C. Yaponiya
D. Vengriya
E. Marokash
Nazorat uchun savollar:
1.
Dunyo siyosiy xaritasi tushunchasiga izoh bering.
2.
Dunyo siyosiy xaritasi qanday shakllangan.
3.
Dunyo siyosiy xaritasi shakllanish bosqichlarini aniqlang.
4.
Jahon mamlakatlari davlat tizimini ta’riflang.
5.
Jahon mamlakatlari toifalarini aniqlang.
3-mavzu: DUNYO AHOLI GEOGRAFIYASI
Reja:
1.
Dunyo aholisining soni, zichligi va joylanish xususityalari.
2.
Aholining tabiiy o‘sishi va migratsiyasi.
3.
Aholining tarkibiy tuzilishi.
4.
Shahar va qishloq aholisi.
5.
Mehnat resurslari va ulardan foydalanish.
1. Dunyo aholisining soni, zichligi va joylanish xususityalari.
Aholi deganda, ma’lum
hududda (mamlakatda, mintaqada, jahonda) yashayotgan kishilar guruhiga aytiladi. U barcha
tarixiy davrlar mobaynida jamiyat taraqqiyotining asosi bo‘lib kelgan. Chunki u hamisha moddiy
boyliklarni ishlab chiqargan, o‘z iste’molida foydalangan va jamiyat taraqqiyotini amalga oshirib
kelgan.
1999 yilning oktyabr oyida jahon aholisi 6 mlrd. kishilik marrani xatlab o‘tdi. 2001 yil
o‘rtalarida uning umumiy soni 6137 mln. kishiga yetdi. Hozirgi vaqtda uning umumiy soni 6,5
mlrd. kishidan ortib ketdi. BMT va boshqa halqaro tashkilotlarning hisob - kitob va taxminlariga
ko‘ra, 2010 yilda aholi soni 7 mlrd. 176,6 mln. ga, 2025 yilda esa, 8 mlrd. 504,2 mln.ga yetadi.
Hisob-kitoblardan ma’lum bo‘ldiki, dunyoda har 230 kunda 1 ta
Turkiya aholisiga barobar
nufuz ortadi. Har soniyada 3, daqiqada 155, har soatda 10600, har kunda esa 245-620 chaqaloq
ro‘yxatga olinadi.
Aholi yer kurrasida nihoyatda notekis joylashgan. Aholi ko‘p to‘plangan uchta asosiy
arealni ajratib ko‘rsatish mumkin. Birinchi areal Janubiy, Janubi-Sharqiy va Sharqiy Osiyoni o‘z
ichiga oladi. Bu arealdagi mamlakatlarda o‘rtacha zichlik 1 km. kv 100
kishidan ortadi, ba’zi
joylarda esa, 1000-1500 kishiga yetadi va undan ham oshadi. Aholining bunday zichligiga bu
yerda kishilarning qadimdan yashash, ko‘p mehnat talab qiluvchi intensiv
obikor dehqonchilik
tipining tarixiy tarkib topganligi, shuningdek, aholining tabiiy ko‘payishi
xususiyatlari sabab
bo‘lgan.
Yer shari aholisining 70 % i quruqlikning 7 foizida mujassamlangan bo‘lsa, 15 % da
aholi umuman yashamaydi. Aholining asosiy qismi mu’tadil, subtropik va subekvatorial iqlim
mintaqalarida joylashgan, 50 % aholi dengiz sathidan 200 m gacha bo‘lgan hududlarda, 30 % i
dengiz sohillaridan 50 km. gacha o‘zoq hududlarda yashaydi.
Yer shari bo‘yicha
har km
2
ga o‘rtacha 40 kishi to‘g‘ri kelsada, ayrim mamlakatlarda
aholi zichligi juda yuqori (Bangladeshda har km
2
ga 800 kishi, Manokada 15,5 ming, Singapurda
4,5 ming kishi to‘g‘ri keladi). yer shari aholi eng zich yashaydigan hududlar quyidagilardir:
1. Janubiy Osiyo-Hindiston,
Bangladesh, Shri-Lanka, Pokiston (aholi soni 1,5 mlrd.ga
yaqinlashmoqda, zichligi 300-500 kishi har km
2
ga;)
2. Sharqiy Osiyo –Xitoy, Yaponiya, Koreya respublikasi, KXDR (Bu hududda 1,5 mlrd.
dan ortiq aholi yashaydi, zichligi har km
2
ga 200-300 kishi);
3. Janubi-Sharqiy Osiyo – Indoneziya, Filippin, Tayland, Malayziya va boshqalar (aholi
soni 0,5 mlrd. zichlik har km
2
ga o‘rtacha 300 kishi);
4. Yevropa (aholi soni 0,7 mlrd ga yaqin, zichlik har km
2
o‘rtacha 200 kishi).
5. Shimoliy Amerika Atlantika okeani sohillari, AQSH ning shimoli-sharqi.
Umuman, Dunyo aholisining 60 % i Osiyoda, 12% i Afrikada, 9,5 % i Yevropada, 8,5 %
i
Lotin Amerikasida, 5,5 % dan ortig‘i Shimoliy Amerika va MDH da 0,5 % Avstraliya va
Okeaniyada istiqomat qiladi.
Zichligi katta bo‘lgan ikkinchi areal Yevropada tarkib topgan. Bu yerlarda aholining
o‘rtacha zichligi 200 kishidan 400 kishigacha bo‘lgan bir qancha mamlakatlar bor. Asosiy sanoat
rayonlarida aholi zichligi har km. kv. da 500-1500 kishiga yetadi va undan ham ortadi. Uchinchi
areal AQSHning shimoliy-sharqiy qismidir. Bu hududda sanoat yuksak
rivojlanganligi hamda
mamlakatning asosiy rayoni ekanligi aholining zich joylashishiga sabab bo‘lgan. Shu bilan birga
quruqlik maydonining yarmiga yaqinida aholi zichligi 1 km
2
ga bir kishi hali to‘g‘ri kelmaydi.
O‘zlashtirish ayniqsa qiyin bo‘lgan doimiy sovuq Qutbda, baland tog‘li o‘lkalar, cho‘llar, issiq
va sernam ekvatorial o‘rmonlarda aholi nihoyatda kam. Shunday qilib, tabiiy sharoit aholining
joylashishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Quyidagi jadval orqali ham aholining balandliklar bo‘yicha
joylanish xususiylashtirini bilib olish mumkin.
Aholining joylashishiga tabiiy sharoit xususiyatlardan tashqari iqtisodiy va tarixiy
sharoitlar, aholini kelib o‘rnashgan vaqti, xo‘jalik tipii, tashqi
va ichki migratsiyaning
intensivligi va boshqalar hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: