O. L. Muxamedov Kafedra mudiri


-MAVZU:  O‘ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  TABIIY  RESURSLAR  SALOHIYATI



Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/155
Sana26.01.2022
Hajmi2,01 Mb.
#410876
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   155
Bog'liq
Мажмуа Iqtisodiy geografiya2021-22 (2)

-MAVZU:  O‘ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  TABIIY  RESURSLAR  SALOHIYATI, 
ULARDAN OQILONA FOYDALANISH 
 
 
 
          Reja: 
 
1. O‘zbekistonning iqtisodiy-geografik o‘rni. 
2. Tabiiy resurslarni respublika xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. 
3. Tabiiy resurs turlarini geografik joylanish xususiyatlari. 
4. Tabiiy resurslarni iqtisodiy-geografik baholash va ulardan         foydalanish. 
5.Tabiiy resurslarni muhofaza qilish. 
 
1. O‘zbekistonning iqtisodiy-geografik o‘rni
.Har qanday hududiy birlikning iqtisodiy-
geografik  o‘rni  xususiyatlari  avvalo  uning  qayerda  joylashganligi  bilan  bog‘liqdir.  Ma’lumki, 
O‘zbekiston  materik  markazida,  dunyo  okeanlaridan  ancha  o‘zoqda  joylashgan.  Shu  sababli 
dengiz  tutash  hududlarga  xos  barcha  qulayliklardan  respublikamiz  mahrumdir.  Demak, 
O‘zbekistonning mavjud iqtisodiy-geografik o‘rnining barcha ijobiy va salbiy xususiyatlari ko‘p 
jihatdan  ana  shu  holatdan,  shuningdek  uni  qo‘shnichilik  xususiyatlaridan  (qanday  davlatlar, 
iqtisodiy  rayonlar,  dunyo  mamlakatlari  mintaqaviy  guruhlariga  tutush  yaqinligi,  ularning  bir-
birlariga iqtisodiy ta’sir etish imkoniyatlari) kelib chiqadi. 
O‘zbekiston  Yevrosiyo  materigining  qoq  markazida,  Markaziy  Osiyoning  markazida 
joylashgan.  U  shimol  va  shimoli-g‘arbda  Qozog‘iston,  sharq  va  shimoliy-sharqda  Qirg‘iziston, 
sharq  va  janubiy  sharqdan  Tojikiston,  g‘arb  va  janubi-g‘arbda  Turkmaniston,  janubda  esa 
Afg‘oniston bilan chegaralanadi.  
O‘zbekistonning  kenglik  bo‘yicha  shimoldagi  chekka  no‘qtasi  Ustyurt  platasi  (45

36
1
 
shimoliy  kenglik)da,  eng  janubiy  no‘qtasi  Termiz  shahri  yonida  (37
0
11

shimoliy  kenglik)da 
joylashgan. O‘zoqlik  bo‘yicha esa chekka  nuqtalari 56
0
 00
1
  dan  73
0
 10
1
  sharqiy o‘zoqlikgacha 
boradi.  Respublikamizning  448,9  ming  km
2
  ga  teng  bo‘lgan  maydoni  g‘arbdan  sharqqa  1400, 
                                                             
3
 Бу  ҳақда  Ш.Қурбоновнинг  “Кичик  ҳудудлар  ижтимоий-иқтисодий  географияси”  (Т.:  МУМТОZ 
SO’Z, 2013.) илмий монографиясидан тўлиқ маълумот олиш мумкин. 


shimoldan  janubga  esa  925  km  cho‘zilgan.  Maydoni  jihatidan  O‘zbekiston,  Avstriya,  Buyuk 
Britaniya,  Belgiya,  Daniya,  Shveysariya  mamlakatlari  maydonini  qushib  hisoblaganda  ham 
ulardan kattalik qiladi. 
Respublika  chegarasining  umumiy  uzunligi  6221  km.  ni  tashkil  etib,  undan  2203  km 
Qozog‘iston,  1021  km  Turkmaniston,  1061  km  Tojikiston,  1099  km  Qirg‘isiston,  137  km 
Afg‘onistonga    to‘g‘ri  keladi.  Odatda,  alohida  olingan  hudud  yoki  mamlakatlar  iqtisodiy 
gegorafik o‘rnini o‘rganish, tadqiq  va tahlil qilish orqali ularning  bugungi rivojlanishi  holatiga 
baho  berish  va  kelajagi  haqida  fikr  yuritish  mumkin.  Shu  jihatdan  O‘zbekiston  hududining 
kattaligi  va  yaxlitligi,  qardosh  (yalpi  qadim  Turon  zaminidagi)  davlatlarga  nisbatan  markazda 
ekanligi  va  mintaqaviy  cho‘zilganligi,  yer  usti  tuzilishining  bir-biriga  muvofiq  holatda  o‘rin 
almashishi  (tekislikning  adir  yassi  tog‘lik  va  baland  tog‘liklar  bilan  almashinishi)  hududda 
ijtimoiy taraqqiyot uchun kattagina imkoniyatlar yaratib bergan. 
O‘zbekiston hududining o‘rnini iqtisodiy geografik jihatdan uch pog‘onaga: mikro, mezo 
va makro darajaga bo‘lish mumkin.  
O‘zbekiston  hududining  mikro  darajadagi  holati,  uning  Markaziy  Osiyo  davlatlariga 
nisbatan  tutgan  o‘rnidir.  O‘zbekiston  qadim  Turon  zaminida  hamisha  salohiyati  katta  davlat 
bo‘lgan.  Bu  ko‘p  jihatdan  uning  geografik  markazligidan  kelib  chiqqan.  Yaqin  o‘tmish  (ya’ni 
sho‘rolar  hukmronligi  yillari)da  ham  o‘rta  Osiyodagi  respublikalar  bir-birlari  bilan  ijtimoiy 
taraqqiyotning  ko‘p  sohalarida  bog‘langanlar.  Markaziy  Osiyo  davlatlarida  bunyod  qilingan 
temir yo‘llar, avto magistrallar, quvurlar ham bir-birlariga bog‘langan. 
Umuman  olganda  har  bir  davlatning  “markaziyligi”,  siyosiy  hamda  iqtisodiy  geografik 
o‘rnining muhim ko‘rsatkichi uning qo‘shnichilik qiladigan mamlakatlar soni, ularning ijtimoiy-
siyosiy  hamda  iqtisodiy  rivojlanganlik  darajasi  bilan  belgilanadi.  Albatta,  O‘zbekiston 
Respublikasining  5ta  mustaqil  davlatlar  bilan  chegaradoshligi  uning  yirik  siyosiy  gegorafik 
mintaqa markazida o‘rnashganligini  ifodalaydi.   Bunday  holat  esa  kelajakda,  shubhasiz,  o‘z 
ijobiy  samarasini  beradi.    Bir  so‘z  bilan  ta’kidlaganda,  Markaziy  Osiyo  davlatlarining  asosiy 
ishlab chiqarish-iqtisodiy va madaniy aloqalari faqat O‘zbekiston orqali kechadi. 
O‘zbekistonning mezogegorafik o‘rni uning birmuncha kengroq miqyosda mavqiye bilan 
belgilanadi.  Bugungi  kunda  O‘zbekiston  jahon  hamjamiyatiga  kirib  borishida  Markaziy  Osiyo 
davlatlaridan tashqari Kavkaz orti davlatlarining, Turkiyaning, Eronning, Afg‘onistonning ulushi 
bor. Afg‘oniston orqali Pokiston (va so‘ngra Hind okeani) ga, Eron va Turkiya orqali Yevropaga 
chiqish ufqlari ochilmoqda. 
O‘zbekistonning  makrogeografik  o‘rni  jahondagi  davlatlar  bilan  olib  borayotgan 
aloqalarda  belgilanadi.  O‘zbekistonning  MDH  davlatlari  bilan  ko‘p  qirrali  aloqalari 
mamlakatimiz  taraqqiyotida    salmoqli  o‘rin  egallaydi.  O‘zbekiston  ushbu  makrodarajadagi 
aloqalarini  MDH  ning  aksariyat  davlatlari  bilan  rivojlantirmoqda.  O‘zbekistonning  tashqi 
iqtisodiy aloqasida Rossiyaning o‘rni katta. Yevrosiyoning Buyuk davlati Rossiya Federatsiyasi 
bilan muntazam aloqada bo‘lish O‘zbekistoning manfaatlriga mos keladi.  

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish