3.
Tabiiy resurs turlarini geografik joylanish xususiyatlari
. Respublikamiz
hududining geologik tuzilishi anchagina murakkab bo‘lib unda turli geologik davrlarda paydo
bo‘lgan xilma-xil qazilma boyliklarining xo‘jalik ahamiyati kattadir.
O‘zbekistondagi qazilma boyliklardan kishilar qadim zamonlardan boshlab foydalanib
kelmoqdalar, ba’zi konlardan hatto miloddan oldin ham foydalanilgan.
O‘zbekistonda yer osti boyliklarini qidirishda rus olimlari bilan birgalikda akademiklar
Habib Abdullayev, Ibrohim Hamrobayev, Obid Akramxo‘jayev, G‘ani Mavlonov, Habib
To‘laganov va boshqalar faol qatnashdilar. Endilikda respublikamiz yer qa’ridan yuzdan ortiq
xildagi boyliklar topilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |