O. L. Muxamedov Kafedra mudiri



Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/155
Sana26.01.2022
Hajmi2,01 Mb.
#410876
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   155
Bog'liq
Мажмуа Iqtisodiy geografiya2021-22 (2)

geografik  vaziyat
  mintaqa  davlatlarining 
hamjihatlikda,  o‘zaro  manfaatdor  iqtisodiy  aloqalarni  rivojlantirishni  taqozo  etadi.  YAgona 
geosiyosiy  va  geoiqtisodiy  makonning  shakllanib  borishi  Markaziy  Osiyo  mintaqasining  jahon 
hamjamiyatida tutgan mavqeini yanada kuchaytiradi, uning ta’sirchanligini oshiradi. 
Davlatlarning yoki mintaqaning materik ichkarisida, o‘rtada, orolda yoki yarimorollarda, 
dengiz-okean  bo‘ylarida,  chekkada,  ikki  qit’a  oralig‘ida  joylashganligini  uning  iqtisodiy-
ijtimoiy,  siyosiy  rivojlanishiga  ta’sirini  dunyo  siyosiy  xaritasidan  foydalanib,  misollar 
yordamida izohlab bering. 
Mamlakat  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishida  uning  tashqi  qiyofasi,  chegara  chiziqlari  kabi 
xususiyatlari  ham  ma’lum  mazmunga  ega.  CHunonchi,  O‘zbekiston  Respublikasining  uzoq 
masofada  shimoli-g‘arbdan  janubi-sharqqa  cho‘zilganligi,  “enining”  torligi,  qisqa  masofada 
janubga  tutashganligini  turlicha  talqin  qilish  mumkin.  Respublikaning  bunday  geografik  shakli 
(geoqiyofasi)  bir  tomondan  uning  tranzit  xususiyatini  belgilab  bersa,  ikkinchi  tomondan, 
mamlakatni boshqarish, yagona ichki transport tizimi va transport xavfsizligi yoki mustaqilligini 
ta’minlash  hamda  iqtisodiy  integratsiya  va  aholiga  xizmat  ko‘rsatishda  birmuncha 
qiyinchiliklarga sabab bo‘ladi. 
Respublikamiz  davlat  chegara  chiziqlarining  ko‘rinishi  ham  har  xil:  agar  ular  shimol  va 
shimoli-g‘arbda  (ayniqsa  Navoiy,  Buxoro  viloyatlari  va  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  tashqi 
chegaralari)  oddiy,  ba’zan  to‘g‘ri  yoki  qandaydir  geometrik  shakllarni  aks  ettirsa,  Xorazm  va 
Farg‘ona  vodiysida  bu  chegara  chiziqlari  murakkab,  egri-bugri  ko‘rinishga  ega
1
.  Odatda, 
chegaralar oddiy bo‘lsa: 

 
o‘tmishda hududning kimnidir qaramog‘ida bo‘lganligi yoki koloniyasi ekanligini; 

 
hudud 
tabiiy 
xususiyatining 
noqulayligi, 
tabiiy 
resurslarining 
yaxshi 
o‘zlashtirilmaganligi va iqtisodiy salohiyatining uncha yuqori emasligini; 

 
bu  joyda  aholi  siyrak,  yirik  aholi  manzilgohlari  shakllanmaganligi,  milliy  tarkibning 
murakkab emasligini; 

 
daryo yoki orografik elementlarning yo‘qligi kabilarni bildiradi. 
SHu  bilan  birga  ta’kidlash  joizki,  aynan  shunday  mamlakatning  chiqish  yoki  kirish 
qismlarida (darvozalarida) kelajakda iqtisodiy hamkorlik imkoniyatlaridan foydalanish mumkin. 
CHegaralarning  ikki  muhim  xususiyati,  ya’ni  ularning  barer  (ajratuvchi,  uzoqlashtiruvchi) 
hamda  kontakt  (bog‘lovchi)  vazifalari  mavjud.  Qolaversa,  ba’zi  davlatlarda  aynan  chegara 
iqtisodiyoti va infratuzilmasiga jiddiy ahamiyat berilmoqda. 
Dunyo  siyosiy  xaritasiga  nazar  tashlang,  undan  oddiy  chegara  chiziqlariga  ega  bo‘lgan 
davlatlarni  toping  va  ularning  tarixiy,  iqtisodiy  va  geosiyosiy  rivojlanish  xususiyatlarini 
aniqlang. Ayni  vaqtda  bu  ma’muriy,  ko‘p  hollarda  sun’iy  ko‘rinishdagi  chegara  chiziqlarining 
geografik  yaxlit  (kompleks),  Gumboldtchasiga  fikrlash,  tabiiy  geografik  jarayonlarni  to‘liq 
tushunib olishga salbiy ta’sirini ham unutmang. 
O‘zbekiston Respublikasining asosiy qismidan deyarli “uzilib” qolgan tor masofada u bilan 
bog‘lanib  turadigan  anklav  yoki  batamom  uzilib  qolgan,  qo‘shni  davlat  ichkarisida  joylashib 
qolgan eksklav hududlari ham mavjud. Masalan, Farg‘ona vodiysi viloyatlari birmuncha anklav 
xususiyatga ega bo‘lgan bo‘lsa, Farg‘ona viloyatining So‘x tumani yoki SHohimardon maskani 
eksklav  holatda  joylashgan. Tabiiyki,  bunday geografik o‘ringa ega  bo‘lgan  hududlar  ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida ayrim muammolar yuzaga keladi. 
O‘zbekiston o‘zining maydoni yoki sof geografik salohiyati bo‘yicha dunyo mamlakatlari 
orasida o‘rtachadan yuqoriroq pog‘onani egallaydi. Er yuzasining har bir davlatiga o‘rtacha 5,5 
mln. kv.km. maydon va 26 mln. atrofida aholi soni to‘g‘ri keladi. Hududning ko‘lami bo‘yicha 
                                                             
1
 Чегаралар  ва  география;  география  қайси  бир  маънода  чегаралар  ҳақидаги  фандир.  Бевосита 
чегаралар  билан  эса  сиёсий  географиянинг  бир  йўналиши  ҳисобланган  лимология  фани 
шуғулланади.
 


mamlakatimiz  SHvetsiya,  Iroq  yoki  Marokashga  taxminan  teng,  demografik  salohiyati  nuqtai 
nazaridan  esa  u  Saudiya  Arabistoni,  Nepal,  Peru,  Venesuela,  Malayziya  kabi  davlatlar  qatorida 
turadi va jahon hamjamiyatida 41-o‘rinni egallaydi. 
Har  bir  mamlakatning  geosiyosiy  tuzilmasi,  butligi  uning  ichki  ma’muriy-hududiy 
qismlari,  mintaqaviy  boshqaruv  sub’ektlari  asosida  shakllanadi.  Respublika  ijtimoiy-iqtisodiy 
hayoti hududiy tashkil etish va boshqarish tizimi orqali amalga oshiriladi. Bunday tizim ierarxik 
(bosqichli) ko‘rinishda bo‘lib, u viloyat, tuman, viloyat va respublikaga bo‘ysinuvchi shaharlar, 
qishloq tumanlari, qishloq fuqarolar yig‘inlari va mahallalardan iborat. 
YUqoridagilar  orasida  eng  muhim  bo‘g‘in  viloyatlar  hisoblanadi  va  bunday  darajadaga 
mintaqalarda  xalq  xo‘jaligi  kompleks  rivojlantirishning  huquqiy  va  tashkiliy  imkoniyatlari 
mavjud.  SHu  bilan  birga,  viloyat  darajasidagi  hududiy  bo‘g‘inlarda  ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy 
muammolar  hal  etilsa,  quyi  bo‘g‘inlarga  borgan  sari  ijtimoiy,  ekologik  masalalar  mahalliy 
boshqaruv  organlari  faoliyatida  ustuvor  hisoblanadi.  Demak,  eng  yuqorida  siyosat,  eng  pastda 
esa kishilarning kundalik hayoti, ya’ni sof holdagi sotsial masalalar etakchilik qiladi.  
1-jadvalda keltirilgan ma’lumotlar bo‘yicha, respublikamiz viloyatlari va Qoraqalpog‘iston 
Respublikasida  jami  157  qishloq  tumanlari,  119  shahar,  1085  shaharcha,  1471  ta  qishloq 
fuqarolar yig‘inlari mavjud. Eng katta – Qo‘ng‘irot (maydoni 76,0 ming kv.km) va eng kichigi 
Buloqboshi  (0,18  ming  kv.km)  qishloq  tumanlari  o‘rtasidagi  nisbat  422  martaga  teng.  Bunday 
yuqori  ko‘rsatkich  ayni  vaqtda  mamlakatimizning  ichki  talofatlarga  boyligi,  uning 
“geografiyligi”
dan  dalolat  beradi.  Agar  Qo‘ng‘irot  tumaniga  Uchquduq  (46,6),  Tomdi  (42,5), 
Mo‘ynoq  (37,9)  va  Taxtako‘pir  (21,1  ming  kv.km)  tumanlarini  qo‘shib  hisoblasak,  u  holda 
mazkur  qishloq  tumanlari  mamlakat  hududining  deyarli  yarmini  tashkil  qiladi  (222,6  ming 
kv.km). 
1-jadval 

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish