o’z vaktida oldini olish, ichki xo’jalik imkoniyatlarini o’z vaktida aniqlash va safarbar qilish. Bunday vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishi uchun buxgalteriya xisobi oldiga qator talablar qo’yiladi. Hisob maьlumotlarining aniqligi va to’filigi. Bunda korxonalarning xo’jalik jarayonida sodir bo’lgan xo’jalik muomalalari qanday bo’lsa shunday aks ettiriladi. Hisob maьlumotlarining to’g’ri ko’rsatilishi konun bilan muxofaza qilinadi. Xisob maьlumotlarining to’laligi va o’z vaqtida bajarilishi. Hisob xujalik jarayonining hamma tomonini egallamog’i, u to’g’rida to’la tavsifnoma bermog’i zarur. Sodir bo’lgan xo’jalik muomalalari to’g’risidagi ma’lumotlar qat’iy belgilangan mudtsatda berilmog’i kerak. O’z vaqtida va to’la olib borilgan hisob yordamidagina korxonaning xo’jalik faoliyatiga to’fi rahbarlik qilish, xo’jalik jarayonini mukammal o’rganish, sodir bo’lgan kamchiliklarni o’z vaqtida aniqlash, xo’jalikning ichki rezervlarini axtarib topish imkoniyatlariga ega bo’lish mumkin. Ana shundagina hisobning ta’sirchanlik roli oshadi. Xisobning ravshan va xammabopligi. Xisobning ravshan va hammabopligi faqat xisob xodimlarigagina tushunarli bo’lib qolmay, balki barcha uchun tushunarli bo’lish imkonini beradi. Buning uchun esa, xisob ko’rsatkichlari sodda va tushunarli bo’lishi, korxona xo’jalik faoliyatining muhim tomonlarini aniq xarakterlaydigan bo’lmog’i kerak. Ravshan va xammabop tarzda olib borilgan hisob korxonani ta’sis etuvchi va qatnashuvchilarni ishlab chiqarishni boshqarishga keng jalb qiladi. Xozirgi paytda mamlakatimizda xisob ishlarini rivojlantirishga qaratilgan bir qancha tadbirlar amalga oshirilmokda. Bu tadbirlar, avvalo, xisob ishlarini qisqartirish, sodtsalashtirish, xujjatlarning rekvizitlarini kamaytirishga xamda xisobni 'xalqaro standartlar darajasiga yetkazishga qaratilgan ishlardir. Bundan tashqari xisobning ravshan va xammabop tarzda olib borilishini ta’minlash uchun xisob ishlari yuqori malakali, faol va ijodiy tashabbuskor xodimlar qo’liga topshirilishi zarur. Xisobning rejali bo’lishi va arzonligi. Hisobni rejali olib borish va uni arzonlashtirishga xisob apparatini qisqartirish, xisob ishlarini to’la mashinalashtirish, zamonaviy xisob shakllarini va buxgalterning avtomatlashtirilgan ish joylarini keng qo’llash, boshlangich xujjatlarni mukammalashtirish va xisobni markazlashgan xolda tashkil kilish bilan erishiladi. Mana shunday tadbirlar amalga oshirilgandagina xisobot xodimlarining soni kamaytirilishi va mexnat unumdorligi oshirilishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to’fisida”gi “Qonunning kabul kilinishi xozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya xisobining mazmunini yanada oshiradi. Bu qonunning 6-moddasida shunday deyilgan: Buxgalteriya xisobining asosiy qoidalari quyidagilardir: - buxgalteriya xisobini ikki yoqlama yozuv usulida yuritish; xo’jalik muomalalari, aktivlar va passivlarning pulda baholanishi; - aniqliq; hisoblash; - oldindan ko’ra bilish (extiyotkorlik); - mazmunning shakldan ustunligi; ko’rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi; moliyaviy hisobotning betarafligi; xisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi; - aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanishi. Buxgalteriya xisobini ikki yoklama yozuv usulida yuritish shuni biddiradiki, barcha xo’jalik operatsiyalari buxgalteriya xisobining hisob varaqalarida ikki marta - bir hisob varag’ida debet buyicha va ikkinchisida kredit buyicha bir xil summada aks ettiriladi. Demak, ikki yoklama yozuv usulidan foydalangan xolda vakillik hisob varaqalarini tuzish paytida, albatta, uning uchta tarkibiy qismi qatnashadi: xujalik operatsiyasining mazmuni (uning bayoni); debet qilinayotgan hisob varag’i; kredit qilinayotgan hisob varag’i. Bu usul nazorat qilishda katta ahamiyatga ega, chunki bitta xo’jalik operatsiyasining o’zy bir xil so’mmada ikki marta bitta xisob varag’ining debeti va ikkinchi xisob varag’ining krediti bo’yicha aks ettiriladi. Binobarin bu operatsiya bo’yicha so’mmalar bir-biridan fark qilgan takdirda yo’l qo’yilgan xato aniqlanadi va uni bartaraf etish uchun mas’ul shaxs belgilanadi. Buxgalteriya xisobining uzluksizligi qoidasi barcha xo’jalik operatsiyalari korxona faoliyatining butun davri mobaynida ular amalga oshirilgan sari ro’yxatga olib borilishi va ayni vaqtda tasdiqlangan qoidalar va me’yorlar asosida tegishli xisobot tuzilishini talab qiladi. Buxgalteriya xisobining muxim jixatlaridan biri aktivlar va majburiyatlarni baxolashdir. Ular ishlab chikarish tannarxi bo’yicha yoki sotiladigan sof narx bo’yicha baxolanishi kerak. SHuni eslatib o’tmoqchimizki, ishlab chikarish tannarxi mazkur aktivni ishlab chiqarish bilan bog’liq jami xarajatlardan iborat. Sotishning sof narxi esa uni sotish xarajatlarini chegirib tashlagandan keyingi kutilgan narxi tarzida belgilanadi. Oborotdan tashkari aktivlarni baxolash. Uzok muddat foydalaniladigan asosiy mablaglar va nomoddiy aktivlar ularning to’lik boshlang’ich kiymati bo’yicha xisobga olinishi kerak. Uzok muddat foydalaniladigan asosiy fondlar va nomoddiy aktivlar kiymatini xisobdan chikarish ularning kiymati to’liq koplanguncha yoki ob’ekt safdan chiqib ketgunga kadar bo’lgan amortizatsiya ajratmalari vositasi bilan amalga oshiriladi. Amortizatsiya ajratmalari ob’ekt foydalanishga topshirilgandan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab xisoblanadi. Keyinchalik sotib olish xukukl bilan uzok muddatga ijaraga olingan mulk kiymati (ijara shartnomasi bo’yicha foizlardan tashkari) ijaraga oluvchi tomonidan xar oyda teng mikdorda amortizatsiya ajratmalari yo’li bilan ijara muddati davomida uzil ad i. Nomoddiy aktivlar bo’yicha amortizatsiya me’yorlari aktivni sotib olishdagi xakikiy xarajatlarga va undan foydalanish muddatiga bog’likdir. Bu me’yorlarni korxona mustakil ravishda hisoblab chiqadi va tasdiqlaydi. Nomoddiy aktivdan samarali foydalanish muddatini belgilash imkoniyati bo’lmasa, amortizatsiya davri ko’pi bilan 5 yil muddatga ta’sis xujjatlarida belgilanadi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar (byudjet muassasalaridan tashkari) buxgalteriya xisobi standartlariga muvofiq amortizatsiya ajratmalarini ko’paytirish yo’li bilan asosiy mablaglarni j ad al amortizatsiya kilish huqukiga egadirlar. Davlat byudjetida bo’lgan tashkilotlar davlat organlari tomonidan belgilangan amortizatsiya me’yorlariga rioya kilishlari shart. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt amortizatsiya ajratmalarining tatbiq etiladigan usuliga doimo rioya kilish kerak, bu narsa uni o’zgartirish uchun asosli sabablar bo’lganidagina o’zgartirilishi mumkin. Amortizatsiyaning tatbiq etiladigan usuli xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliya hisobotiga ilovada aks ettiriladi. Oborot aktivlarini baholash. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt oborot aktivlarini baxolashni ikki bahoning eng pasti bo’yicha: balans tuzilayotgan sanadagi haqiqiy tannarxi bo’yicha (sotib olish narxi yoki ishlab chiqfish tannarxi) yoki bozor bahosi buyicha (sof sotish vdymati) amalga oshiriladi. Tafovut moliyaviy natijalar hisob varaqasida zarar sifatida aks ettiriladi. Moliyaviy qo’yilmalarni baholash. Xujalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy qo’yilmalari uning boshqa korxonalar aktsiyalari, obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog’ozlariga investitsiyalari, boshka korxonalarning ustav sarmoyalariga kuyilmalari, shuningdek, boshqa korxonalarga bergan qarzlaridir. Moliyaviy qo’yilmalar buxgalteriya xisobi standartlariga muvofiq xisobga olinadi. Qisqa muddatli investitsiyalar va qimmatli qog’ozlar xisobot davrining oxiridagi tannarx yoki bozor narxida baxolanishi kerak. Bozor narxi sotib olingan narxdan past bo’lsa, tafovut foydalar va zararlar varag’ida zarar sifatida aks ettiriladi. Bunda qimmatli kogozlarning o’zi bozor narxida xisobga olinishi lozim. Haqi to’liq to’lanmagan aktsiyalar va paylar moliyaviy qo’yilmalar xisob varaqalarida investor divident olish xuquqiga ega bulgan va mazkur qo’yilmalar bo’yicha to’la mas’uliyatli bo’lgan hollarda to’la qimmati bo’yicha aks ettiriladi. Boshqa xollarda ularning haqi to’liq to’lab bo’linganidan keyin hisob varaqalarida aks ettiriladi. Hisobot buxgalteriya balanslarida kodirovkasi rasmiy ravishda e’lon qilinadigan aktsiyalar, obligatsiyalar, boshqa qimmatli qog’ozlarga qo’yilmalar, ular xisobga olingan paytdagi qiymatidan bozor kiymati past bo’lsa, bozor qiymatida aks ettiriladi, tafovut korxona xo’jalik faoliyatining natijalariga yozib qo’yiladi. Majburiyatlarni baxolash. Majburiyatlar taraflarning kelishuviga binoan xisob varag’ida, pulda aks ettiriladi. Sud qarori bo’yicha yuzaga kelgan majburiyatlar sudning qarorida ko’rsatilgan so’mmada aks ettiriladi. Potentsial majburiyatlar dastlabki xaqikiy baxosi bo’yicha qayd qilinadi. Hisobot davrining oxirida to’lanishi kerak bo’lgan foizlar aloxida aks ettiriladi. Da’vogarlik muddati o’tgan va talab qilib olinmagan majburiyatlar va boshqa kreditorlik karzi joriy xisobot davridagi foydalar xamda zararlar xisob varag’iga foyda sifatida ko’shiladi. Xaridorlarning debitorlik karzi nakladnoylarda yoki boshqa boshlang’ich xujjatlarda ko’rsatilgan kiymat bo’yicha kayd etiladi. Muddatida uzilmagan va tegishli garovlar bilan ta’minlanmagan debitorlik karzi shubxali karzlar zaxirasi xisob varag’iga kiritiladi. SHu so’mmaning o’zi muddat o’tganidan keyin foyda va zararlar xisob varag’ining debetida aks ettiriladi. Axborotning aniqligi buxgalteriya xisobini yuritish va dastlabki buxgalteriya xujjatlarini to’ldirishdan boshlab to buxgalteriya balansini va moliya xisobotining boshqa shakllarini tuzish va takdim etishgacha bo’lgan ishlarning asosiy koidasidir. Hisoblash qoidasi shuni taqozo etadiki, daromadlar, xatto pul mablaglari xam xaridor sotuvchining hisob varag’iga o’tkazmagan takdirda ham, tegishli maxsulot sotuvchi tomonidan xaridorga yuborilgan (xizmat ko’rsatilgan) xisobot davriga taalluqli bo’ladi. Xarajatlar xam korxona tomonidan kaysi xisobot davrida to’langanidan qat’iy nazar xarajat kilingan xisobot davrida aks ettiriladi. Demak, sotishdan olingan nakd pul maxsulot yuborilgan yoki xizmat ko’rsatilgan paytda belgilanadi. Ammo iktisodiy tarakkiyotning xozirgi boskichidagi muayyan xususiyatlarni xisobga olib, ushbu koidani tatbik etish usullari buxgalteriya xisobining tegishli standartlari bo’yicha batafsillashtirilishi mumkin. Oldindan ko’ra bilish (ehtiyotkorlik) yoki muloxaza bilan ish ko’rish qoidasi hisobotda aktivlar va foydaning oshirib baholanishiga va majburiyatlar bahosining pasaytirilishiga yo’l qo’ymaslikni taqozo etadi. Demak, korxonaga extimol tutilgan isrofgarchilik va zararlarni aks ettirish uchun eqtimol tutilgan foydalarni aks ettirishga Karaganda kamroq asos kerak buladi. Ushbu qoidaga amal kilib, tannarx yoki bozor narxi buyicha baholash qoidasiga rioya kilish kerak. Buning ma’nosi shuki, korxona uz aylanma mablag’larini ma’lum vaqt o’tgandan keyin ularni kayta baholab, bozor narxida aks ettirish va tafovutni joriy davr moliya natijalarida qayd kilishi kerak. Agar muayyan hisobot davrida korxonaning oborot aktivlari oshgan bo’lsa, korxona bu aktivlarini ana shu oshgan bozor narxida sotib bo’lgan takdirda o’z hujjatlariga hech kanday o’zgarishlar kiritmaydi. Bunday yondashuv buxgalteriya xisobida bozor vaziyatining o’zgaruvchanligini hamda korxona va uning mulkdorlari xujalik faoliyatidagi tavakkalchilikni aks ettirish imkonini beradi. Iqtisodiy mazmunning shakldan ustunligi. Bu koidaga binoan, korxonalar axborot hujjatlardagi va hisobotdagi operatsiyalarni va boshka iktisodiy hodisalarni yuridik shakligagina emas, balki iktisodiy mohiyatiga muvofiq ham takdim etishi kerak. Ko’rsatkichlarning kiyoslanuvchanlik koidasi, birinchidan, korxona faoliyati hakidagi ma’lumotlar boshka korxonalar faoliyati to’g’risidagi shunga o’xshash axborot bilan taqkoslanadigan bo’lishi, ikkinchidan, aniq korxonada kullaniladigan buxgalteriya xisobida izchillik saklanishi va bu bilan uning bir necha xisobot davridagi faoliyati xaqidagi ma’lumotlar kiyoslanishining ta’minlanishini talab qiladi. Bunday axborotlar foydalanuvchilarga bu narsa korxona moliyaviy axvolining rivojlanishi va samaradorligi tamoyilini aniqlashda yordam beradi. Foydalanuvchilar turli korxonalar moliyaviy xisobotlarini kiyoslash imkoniyatiga xam ega bo’lishlari kerak. Ayni vaqtda kiyoslanuvchanlikning zarurligi xisob-kitobning yagona standartlarini joriy etish yo’lida to’sik bo’lishi mumkin emas. Foydalanuvchilar korxonalarning moliyaviy axvolini muayyan vaqtdan keyin taqqoslashdan manfaatdor ekanliklarini inobatga olganda, moliyaviy hisobotda undan ilgarigi davrlar uchun tegishli axborotni ko’rsatilishi muximdir. Moliyaviy hisobotning betarafligi shuni bildiradiki, bu ma’lumotlar chetga chiqishlardan xoli bo’lishi lozim. Moliyaviy xisobot oldindan ko’zda tutilgan natijaga erishish uchun yechim kabul kilish yoki mulohazaga o’rin koldirsa, u betaraf bo’lmaydi. Betaraflik koidasi shuni xam bildiradiki, korxona tegishli davrdagi uz faoliyatining natijalari to’g’risida manfaatdor organlar oldida moliyaviy xisobot berib turadi. Hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqdigi. Bu qoida shuni bildiradiki, hisobda mazkur xisobot davrida daromad olish imkoniyatini yaratgan xarajatlargina aks ettiriladi. Agar xarajatlar va daromadlarning ayrim turlari o’rtacha bevosita munosabat o’rnatish qiyin bo’lsa, xarajatlar taqsimotning biror tizimiga muvofiq bir necha xisobot davri o’rtasida taqsimlanadi. Bu fikr, masalan, amortizatsiya xarajatlariga^taallukli bo’lib, u bir necha yilga bo’linadi. Kelgusi davrlardagi xarajatlar masalasi xam shu jumlaga kiradi. Ular tegishli daromad keltiradigan davrlardagi xisob-kitobda aks ettiriladi. Qoida hisoblab yozish koidasi bilan birgalikda amal kil^b, barcha daromadlar va ularni olish uchun kilingan xarajatlar bitta xisobot davrida xisobga olinadi. Masalan, sotishdan tushgan nakd pul 1999 yilda hisobga olingan bo’psa, sotilgan mahsulotning tannarxi 2000 yilda hisobga olinishi mumkin emas. Aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanishi qoidasi shuni taqozo qiladiki, aktivlar va majburiyatlarni baxolashning asosi ularning tannarxi yoki sotib olish qiymatidan iborat buladi. Mustaqillik yillarida buxgalteriya xisobining xolatiga nazar tashlar ekanmiz, amalga oshirilgan va oshirilishi belgilangan uslubiy va tashkiliy jixatdan katta o’zgarishlar sodir etilganligini sezish mumkin. Bu qisqa davrda buxgalteriya xisobi markazlashtirilgan rejali iqtisodiyotga asoslagngan xisob tizimidan bozor iqtisodiyotiga moslashgan uning taloablariga to’la javob beradigan xisob tizimiga aylandi. Buxgalteriya xisobini yangi tizimning shakllanishiga eng avvalo Respublikada olib borilayotgan iktisodiy munosabatlarni to’gri tashkil kilinganligi, dunyoning boshka davlatlari bilan uzaro manfaatlarni xalkaro talablar doirasida ekanligini aloxida ta’kidlab o’tish kerak. Respublikada buxgalteriya xisobini bozor munosabatlari talabi asosida tashkil kilish maqsadida “Buxgalteriya xisobi to’g’risida” Qonun kabul kilindi. Qonunning kabul kilinishi buxgalteriya xisobini yangi tizimini shakllantiruvchi kuchga aylandi, ikkinchidan Qonunda birinchi marta respublikamizda buxgalteriya xisobining uslubiy va konuniy asoslari yaratilishi bilan birgalikda korxona raxbarlari va mutaxassislariga 6 \\i ;l ggeriya xisobining uslubiy va tashkiliy muammolarini yechishda tegishli xuku k na imtiyozlar berdi. BXMSning № 1-sonli “Hisob siyosati va moliyaviy xisobot” andozasida xukuk va imtiyozlardan foydalanish tartibi kursatilgan. Buxgalteriya xisobidagi bunday o’zgarishlar moxiyati shundaki, unda davlat tomonidan o’rnatilgan buxgalteriya xisobini yuritishning umumiy me’yorlariga asoslangan xolda xar bir korxona belgilangan (ko’zlangan) maqsadga erishish uchun buxgalteriya xisobi bajarishi mumkin bulgan vazifalardan kelib chikkan xolda xisob tizimini ishlab chikadi. Korxonalarga bunday imtiyozlar berilishi Respublikamizda buxgalteriya xisobining xalkaro andozalarga o’tishi deb qarash mumkin. Respublikamizda iktisodiy isloxotlarni chukurlashtirish va bozor munosabatlariga o’tish jarayoni mustahkamlanmokda. O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tish turli mulk shaklini rivojlanishi bilan bog’lik bo’lishi va ayniksa kichik va o’rta biznesni shu jumladan xususiy korxonalarning ko’payishi bilan xarakterlidir. Prezidentimizning Oliy Majlis XIV sessiyasida ta’kidlaganidek, ularning ulushi milliy mahsulotda yaqin 2-3 yil ichida kamida 25%ga oshadi. Respublika ixtisodiyotini erkinlaiggirishda, oldiga qo’yilgan maqsadlarni amalga oshirishda bozor xo’jalik mexanizmi, uning muxim tarmog’i bo’lgan buxgalteriya xisobining axamiyati kattadir. Bozor munosabatlari sharoitida xalk xo’jaligini boshqarish va korxonalar faoliyatini nazorat kilishda, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini hisobkitob kilishda buxgalteriya xisobiga talab ortib bormokda.
Download 94,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish