Farazning ifodalanishidagi “qo’llaniladigan” iboralar va so’z birikmalari:
- «agar..., unda...», «chunki ...», «bo’lgani holda...»
Ular tadqiqotchining e’tiborini hodisaning mohiyatini ochish, sababli-oqibatli aloqalarni belgilashga qaratadi.
M A G I S T R L I K D I S S E R T A S I Y A S I
Magistrlik dissertatsiyasining tanlangan mualliflik annotatsiyasi bilan ishlashni davom ettiring va ushbu tadqiqot farazini ifodalashga harakat qiling. Tahlil tanqidiy nuqtai nazardan qaraladi va o‘rganilayotgan manbaga nisbatan yutuq hamda kamchiliklar baholanadi. Shular asosida ilmiy farazni ifodalab olish imkoniyati tug‘iladi.
Ishchi faraz-kuzatilgan omilning jarayonning yoki hodisaning ehtimoliy, bashoratli, faraziy rivoji keltirib chiqaradigan tadqiqotchi tomonidan asoslab aytilgan fikr, qarash.
Ilmiy farazni shakllantirishda mavjud bilimlar (tahlil qilingan) chegarasidan chiqadigan yangi mazmunli holatlar ifodalanadi.
Ehtimoliy faraziy holatlarda yangi g‘oyalar, qarashlar, ta’limotlar olg’a suriladi hamda ular asosida yangi ilmiy natijalar paydo bo’lishi rejalashtiriladi
Ilmiy faraz ilm-fanni rivojlantirishda va ilm-fan mazmunini o’rgatishda muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Ilmiy faraz dastlab ilmiy fikrga asoslangan bo‘lib, ichki his va sezgi bilan olg‘a suriladigan shaklda paydo bo‘ladi, chunki ilmiy dunyoqarash (tafakkur)siz fan-texnikada hech bir ilmiy g‘oya (fikr, ta’limot, qonuniyat)ni shakllantirib bo‘lmaydi. Ammo aniq bir hodisa jarayon yoki predmet, xullas manba to‘g‘risidagi taxmin yoki fikr ilmiy faraz bo‘la olmaydi. Faqatgina quyidagi-shartlarni qoniqtira oladigan taxminlar ilmiy faraz bo‘la olishi mumkin:
Tahlil natijasida shakllangan xulosa taxminlarning barchasiga teskari bo‘lmasligi kerak;
“ Shakllangan xulosa”ning ro‘y berish ehtimolligi asoslangan bo‘lishi kerak;
Shakllangan xulosaning nechog‘lik muammo yechimiga erishishiga ta’sir ko‘rsata olishgiga e’tibor qaratilib, unga muammo yechimiga yetgunga qadar suyana olishga imkoniyat yaratilgan bo‘lishi lozim;
Ishchi faraz tadqiqot manbaiga mos muammo yechimiga yerishishni ta’minlamog‘i lozim;
Ishchi faraz ilmiy tadqiqot ishining asosiy sharoitlarini, harakatlantiruvchi kuchini aniqlaydi. Ishchi faraz, ilmiy tadqiqot ishining rivoji va hech bo‘lmaganda shunga yaqin natijani qo‘lga kiritishni o‘z zimmasiga oladi. Ammo buni olg‘a surilgan faraz nazariy va amaliy asoslangandan keyingina olish mumkin, ya’ni ilmiy tadqiqot ishi jarayonida asoslangan, tasdiqlangan va rivojlangan ishchi faraz ilmiy nazariyaga o‘sib o‘tadi.
To‘liq ilmiy asoslangan, tahliliy ishchi faraz keyingi ishlarni rivojlantirishda muhim bosqich bo‘ladi, chunki har qanday ilmiy tadqiqot ishida nazariy va amaliy qism bo‘lib, ular tadqiqot manbaini tasdiqlaydigan aniq ko‘rsatkichlarga (omillarga, vositalarga, parametrlarga) ajratish imkonini beradi. Bulardan tashqari ishchi faraz ilmiy tadqiqot ishining asosiy poydevorlaridan biri bo‘lib, uning yordamida ilmiy tadqiqot ishini to‘g‘ri boshqara oladigan dastlabki analitik ishchi faraz shakllantiriladi va shu asosda muammo yechimi bo‘yicha ilmiy izlanishlar boshlab yuboriladi.
Ishchi faraz - kuzatilgan omilning, jarayonning yoki hodisaning ehtimoliy, bashoratli, faraziy rivoji keltirib chiqaradigan tadqiqotchi tomonidan asoslab aytilgan fikr, qarash. Ma’lumotlarni o‘rganish manbai va unga tegishli.
Ilmiy faraz — bu avvalo, ilmiy fikrga asoslangan bo‘lib, u ichki his va sezgi bilan olg‘a suriladigan shaklda paydo bo‘ladi, chunki ilmiy dunyoqarash (tafakkur)siz fan - texnikada hech bir ilmiy g‘oya (fikr, ta’limot, qarash, qonuniyat)ni shakllantirib bo‘lmaydi.
Ishchi faraz, ilmiy tadqiqot ishining rivoji va hech bo‘lmaganda shunga yaqin natijani qo‘lga kiritishni o‘z zimmasiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |