О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov biologiya



Download 59,4 Kb.
Pdf ko'rish
bet163/184
Sana20.07.2022
Hajmi59,4 Kb.
#827716
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   184
Bog'liq
4 Odam va uning salomatligi 8-sinf 2019

а
83-rasm.
Yaqinni va uzoqni ko'rish: a -  me’yorda ko'rish, b yaqinni ko‘ rish va uni 
ko‘ zoynak taqib tuzatish, d -  uzoqni ko'rish va uni ko‘ zoynak taqib tuzatish
K o‘z kasalliklari qatoriga ko‘zning qorong‘ ida ko‘ rish qobiliyatining buzili­
shi - shabko'rlik ham kiradi. Shabko‘r odam kunduzi yaxshi ko'radi, lekin 
qorong‘ ilikda ko'rmaydi. Kasallik ko‘z to‘ r pardasi tayoqchasimon hujayralaridagi 
o‘zgarishlar yoki hujayralar tarkibidagi rodopsin (tug‘ma shabko‘ rlik), yoki ovqat 
tarkibida A vitaminining yetishmasligi yoki glaukoma, ko‘ rish nervi atrofiyasi va 
boshqa ko‘ z kasalliklari bilan bog‘liq bo‘ lishi mumkin. Keksalikda qon tomirlar 
sklerozi ta’sirida ko‘ z pardasining qon bilan ta’minlanishi buzilib, ko‘z xiralashib 
qoladi. Keksalikda sodir bo‘ ladigan o‘zgarishlar ko‘z gavharining xiralashuvi — 
kataraktasiga sabab bo‘ ladi.
K o‘z zararlanganida birinchi yordam ko‘rsatish. 
Ko‘zga xas-cho‘p, chang 
va boshqa narsalar tushib qolganida ko‘zni yuvish, qovoqlarni yuqoriga yoki 
pastga tortib, ularning ostidagi narsani toza ro‘molchaning uchi yoki hollangan 
toza paxta bilan olib tashlash lozim. Ko‘z qattiq jarohat olganida, uni yuvish yoki 
ko'zga tushgaii narsalarni chiqarishga urinmaslik kerak. Jarohatlangan ko‘zni toza 
bint bilan bog‘ lab, bemomi shifoxonaga yotqizish lozim.
Ko'rish gigiyenasi. 
Ko'rishning buzilmasligi uchun kam yoritilgan xonada 
o'qimaslik, ko'zni zo'riqtiradigan ishlar bilan ko‘ p shug‘ ullanmaslik kerak. Yozish, 
o‘qish, bichish va tikish kabi ishlarni bajarganda qog‘oz, kitob yoki narsalarni 
ko'zdan 40 cm narida tutish lozim Harakatlanayotgan transportda, ayniqsa, 
avtobusda o‘qish mumkin emas. Chunki harakatlanayotgan transportda kitobning 
doimo qimirlab turishi ko‘ zni toliqtirib, ko‘ rishning buzilishiga sabab bo‘ ladi.


Kitob o'qiyotganda yoki xat yozayotganda xonaning yoritilganligiga katta e’tibor 
berish kerak. Stolga yorug'Hk chap tomondan tushishi lozim. Ishxonada kunduzgi 
yorug'lik beruvchi lampalardan foydalanish zarur.
K o‘rish organizmda A vitamini yetishmasligi sababli ham buzilishi mumkin. 
Alkogol va chekish ko‘ zga salbiy ta’sir qiluvchi omillardan hisoblanadi. Tamaki 
tarkibidagi nikotin va boshqa moddalar ko'rish nervlariga zarar yetkazadi. 
Shamolda, iflos qo‘l, kir sochiq yoki boshqa sabablar tufayli ko‘zga mikroblar 
tushib qolganida yallig'lanish - konyunktivit paydo bo'ladi.
Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib ko‘ ring:
1. Atamalar va ularga mos tushunchalarni juftlab yozing: A - akkomodatsiya, В -
ko'rish o'tkirligi, D 
stereoskopik ko'rish, E 
kiprikli tana, F 
albinizm, H 
assotsiativ zona; 

Download 59,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish