O. E. Xolmirzayev


Turli cholg„ular ishtirokidagi aralash ansambl



Download 377,55 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/22
Sana30.04.2022
Hajmi377,55 Kb.
#595456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
USLUBIY-QOLLANMA-OTAMUROD

3.Turli cholg„ular ishtirokidagi aralash ansambl 
Aralash ansambllar boshqa turdagi ansambllarga nisbatan keng tarqalgan bо„lib, 
turli cholg„ulardan tashkil topgan, ikki va undan ortiq cholg„uchilar ishtirokidagi 
jamoaga nisbatan aytiladi. Har tomonlama mukammal aralash ansambl tashkil 
etish uchun ansambl tarkibiga tembri va turi har xil bо„lgan cholg„ularni kiritish 
lozim bо„ladi. Bunda puflab chalinadigan cholg„ulardan nay, qо„shnay; mezrobli 
cholg„ular guruhidan qashqar rubobi, afg„on rubobi, tanbur; chertma cholg„ulardan 
dutor, urma jarangli cholg„ulardan chang, tirnama cholg„ulardan qonun; kamonli 


15 
cholg„ulardan g„ijjak, urma cholg„ulardan doira ishtirokidagi ansambl milliy 
ruhdagi ijroni har tomonlama ifodalay olish imkoniyatiga ega bо„ladi. Bunda eng 
asosiy e‟tibor cholg„ular tovushining bir-biriga uyg„unlashib qо„shilishi hamda bir-
birini tо„ldirishiga qaratilishi lozim.
6
4.An‟anaviy xalq cholg„u ansambli bilan mashg„ulotlar tashkil etish 
yuzasidan uslubiy kо„rsatmalar 
О„zbek xalq musiqa merosining shakllanishi va rivojlanish jarayonida ijrochilar 
faoliyatining bir qator о„ziga xos amaliyot tizimlarini о„tashi lozim bо„lgan amallar 
alohida e‟tiborga molikdir. Musiqa ijrochiligi о„zining kо„pvariantlilik xususiyati 
zaminida turli ijrochilar har bir sozandaning ustoz darajasidagi bilimi va amaliy 
talqini nihoyasida shaxsiy uslubi, ma‟lum uslubga mansub ijrochilik yо„lining 
avloddanavlodga о„tishi orqali ijro maktablari yuzaga kelgan. О„zbekiston 
Respublikasi mustaqillikka erishgandan sо„ng madaniy jabhalarda katta 
о„zgarishlar qatori milliy musiqaga, umuman, ajdodlarimiz qoldirgan madaniy 
merosga katta e‟tibor qaratilmoqda. Shu о„rinda о„quv yurtlari ansambl rahbarlari 
zimmasiga ham bir qator mas‟uliyatli vazifalar yuklatilgan. Shulardan biri Davlat 
ta‟lim standarti asosida mashg„ulotlarni tashkil etish, dars samaradorligini oshirish 
va puxta bilim berish. О„quv yurtlari ansambl rahbarlari har kuni respublikamiz 
madaniy hayotidan voqif bо„lmoqlari lozimligi bilan bir qatorda, magistrlarga 
bilim berishning о„ziga xos tomonlariga e‟tiborni kuchaytirmoqlari kerak. 
Ansambllarni tashkil etish va uni boshqarish uchun rahbar о„zbek xalq cholg„u 
asboblarining tarixi, ularning ijro imkoniyatlari, diapazoni, shtrixlari, ansambldagi 
vazifasi va о„rnini yaxshi bilishidan tashqari, xalq cholg„ularidan birortasini 
mukammal egallagan bо„lishi foydadan xoli bо„lmaydi. Rahbar ansambl a‟zolariga 
о„rgatadigan asarini xalq cholg„u asbobida chalib berishi maqsadga muvofiq 
bо„ladi. Mashg„ulot boshlashdan oldin cholg„ularning soziga e‟tibor qaratish 
lozim. Cholg„u asboblarini kamerton yoki nay cholg„usiga sozlash tavsiya etiladi. 
6
Э. Тошматов, Ў. Тошматов. Ансамбль синфи.Т.;СНР Абдурашидов С.Б. 2006 йил. 


16 
Har bir cholg„u о„z shakli va konstruksiyasiga ega, hamda ijro uslublari 
turlichadir. Ijrochining texnikasini shakllantirish asosida qо„l va barmoqlar 
harakati yotadi. Masalan, chang cholg„usida ijro texnikasini shakllantirishda 
barmoqlar tezkorligi ustida ishlashning keragi yо„q. Doira ijrochiligida esa, 
aksincha, qо„l harakatlari boshqa kо„rinishda bо„ladi. Mizrobli cholg„ular 
ijrochiligida chap qо„l barmoqlarining harakati gorizontal kо„rinishda, kamonli 
cholg„ular ijrochiligida esa vertikal kо„rinish kasb etadi. Har bir cholg„uning ijro 
imkoniyatlari, uning ijrodagi о„rni haqida ansambl a‟zolari tasavvurga ega 
bо„lishlari asar ijrosida katta samara beradi. 
Ansambl qatnashchilarining tо„g„ri joylashishini, о„tirishini, musiqa asbobini 
tо„g„ri ushlashini, chiroyli tovush hosil qilishini, shtrixlar, dinamik belgilarga 
e‟tibor qilishini kuzatish va о„z navbatida xatolarni tuzatib borish rahbarning 
asosiy vazifalaridan biridir. Rahbar jamoa qatnashchilarining ma‟naviy-ma‟rifiy, 
estetik tarbiyasiga katta e‟tibor berishi, odob - axloq qoidalari asosida о„z 
qobiliyatlarini takomillashtirib borishlarini kuzatib, ularga kо„maklashib bormog„i 
darkor. Qatnashchilarning umumiy sonidan qat‟i nazar, intizomning mustahkam 
bо„lishi uchun ba‟zi qatnashchilar mashg„ulotga kelmagan bо„lsa ham, jamoa о„z 
mashqlarini belgilangan vaqtda, boshlashi yaxshi samara beradi. 
Rahbar ansamblga о„rgatadigan asarini mukammal bilishi, uning yaratilish tarixi 
va boshqa kerakli ma‟lumotlar, jumladan, о„lchovi, usuli, dinamik belgilari, 
asarnig bastakori haqida tushuncha berishi maqsadga muvofiq bо„ladi. Bu 
ma‟lumotlar qatnashchilarga chalinayotgan asar haqida tasavvur hosil qilishiga 
yordam beradi. Shuningdek, rahbar ijrochilik mahoratiga aloqador vazifalarni aniq 
belgilab berib, uning bajarilishini qat‟iy talab qilishi lozim. Berilgan vazifalarning 
bajarilishini tо„g„ri talab qilish, ijodiy birlik, muvaffaqiyatli ijro garovidir. Rahbar 
ansambl qatnashchilari bilan muomala qilishda, albatta, о„z uslubini topishi kerak. 
Mashg„ulot vaqtida ijrochilardan birortasi adashib ketib notо„g„ri chalsa, 
ansamblni tо„xtatib qо„yib unga tanbeh berish noо„rin, balki ijro vaqtida ishora 
yoki sо„z bilan uning diqqatini jalb qilishi va qilgan xatosini yaxshi muomala bilan 
tushuntirishi lozim. Asarning yaxshi ijrosi har bir cholg„uchining kayfiyatiga ham 


17 
bog„liq bо„ladi. Ansambl ishtirokchilaridan birortasining kayfiyati yomon bо„lsa, 
qolgan ishtirokchilarga ham salbiy ta‟sir kо„rsatishi mumkin. Asar tanlashda ham 
rahbar ansambl ishtirokchilarining qobiliyatlarini inobatga olsa maqsadga muvofiq 
bо„ladi. Ma‟lumki, har bir cholg„uchi о„ziga xos, bir-biriga о„xshamaydigan 
musiqiy his-tuyg„ularga ega. Rahbar ana shu his-tuyg„ulardan ham foydalanishi 
mumkin. Asar haqida, asarning qaysi bо„lagi, taktida qochirim, bezak, nola 
ishlatish lozimligi tо„g„risida qatnashchilar fikrini bilib, yagona bir qarorga kelishi 
va ansambl qatnashchilariga bu qarorga kelish sabablarini tushuntira bilishi lozim. 
Mashg„ulot vaqti chegaralangandir. Uni tejamli va samarali о„tkazish uchun 
rahbar oldindan tayyorgarlik kо„rishi kerak. Yakka ish rejalarini tuzishi shart. Bu 
reja rahbar e‟tibor berishi lozim bо„lgan barcha ishlarni qamrab olishi lozim. Reja 
tuza turib, rahbar mashg„ulot jarayonining umumiy zanjirida qatnashchining tutgan 
о„rnini aniq kо„z oldiga keltirishi, uning maqsadi va boshqa mashg„ulotlar bilan 
о„zaro aloqasini aniqlashi shart. Mashg„ulotning mazmunini, uni tashkil qilish 
shaklini va о„tkazish uslubini aniqlashi kerak. Qatnashchilarga beriladigan musiqiy 
asarni о„zi о„rganishi, tegishli bо„lgan hamma ma‟lumotlar bilan tanishib chiqishi 
kerak. Shu vaqtning о„zida qatnashchilarga beriladigan uy vazifalarini oldindan 
rejalashtirishi kerak. Rahbarning badiiy ish faoliyati izlanuvchanlikni talab qiladi. 
Ana shu jarayonda rahbarning individual ish uslubi, uning mahorati shakllanadi. 
Mashg„ulot jarayonida rahbar turli uslublardan foydalansa maqsadga muvofiq 
bо„ladi. Og„zaki tushuntirish, asarni ijro etish, kuylash, dirijorlik qilish va hokazo. 
Asar о„rgatishda dirijorlik uslubidan foydalanish kо„proq samara beradi. Chunki 
mashg„ulot paytida rahbar chalinayotgan asarni bо„lmasdan, tо„xtatmasdan 
dirijyorlik qilish orqali ta‟sir qilishi mumkin. Yana katta ta‟sirga ega bо„lgan 
uslublardan biri, rahbarning ijrosidir. Bu uslub magistrning ijroni tushunishiga, 
bilishiga ketadigan vaqtini qisqartiradi. Ammo eng keng tarqalgan, soddagina 
ta‟sir kuchiga ega bо„lgan uslub–bu og„zaki, sо„z yoki kuylash bilan 
tushuntirishdir. Bu uslubni egallagan rahbar qatnashchiga eng qiyin, 
murakkab g„oya va tushunchalarni о„rgatishga erishadi. Sо„z yordamida rahbar 
badiiy asarning mazmunini, musiqiy ijrochilik san‟atining qonuniyatlarini


18 
ijrochilik apparatining qо„yilishini, texnik ijro uslublarini ochib berishi mumkin. 
Sо„z yordamida katta yutuqlarga erishish mumkin, albatta, uni bilib, meyorida 
ishlatilsa, lekin shu bilan birga, bu tushuntirishlar yordamchi xarakterga ega 
bо„lishi kerak. Shuningdek, ijrochining emotsionalligiga ham e‟tibor berish kerak. 
Mashg„ulot jarayonida rahbar emotsional kayfiyatga ham e‟tibor bersa, katta 
yutuqlarga erishish mumkin. Rahbar bor kuchini ansamblda ijodiy muhitni hosil 
qilishga qaratishi kerak. Katta ixlos, zavq beruvchi kuch bu konsert sahnasidir. 
Cholg„uchilar faqatgina mashg„ulot xonalarida emas, balki har xil turdagi 
konsertlar, tanlovlarda ishtirok etishlari lozim. О„z kasbiga qiziqish, muhabbat 
uyg„otish uchun rahbar mashhur musiqachilar, ularning san‟ati va hayoti haqida 
gapirib berishi lozim. Rahbar mashg„ulot olib borish etikasiga ham alohida e‟tibor 
qaratishi lozim. Mashg„ulotlar har doim muntazam olib borilishi, rahbar kechga 
qolmasligi shu bilan birga, qatnashchilardan ham mashg„ulotning о„z vaqtida 
boshlanishini talab qilishi kerak. Ansambl a‟zolariga baqirish, ularni haqoratlash, 
kamsitish aslo mumkin emas. Hamma qatnashchilarga bir xilda munosabatda 
bо„lish kerak. Rahbar ansambl a‟zolariga nisbatan yuqorida keltirilgan talablarga 
amal qilsa, kelajakda ijobiy natijalarga erishadi hamda katta hurmat va e‟tiborga 
sazovor bо„ladi. 
Ansamblning yaxshi sadolanishida cholg„ularning joylashishi ham muhim 
ahamiyat kasb etadi. Ansamblda cholg„ularni quyidagicha joylashtirishni tavsiya 
etamiz: doira, g„ijjak, nay, qо„shnay, qonun, chang, qashqar rubobi, afg„on rubobi, 
tanbur, dutor, ud. Ansambl sozandalarining bunday joylashuvi bir-birlarini eshitib 
ijro qilishlariga yordam beradi. 
Chalinayotgan asar tezroq о„zlashtirilishi uchun uni kichik-kichik bо„laklarga 
bо„lib 
о„rgatish va asarning ijrosini sozandalarga nota bilan birga 
gramplastinkalardan, magnit tasmalariga yozilgan variantlaridan eshittirilishi 
maqsadga muvofiq bо„ladi. Musiqa san‟atining nazariyasi hamda amaliyotiga oid 
bunday talablar о„z ildizlari bilan kо„hna madaniyatimizning uzoq tarixiy 
davrlariga borib taqaladi. Mazkur masalalar milliy cholg„u asboblarining tarixiga 
oid ma‟lumotlarni tahlil qilish orqali oydinlashishi mumkin. 


19 

Download 377,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish