Muammoni yoyish. Ilmiy yoki ilmiy – texnikaviy muammoni bir karrali akt sifatida ko’rish mumkin emas. Muammoning yechimi ko’pincha uning yoyilishi bilan mos keladi, ya'ni qo’shimcha savollarining paydo bo’lishi va ifodalanishi bilan.Ular har qanday muammoning bog’lovchi, aniqlovchi tugunlovchi punkti bo’lgan markaziy masala atrofida guruhlanadi.
Qo’shimcha savollarni yechish tadqiqotchining qo’liga markaziy masalaga javob izlashda ma'lumotlar, faktlar beradi.
Qo’shimcha savollarni ma'lum darajada asosiy muammoning rejalariga (aspektlariga ) o’xshatish mumkin, ya'ni tadqiqot ob'yektini yangi aloqalar bilan o’rganish, yangi ob'yekt bilan yoki ob'yektni yangi sharoitda o’rganishga tenglash mumkin.
Ilmiy muammoning markaziy savoli-muammoning har xil (asperaktlari) jihatidan bog’langan o’ziga xos tugunidir. Ular ba'zi hollarda alohida tadqiqot mavzusi sifatida ham ko’rilishi mumkin. Alohida kichik muammo va mustaqil muammo ko’rinishida ham.
Qishloq xo’jalik mashinalarini energiya bilan ta'minlash qurilmalarini tashxislash muammosini yoyishni ko’ramiz. Bu muammo qo’qqisdan paydo bo’lgan emas, kattaroq ilmiy-texnikaviy muammodan o’sib chiqqan qishloq xo’jalik mashinasining ishlatish ishonarliligidan. Bu fundamental muammoning jihatlaridan biri. Qishloq xo’jalik texnikasiga texnik qarov berishga bo’lgan, buning tarkibiga qishloq xo’jalik texnikasining texnik holati nazorati va uning murakkab agregatlaridan bo’lgan dvigateli muammolari kirgan.
Nima uchun nazorat savoli butun boshli tashxislashga o’sib ko’tariladi? Bu savolga javob qiyinchilik tug’dirmaydi. Hamisha tez aniq va ayniqsa mashinani yoki uning qismlarini bo’laklashni talab qilmaydigan texnik holatini aniqlash va uni tiklash uchun aralashish zaruriyati va usuli mavjudligi va nazorat vositasi o’rtasida hamisha qarama-qarshilik ko’tariladi. Bu xizmat qiluvchi xodimlarning yuqori malakali bo’lishini talab qiladi.
Qishloq xo’jalik mashinalari parkining tez o’sish sharoitida agregatning uzelini to’liq yoki qismini bo’laklab nosozligi sababini aniqlash qimmat, kam unumli , hamisha mutaxassis yetishmasligiga olib keladi.
Bo’laklamasdan bilvosita tashxis quyish usuli va vositalarining ishlab chiqilishi tezda ko’pgina savollar tug’diradi, chunki bu simptomlarni texnik holati yomonlashgan dvigatelning va uning uzellarining ishlashi xususiyati xarakterlarini
bilmasligimiz aniq bo’lib qoladi. Tashxislashning texnikgina emas, balki tashkillashtirish iqtisodiy xarakterdagi muammoning qator jihatlari paydo bo’ladi, masalan tashxislashning tebranma akkustik usulida dvigatel aloqa kanali sifatida operatsiyalarni minimumlash va tashxislashni asboblar bilan jihozlash, texnik qarovda tashxislashning o’rni va boshqalar.
Keltirilganlardan ko’rinadiki, bir muammo boshqasiga o’sib o’tadi va bu muammolardan yangi va yangi savollar o’sib chiqayapti, asosiy muammoning jihatlari ko’payadi, bunda kattagina me’yorda uning yoyilishi yotadi.
Albatta tadqiqotchi ilgarigi va hozirgi davrda qilingan va qilinayotgan ishni bilmasdan takrorlamasligi uchun ularni aniq bilishi shart. U adabiyotlarni va boshqa ma'lumot manbalarini puxta o’rganish shart.