E’tibor ob’ekti
|
Olinadigan axborot
|
Tikish
|
Kitobning sarlavhasi va muallifi ismi, familiyasi
|
Titul varag’i
|
Кichiк sarlavha
Chiqqan yili, nechanchi chiqishi,to’g’rilangan, to’ldirilgan O’quv adabiyoti sifatida qo’yilganligi
Original kitob yoki tarjima
|
Chiqish
ma’lumotlari
|
Bosishga berilgan sana
|
Annotatsiya
|
Asosiy mazmun
|
Mundariuja
|
Bob va paragraf mazmuni.Ayrim bo’limlar hajmlari
|
Zamonaviy kitoblarda annotatsiya shartiy holda bo’ladi. 1965 yilgacha chiqqan kitoblarda bo’lmasligi mumkin. Bu maqolalarda muallifning yoki nashriyotining so’zboshisiga murojaat qilish lozim. Bu materiallar o’quvchiga kitob xarakteri haqida aniq, qisqa ma'lumot beradi. Shunda ham uni ko’rib chiqish kerak.
Agar har qanday material bilan tezgina tanishib chiqishda uning kerakligi aniqlansa uni yaxshilab o’qish kerak. Aniqlanganki, ilmiy-texnik matnning 70% idan kam bo’lmagani ortiqcha bo’ladi. Uni shunday o’qish kerakki, fikr uning ma'naviy qismiga yig’ilgan bo’lsin, uning tanqidiy tahlili quyidagi sxema bo’yicha bo’lsin.
Ilgarigi tadqiqot materiallarini shunday sxema bilan konspekt qilish kerak.
Uni keyinchalik quyidagicha tanqidiy tahlil qilinadi:
tadqiqot qilinayotgan yo’nalishda bilimning erishilgan darajasi belgilanadi.
Tanqidiy tahlil asoslangan va isbotlangan bo’lish lozim. Tanqid oldindan olingan bo’lmasligi kerak. Ilgari qilinganlarning hammasi yomon deyish to’g’ri emas, muallif taklif qilayotganlarni so’zsiz qabul qilish ham mumkin emas.
Fikrlar o’zgacha bo’la boshlaganda bu fikrlarning mosligini rangli korrelyatsiya usulida matematik analizga kelish lozim va shu kabilar.
Ishchi faraz-kuzatilgan faktorning, jarayonining yoki hodisasining ehtimoliy, faraziy rivoji keltirib chiqaradigan tadqiqotchi tomonidan asoslanib aytilgan taxmin.
Ilmiy farazga shu narsalar xarakterliki, unda ma'lum bilimlar chegarasidan chiqib ketadigan, yangi mazmunli holatlar ifodalanadi, ehtimollik xarakterli yangi g’oyalar olga suriladi, ularning asosda ilmiy natijalar izlanishi paydo bo’ladi. Ilm – fanni rivojlantirish sifatida ilmiy farazning mazmuni va baholiligi ana shundaydir.
Dastlab ilmiy fikr ichki his va sezgi bilan olg’a suriladigan shaklida paydo bo’ladi. Taxmin qilishda ilmiy fantaziya katta ahamiyat kashf etadi, fantaziyasiz, fikrlashsiz ilm-texnikada bironta ham yangi g’oya aytib bo’lmaydi.
Taxminni ilmniki qilish uchun uni ilmiy farazga aylantirish zarur, fantaziyani ilm o’rnatgan qat'iy ramkaga solish kerak. Demak aniq bir hodisa haqidagi har qanday ixtiyoriy taxmin ilmiy faraz bo’la olmaydi. Faqatgina shunday taxminlar faraz bo’la olishi mumkin, birinchidan shu soha aniqlangan ilmiy xulosa taxminlarining barchasiga teskari bo’lmasligi kerak va ikkinchidan aytilgan taxmin va mulohazalarning ehtimolligi asoslangan bo’lish kerak. Agar ilgari surilgan taxmin ilm bilan qattiq o’rnatilgan holatlarga teskari bo’lsa uni ilmiy faraz darajasiga ko’tarish mumkin emas.
Ishchi faraz tadqiqot qilinadigan hodisani rivojlantiruvchi asbobini, asosiy sharoitlarini, harakatlantiruvchi kuchini aniqlaydi; bu ishchi faraz talab qiladiganlarning minimumi.
Ishchi faraz, tadqiqot qilinayotgan hodisaning rivoji ehtimolini tushuntirish to’liq yoki shunga yaqin ehtimol beradi; bu ishchi faraz berishi mumkin bo’lganining maksimumi. Ammo buni olg’a surilgan farazni nazariy va amaliy asoslangandan keyingina olish mumkin, ya'ni tadqiqot jarayonida asoslangan, tasdiqlangan va rivojlangan ishchi faraz ilmiy nazariyaga o’sib utadi.
Aniq va yetarlicha to’lik ishlangan ishchi faraz keyingi ishlarni juda yengillashtiradi, chunki nazariy va amaliy tadqiqot usullariga o’lchanib o’rganilayotgan ob'yekt va hodisalarni xarakterlaydigan aniq parametrlarga qaratish imkonini beradi. Bundan tashqari to’g’ri boshqarilgan dastlabki analitik ishlangan faraz, ya'ni uning matematik ifodalanishi keyingi tajribaning asosiy xususiyatlarining detallarini to’liqroq va to’g’ri belgilaydi. Hamisha nazariy tajribadan oldin bo’lgani maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |