O. L. Muxamedov Kafedra mudiri


Mamlakatlarni toifalarga ajratish



Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/108
Sana23.12.2022
Hajmi2,01 Mb.
#894593
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   108
Bog'liq
O. L. Muxamedov Kafedra mudiri

4. Mamlakatlarni toifalarga ajratish. 
Dunyoning hozirgi siyosiy xaritasida 230 ga 
yaqin mamlakat va hududlar bor: ularning asosiy ko‘pchiligi mustaqil davlatlardir. 
Mamlakatlar sonining bunchalik kattaligi ularni guruhlantirishni taqazo etadi.Bunda, 
birinchi navbatda, miqdoriy ko‘rsatkichlar mezon qilib olinadi, Mamlakatlarni hududini kattaligi 
va aholi soniga qarab guruhlantirish eng keng tarqalgan. Masalan, hududning kattaligiga ko‘ra 


dunyoda har birining maydoni 3 mln. kv. km. dan ortiq 7 ta eng katta mamlakat ajratiladi
ularning yalpi maydoni yer yuzidagi quruqlikning Ѕ qismidan ortig‘ini egallaydi. 
Masalan, aholisi soniga ko‘ra har biridagi aholi 100 mln. kishidan ortiq bo‘lgan 10 –ta 
eng katta mamlakat ajratiladi, bu mamlakatlardagi aholining yalpi soni yer yuzi aholisining 3/5 
qismiga to‘g‘ri keladi. 
Dunyo siyosiy xaritasida o‘rtacha va kichikroq mamlakatlar ko‘pchilikni tashkil etadi. 
Juda kichik davlatlar ham borki, ular «mitti» davlatlar deb ataladi. 
Mamlakatlar ko‘pincha geografik o‘rni xususiyatlariga qarab ham guruhlashtiriladi. Bu 
xususiyatiga ko‘ra dengiz bo‘yida, yarim orolda, orollarda joylashgan mamlakatlar, arxepelag – 
mamlakatlarga bo‘linadi. 
Hududi bevosita dengizga tutash bo‘lmagan mamlakatlar (ular jami 40 taga yaqin) 
alohida guruhni tashkil etadi. Bu mamlakatlarning quruqlik ichkarisida joylashganligi dengiz 
yo‘llari, dunyo okeani boyliklaridan bevosita foydalanishni qiyinlashtiriladi. Jahon mamlakatlari 
faqat maydonining katta – kichikligi va geografik o‘rnigagina emas, balki sotsial-iqtisodiy 
rivojlanish darajasiga ko‘ra ham bir-biridan farq qiladilar. 
Mamlakatlarni rivojlanish darajasiga ko‘ra 1) iqtisodiy rivojlangan va 2) rivojlanayotgan 
mamlakatlar toifasiga bo‘lish qabul qilingan. 
BMT iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarga Yevropa, Osiyo, Afrika, Shimoliy 
Amerika, Avstraliya va Okeaniyaning jami 60 ga yaqin mamlakatlarini kiritgan. Ularning 
iqtisodiy va sotsial rivojlanishining ancha yuqori ekanligi va aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi 
yalpi ichki mahsulotining ancha ko‘pligi bilan ajralib turadi. 
Bulardan birinchi guruhni AQSH, Yaponiya, GFR, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya va 
Kanadadan iborat «G‘arbning katta yettilik mamlakatlari» tashkil etadi. Bular G‘arb dunyosining 
yetakchi mamlakatlari bo‘lib, katta miqyosdagi iqtisodiy va siyosiy faoliyati bilan ajralib turadi. 
Maslan, «Yettilik» mamlakatlarida jahon yalpi milliy mahsulot va sanoat ishlab chiqarishning 50 
% dan ortig‘i, qishloq xo‘jaligi mahsulotining 25 % dan ko‘prog‘i to‘g‘ri keladi. Bu davlatlarda 
aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi ichki yalpi mahsulot (IYAM) 10 ming dollardan 20 ming 
dollargacha tashkil etadi. 
Rivojlangan mamlakatlarning ikkinchi kichik toifasiga kamroq rivojlangan mamlakatlar, 
birinchi galda Yevropa mamlakatlari kiradi. Bu mamlakatlar har birining siyosiy va iqtisodiy 
qudrati uncha katta bo‘lmasa ham, lekin umuman olganda ular jahon ishlarida katta, shu bilan 
birga tobora ortib borayotgan ahamiyat kasb etadi. Ularning ko‘pchiligida aholi jon boshiga 
to‘g‘ri keladigan ichki yalpi mahsulot «katta yettilik» mamlakatlaridagiga tengdir. 
SSSR parchalanishi natijasida 1991 yil oxirida barpo bo‘lgan Mustaqil Davlatlar 
Hamdustligiga (MDH) kirgan mamlaktlarni alohida toifaga kiritish mumkin. 
Qolgan barcha mamlakatlarni BMT rivojlanayotgan mamlakatlar toifasiga kiritiladi. 
Ular butun yer yuzi quruqlik maydonining Ѕ qismini egallaydi, aholisi esa dunyo aholi sonining 
yarmidan otig‘ini, Xitoyni qo‘shib hisoblaganda 70 % dan ko‘pini tashkil etadi. Rivojlanayotgan 
mamlakatlar dunyo siyosiy xaritasida Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi va Okeaniyada ekvatordan 
shimolda va ayniqsa janubda juda katta masofaga cho‘zilgan mintaqani egallaydi. Bu 
mamlakatlardan ayrimlari (Eron, Tayiland, Efiopiya, Misr, Lotin Amerikasi mamlakatlari va 
boshqalar) ikkinchi jahon urishidan ancha oldin mustaqillikka ega bo‘lgan. Ko‘pchiligi esa, 
mustaqillikka urushdan keyin erishdi. Urushdan keyin 100 ga yaqin mustaqil davlat vujudga 
keldi va ular ozodlikka erishgan mamlakatlar deb atala boshladi. 
Juda katta turfa qiyofaga ega «uchinchi dunyo» mamlakatlari ichki sharoiti jihatidan 
xilma-xildir. Ular bir qancha toifalarga ajratiladi. 
Bu mamlakatlarning birinchi toifasini tayanch mamlakatlari deb ataluvchi Hindiston, 
Braziliya va Meksika tashkil etadi. Bu mamlakatlar juda katta tabiiy, aholi va iqtisodiy 
imkoniyatlarga ega hamda rivojlanayotgan mamlakatlar orasida ko‘p jihatdan yetakchi 
mamlakatlardir. Masalan, qolgan hamma rivojlanayotgan mamlakatlar birgalikda qancha sanoat 
mahsuloti ishlab chiqarishsa, bu uchta mamlakat ham deyarli shuncha sanoat mahsuloti ishlab 
chiqaradi. Bu mamldakatlarda aholi jon boshiga ishlab chiqariladigan ichki yalpi mahsulot 


iqtisodiy rivojlangan mamlakatlardagidan ancha kam. Masalan, Xindistonda ichki yalpi mahsulot 
qiymati atiga 340 dollarni tashkil etadi.
Ikkinchi, nisbatan yaqinda paydo bo‘lgan davlatlar toifasiga yangi sanoatlashgan 
mamlakatlar deb ataluvchi ozgina mamlakatlar va hududlarni kiritish mumkin. Bu toifa 
mamlakatlarining tipik vakillariga Koreya Respublikasi, Tayvan, Gonkong, Singapur, 70-80 
yillardan rivojlanayotgan ko‘pchilik boshqa mamlakatlardan o‘zib ketishdi. 
Uncha katta bo‘lmagan uchinchi toifaga tashqariga neft chiqaruvchi (eks-port qiluvchchi) 
mamlakatlar – Saudiya Arabistoni, Quvayt, Katar, Birlashgan Arab Amirliklari, Liviya, Bruney 
kiradi. Bu mamlakatlarda neft sotishdan katta daromad kelganligidan aholi jon boshiga to‘g‘ri 
keluvchi ichki yalpi mahsulot 10-15 ming va undan ortiq dollarni tashkil etadi. 
To‘rtinchi, eng katta toifaga o‘z taroqqiyotida sezilarli darajada orqada qolayotgan o‘nlab 
mamlakatlar kiradi. Ularda feodalizm qoldiqlari saqlanib qolayotgan ko‘p tarmoqli ancha qaloq 
xo‘jalik ko‘pchilikni tashkil etadi. 
Birinchi toifaga BMT tasnifga ko‘ra eng kam rivojlangan 42 ta mamlakat kiradi 
(aholisining umumiy soni 400 mln. dan ortiq). Bu mamlakatlarda iste’molga oid xo‘jaligi ustun 
turadi. Ishlov beruvchi sanoat deyarli yo‘q. Aholining 2/3 qismi savodsiz. Aholi jon boshiga 
to‘g‘ri keluvchi ichki yalpi mahsulot atigi – 100-200 dollarni tashkil etadi. Bu toifaga Osiyodagi 
Bangladesh, Nepal, Afg‘oniston, Yaman, Afrikadagi Mali, Negir, Chad, Efiopiya, Samoli, Lotin 
Amerikasidagi Gaiti kiradi. 

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish