O. L. Muxamedov Kafedra mudiri



Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/155
Sana26.01.2022
Hajmi2,01 Mb.
#410876
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   155
Bog'liq
Мажмуа Iqtisodiy geografiya2021-22 (2)

Rudali  resurslar.
  O‘zbekiston  hududi  ayniqsa,  rangli  metall  rudalariga  boy.  Jumladan, 
O‘zbekiston  mis  rudasining  zahirasi  bo‘yicha  MDH  da  Rossiya  va  Qozog‘istondan  keyingi 
o‘rinda  turadi.  Mamlakat  miss  konlari  asosan  Qurama  tog‘  tizmasida  keng  tarqalgan.  Uning 
Olmaliq  atrofidan  Qalmoqqir,  Dalniy  va  Sarichek  konlari  eng  yiriklaridir.  Qo‘rg‘oshin-rux 
konlari  janubi-g‘arbiy    Husor  tog‘larida  joylashgan.  Qurama  tog‘idagi  Lashqaran  polimetall 
konidan  qadimda  kumush,  qo‘rg‘oshin  qazib  olingan.  Ular  endilikda  sanoat  asosida 
Qo‘rg‘oshinkon  konidan  olinadi.  Shimoliy  Nurota  tizmasi  yonbag‘irlarida  ma’dan  konlari, 
Xondiza (Surxondaryo)da yirik polimetall konlari topilgan. 
O‘zbekiston  oltin  zahirasiga  juda  boy.  Qimmatbaho  oltinning  bir  necha  endogen  va 
ekzogen konlari topilgan. Uning eng  yirik konlari  Markaziy Qizilqum (Muruntov va  Kakpatas) 
da  joylashgan.  Mamlakatimiz  qidirb  topilgan  oltin  zaxiralariga  ko‘ra  jahonda  to‘rtinchi,  uni 
qazib chiqarish hajmi bo‘yicha oldingi o‘nlikda turadi. Oltinning Muruntov va Kakpatas konlari 
tokembriy  va  quyi  paleozoy  jinslarida,  Olmaliq  guruh  konlari  ega  intruziyalarda  joylashgan. 
Oltin  Marjonbuloq,  Zarmitan,  Chodak,  Uchbuloq,  Qoraqo‘ton,  Kaundi  konlarida  katta 
zaxiralarga  ega.  Umuman,  mamlakatimiz  hududida  oltinning  30  dan  ortiq  konlari  topilgan  va 
ularning zaxirasi aniqlangan. 
O‘zbekistonda  kumush  konlari  ham  ko‘p.  Uning  asosiy  konlari  Qurama  tog‘larida 
joylashgan.  Navoiy  viloyatidagi  Visokovoltnoye  Ukjetpes  konlari  va  Namangan  viloyatidagi 
Oqtepa zaxiralari aniqlangan kumush konlaridir. 
Nodir  metallardan  volfuram  (Langar,  Qoratepa,  Quytosh,  Ingichka,  Yakton,  Chochtepa 
konlari),  molibden  (Hisor,  Qurama  va  Chotqol  tizmalarida)  ko‘p  uchraydi.  Qalayning 
mamlakatimizda  100  dan  ortiq  konlari  mavjud.  Shulardan  Qarnob  koni  1950  yillarda  ishga 
tushirilgan.  Vismut  rudalari  chotqol-Qurama  tog‘larida  topilgan.  Simob  va  Surma  tarkibiga 
rudalar respublikamizning Janubiy Farg‘ona qismida ko‘p uchraydi. U yerda simobning 110 dan, 
surmanning 10 dan ortiq konlari istiqboli hisoblanadi.  
Mamlakatimizda rudali resurlardan temir rudasining konlari ham topildi. Cho‘kindi jinsli 
temir  ruda  konlari  bur  va  uchlamchi  davr  yotqiziqlarida  joylashgan  bo‘lib,  bunday  konlar 
Orolbo‘yi  regionida,  Qiziqumda  va  Jizzax  viloyati  hududida  uchraydi.  1999  yilda  geologlar 
tomonidan  zaxirasi  qayta  aniqlangan.  Jizzax  viloyati  Forish  tumanidagi  temir  ruda  konining 
sanoat ahamiyati katta bo‘lib, uning tarkibida 60 foiz atrofida sof temir borligi aniqlangan. 
O‘zbekistonda  marganes  konlari  ham  bor.  Uning  Zarafshon  tog‘larida  Ziyoviddin, 
Devtosh,  Qizilbayroq,  Taxtaqoracha,  Teransoy,  Cho‘panota  konlaridan  zaxiralarining  tarkibi 
toza rudaga ancha boy (ruda tarkibida toza marganes 8 foizgacha).  
Mamlakatimizning  ayrim  hududlarida  sanoatning  qimmatbaho  xomashyo  bo‘lgan  o‘ran 
ham  bor.  Mamlakatimiz  bu  xom  ashyo  zaxirasi  va  qazib  chiqarish  bo‘yicha  ham  yetakchi 
davlatlardan hisoblanadi. 

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish