Pedagogik tadqiqotning tuzilishi
Xuddi har qanday mehnatdek, ilmiy tadqiqot mehnati ham o’ziga uch asosiy komponentni qamraydi. Ular insonning maqsadga muvofiq faoliyati, ya'ni xususan ilmiy mehnatining o’zi, ilmiy mehnat predmeti va ilmiy mehnat vositasi.
Insonning ilmiy faoliyati maqsadga muvofiqligi tekshirilayotgan ob'yekt (mehnat predmeti) haqida yangi yoki aniqlangan bilimga erishishda bilishning konkret usullari yig’indisiga tayanadi. Bunda mos keladigan ilmiy uskunalardan stendlar, o’lchov, hisoblash va boshqa asboblardan foydalaniladi.
Ilmiy mehnatning predmeti dastavval tadqiqotning bilish uchun inson faoliyati yo’natilgan ob'yektdir. Tadqiqot ob'yekti material dunyoning har qanday predmeti hodisasi, hodisalararo aloqalar bo’lishi mumkin. Tadqiqot predmetiga ob'yektdan tashqari bu ob'yekt haqidagi ilgarigi bilimlar ham kiradi. Ilmiy tadqiqot bir necha tiplarga bo’linadi.
Fundamental tadqiqot – bu yig’ilgan bilimlar sistemasini rivojlantirish va prinsipial yangi bilim olishdir. Maqsadi tabiatning yangi qonunlarini kashf qilish, hodisalararo aloqalarni ochish va yangi nazariyalar yaratish. Bunday tadqiqot konkret, xohlagan natijani olish ehtimoli 10% dan oshmaydiganligi nuqtai nazardan sezilarli darajada tavakkal (risk) va noaniqliklar bilan bog’liq. Shularga qaramasdan fundamental tadqiqot ilmning o’zining rivojlanishi hamda jamiyat ishlab chiqarishi asosini tashkil etadi.
Amaliy (tadbiqiy) tadqiqot natijalarida mavjud ishlab chiqarish vositalarini yoki iste'mol predmetlarini takomillash yoki yangisini yaratishga erishiladi. Amaliy tadqiqot, ayniqsa texnika sohasidagi fundamental tadqiqotda olingan bilimni moddiylashtirishga yo’naltirilgan. Texnika sohasida amaliy (tadbiqiy)
tadqiqot odatda tabiat bilan to’g’ridan to’g’ri ishi yo’q; ularda tadqiqot ob'yekti mashina, texnologiya yoki tashkiliy struktura, ya'ni «sun'iy» tabiat. Amaliy yo’naltirganlik va aniq maqsadligiga amaliy tadqiqotdan xohlagan maqsadni olishning ulkan ehtimolini beradi (80… 90% ko’proq).
Ishlanma – bu amaliy tadqiqot natijalarini, tajriba modellarini yaratishda va ishlatib ko’rish, ishlab chiqarish texnologiyasida hamda mavjud texnikani mukammalashda foydalaniladi. Ishlanma etaplarida natijalari ilmiy tadqiqot maxsulotlari shunday shakl oladiki, ularni jamiyat ishlab chiqarishining boshqa sohalarida ham foydalaniladi.
Ko’rilgan tasniflash shartligina bo’lib, bu uchalasining chegaralari harakatchandir, ammo ularni ilm-fan tabiiyligi birlashtiradi.
Funlamental tadqiqot bilan xo’jalik ishlab chiqarishining o’rtasida o’zaro bog’liq etaplar yotadi, ya'ni amaliy tadqiqot – ishlanma-loyiha-o’zlashtirishlar. Loyihalash va o’zlashtirish ayni vaqtda fan hamda texnika sohasiga kiradi. Bu amaliy ish, chunki u ijodiy faoliyatda ilgaridan ma'lum bo’lgan ko’nikma, qabul qilingan – standart va tajribaviy mahoratlargagina asoslanib qolmasdan, texnika, texnologiya yoki ishlab chiqarishni tashkillashtirish, sohalarida yangi ajib yechimlarni olish uchun hamdir.
Ilmiy tadqiqot- bu ob'yektiv borliqni, qonuniylikni va dunyo realligi hodisalari aloqalarini o’rganadigan jarayondir. Bilish odam ongining, odam fikrining ilmiy tadqiqot yordamida boshqariladigan, bilmasdan bilishiga yoki to’liqmas va aniq bo’lmagandan to’liqroq va aniqroq bilishga yo’naltirilgan murakkab harakat jarayoni.
Amaliy tadqiqotda olib boriladigan ilmiy tadqiqot, ayniqsa texnika sohasida qator etaplarni o’tadi. Bular ilmiy tadqiqotdagi strukturani tashkil qiladi va u quyidagilardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |