Sugʻorma
dehqonchilik
Sugʻorma dehqonchilik, obikor deqqonchilik — qishloq xoʻjaligi. ekinlarini sugʻorib yetishtirish.
Choʻl, chala choʻl va qurgʻoqchil zonalarda, shuningdek, vegetatsiya davrining ayrim
bosqichlari nam bilan yetarli taʼminlanmagan hududlarda vujudga kelgan. Dehqonchiliknpng
eng intensiv turlaridan biri. Sugʻorma dehqonchilik ekinlardan eng yuqori va barqaror xrsil
yetishtirishni taʼminlaydi, lalmikor dehqonchilikka nisbatan 8—10 marta koʻproq hosil beradi.
Bunday sharoitlarda yerdan samarali foydalanish, takroriy va qoʻshimcha ekinlar ekish
mumkin.
Sugʻorma dehqonchilik neolit davridan beri maʼlum. Issiq va quruq oʻlkalarda, mas,
Mesopotamiya, Oʻrta Osiyo, Misrda har yili daryolar toshib suv bosadigan yerlarda
dehqonchilik madaniyatining dastlabki oʻchoklari paydo boʻldi (qarang
Liman usulida
sugʻorish
). Ekin suv qaytganidan keyin qolgan loyqaga ekilgan. Sugʻorma dehqonchilikning
ibtidoiy shakli — motiga (dastaki soʻqa) dehqonchiligi ana shunday vujudga kelgan. Yirik
sugʻorish kanallarini barpo etish quldorlik jamiyatida boshlanadi. Meksikada sugʻorishning
boshqa bir usuli — yerni suvga yaqinlashtirish qoʻllanilgan: oʻsimlik tuproq solingan maxsus
sol (chinampa)da oʻstirilgan.
Koʻpchilik mamlakatlarda sugʻoriladigan yerlar jami ekin maydonlarining 1 — 15% (AQSH,
Meksika, Italiya, Fransiya, Ruminiya, Polsha va boshqalar), bir kagor mamlakatlarda yarmi
yoki undan koʻprogʻini tashkil etadi (Afgʻoniston, VSR, Eron va boshqalar); ayrim
mamlakatlarda esa faqat sugʻorib (Misr, Saudiya Arabistoni, Ummon va boshqalar)
dehqonchilik qilinadi. Sugʻorma dehqonchilik (mln.ga; 1999) Hindiston (59), Xitoy (52,5),
AQSH (21,4), Rossiya (4,6), Oʻzbekiston (4,3), Ispaniya (3,6), Ukraina (2,5) mamlakatlarida
jadal rivojlanmoqda. Shuningdek, Sugʻorma dehqonchilik Buyuk Britaniya, GFR, Belgiya singari
namlik yetarli va hatto ortiqcha boʻlgan mamlakatlarda ham rivojlanmoqsa.
Sugʻorma sharoitlarda asosan don (sholi, bugʻdoy, makkajoʻxori, tariq, joʻxori, dukkakli don),
texnika ekinlari (gʻoʻza, kanop, zigʻir, shakarqamish va boshqalar), yem-xashak, sabzavot,
meva va rezavor mevalar oʻstiriladi.
Sugʻorma dehqonchilikni olib borish uchun sugʻorish sistemalari barpo qilinadi. Ekinlar tarkibi
qatʼiy ixtisoslashadi. Almashlab ekmshda yetakchi ekin koʻproq ekiladi. Sugʻoriladigan
ekinlarni parvarish qilish texnologiyasida ikdim va tuproq sharoitlari, ekinning xususiyati va
navi bilan bogʻliq boʻlgan suv berish muddatlari va normalarini toʻgʻri belgilash katta
ahamiyatga ega. Sugʻorma dehqonchilikda tuproqni ishlash; asosiy (kapital) va joriy
(ekspluatatsiyey) tekislash — sugʻoriladigan maydon boʻylab suvning ravon oqishini
taʼminlash uchun yer yuzasini tekislash; 30—35 sm chuq.da shudgorlash va yerga ekishdan
oldin ishlov berish (boronalash, chizellash va boshqalar); dalani takroriy ekish uchun
tayyorlash; butun vegetatsiya davomida ekin qator oralariga ishlov berish (chopiqtalab ekinlar
maydonlarida har bir sugʻorishdan keyin tuproqni yumshatish); muvaqqat sugʻorish
shoxobchalarini, oʻqariq va dahanalarni tekislash va boshqa ishlar bajariladi. Sugʻorma
dehqonchilik oʻgʻitlar samaradorligini oshirishga qulay sharoitlar yaratadi. Sugʻorishda
oʻgʻitlar tezroq oʻzlashtiriladi va ekinlar ulardan toʻlaroq foydalaniladi, Sugʻorma
dehqonchilikda mineral oʻgʻitlar solish miqdori koʻpaytiriladi (odatda 30—50% gacha).
Shuningdek, makkajoʻxori, kartoshka, sabzavotlar, meva daraxtlari maydonlariga goʻng (20—
40 t/ga) solinadi, koʻkat oʻgʻitpar hami qoʻllaniladi.
Oʻrta Osiyodagi sugʻoriladigan yerlarda, asosan, gʻalla, gʻoʻza va almashlab ekishda ularga
yoʻldosh ekinlar (beda, makkajoʻxori, yem-xashak ekinlari, joʻxori va boshqalar), shuningdek,
sabzavotpoliz ekinlari, meva daraxtlari, tok, sholi, qand lavlagi, tamaki va boshqa ekiladi.
Ermagov A.Q., Sugʻoriladigan dehqonchilik, T., 1983; Abdugʻaniyev A.A., Povoʻsheniye
ekonomicheskoy effektivnosti ispolzovaniya oroshayemoʻx zemel v Oʻzbekistane, T., 1983.
Sulton Xolnazarov.
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Adabiyot
Soʻnggi tahrir 3 oylar avval MalikxanBot tomonidan amalga oshirildi
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Sug%C
A%BBorma_dehqonchilik&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Sug orma_dehqonchilik&oldi
d=2264851
" dan olindi