VA ULARNING ROLI.
Reja
Ilmiy dalillarning mantiqiy-gnesologik mohiyati
Pedagogik tadqiqotning tuzilishi
Tayanch so’zlar: Gnoseologiya, sotsiologik yondashuv,psixologik yondashuv, aksiologik yondashuv,ishlanma
Ilmiy dalillarning mantiqiy-genesologik mohiyati
Ilmiy dalillarning mantiqiy-genesologik mohiyatiни mantiqiy qurilishi ta’lim mazmunining gnoseologik xususiyatlariga bog‘liq.
Gnoseologiya (yunoncha – “gnosis” (“gnoseos”) – bilim, ong, o‘rganish, logiya – fan, ta’limot) bilish, ilmiy bilimlarning shakllanishi, xususiyatlari, qonuniyatlari, uslublari, ilmiy tafakkur shakllari, shuningdek, insonga xos bo‘lgan
borliqni anglash qobiliyati haqidagi nazariya, ta’limot
Muhammad al-Xorazmiy (IX asr) bilish nazariyasi rivojlanishiga katta hissasini qo‘shgan. U birinchi bo‘lib koinot ob’ektlarining harakatlari hamda yerdagi nuqtalarining joylashishini jadval ko‘rinishida aks ettirib, tajriba-kuzatish va tadqiqotlar metodlarini ilmiy jihatdan asoslab berdi, yagonalikning birligi tamoyili, alohida va umumiy, induksiya va deduksiyalarning mohiyatini aniqlashtirdi; matematik masalalarni yechishning algoritmik metodini ishlab chiqdi. Bu metoddan bugungi kunda ham foydalanib kelinmoqda.
Al-Kindiy (IX asr) ilmiy bilishning uch bosqichli konsepsiyasini ilgari suradi. Alloma insonning bilishini: sezgiga oid va ratsional bilish tarzida ikkiga ajratadi. Sezib bilishning predmeti va ob’ekti barcha jism va moddiy narsalar hisoblanadi. Kindiyning fikricha, sezib bilish aql uchun muhim materialni beradi.”Faqatgina aql tashqi dunyo haqida haqiqiy bilim va tushunchani ishlab chiqishga qodir”, - deb hisoblaydi Kindiy.
Abu Nasr Forobiy (X asr) Kindiy g‘oyalarining mohiyatini aniqlashtiradi. Biror narsani bilishga intilgan inson avvalo uning ma’lum holatini o‘rganadi, mavjud bilimlarini o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan bilimlarga yo‘naltiradi. Alloma fanlar klassifikatsiyasi, bilish faoliyatini tashkil etishga oid tavsiyalarni ishlab chiqadi. “Yaxshi nazariyotchi bo‘lish uchun deydi, - Abu Nasr Forobiy, - qaysi fan bilan shug‘ullanishidan qat’iy nazar quyidagi uchta shartga amal qilish kerak:
fan asosida yotuvchi barcha tamoyillarni yaxshi bilishi;
ushbu tamoyil va ma’lumotlar asosida zarur xulosani chiqarishi, ya’ni, mulohaza yuritish qoidalarini bilishi kerak;
xato nazariyalarni isbotlab berish va boshqa mualliflar fikrlarini tahlil qilishni, shuningdek, haqiqatni yolg‘ondan ajratish va xatoni tuzatishni bilishi zarur.
Abu Rayhon Beruniy (XI asr) bilishni uzluksiz, to‘xtovsiz davom etadigan jarayon sifatida tushunadi. Allomaning fikricha, insoniyat borliqning haqiqiy mohiyati, hozircha noma’lum bo‘lgan jihatlarini kelajakda bilib oladi.
Abu Ali ibn Sinoning (XI asr) bilish nazariyasida sabab haqidagi ta’limot alohida o‘rin oladi. U sabablarni aniq, sezish asosida anglanadigan va yashirin, tashqi holatlarini tahlil etish asosida tushuniladigan sabablarga ajratadi va hodisaning mohiyati uning yuzaga kelish sabablarini aniqlash yo‘li bilan anglanishi mumkin deb hisoblaydi.
Chex pedagogi Ya.A.Komenskiy XVII asrda ta’lim jarayonining mohiyatini ilmiy asoslashga urindi. Alloma bolaning aqliy, jismoniy o‘sishini tabiiy qonuniyatga muvofiq kelishi g‘oyasini asoslangan holda ta’lim jarayoni, uning tuzilishi, tamoyil va metodlari belgilaydi. Ya.A.Komenskiy ushbu g‘oyasi G‘arb
olimlarining ta’lim jarayonining gnoseologik asoslarini ko‘rsatish, o‘quv jarayoniga tabiiy va ijtimoiy qonuniyatlar ta’sirini yoritishga urinishlaridan biridir.
XVIII asrda fransuz olimi Jan Jak Russo ham insonning tabiat va jamiyatdagi o‘rni haqidagi falsafiy g‘oyalar asosida ta’lim mohiyatini ochib berishga uringan. Uning fikricha, ta’lim jarayonining mohiyati bolaning atrof-muhitni bilishiga asoslanadi.
Hozirda ta’lim mohiyatini tushunishga turlicha yondashuv mavjud. Ya’ni:
Sotsiologik yondashuvga ko‘ra ta’limning mohiyati ijtimoiy tajribalarni yoshlarga yetkazishdan iborat. O‘quvchilar insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasi natijalari bo‘lgan bilimlarni o‘rganadilar. Ta’limning mazmuni o‘quvchilarga ajdodlar tajribasini o‘zlashtirishga xizmat qiluvchi jarayonini tashkil etishdan iborat. Bu qoida ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning muhim omili – shaxs kamolotini tushunishga ilmiy yondashishni anglatadi.
Xususiy pedagogik yoki didaktik yondashuv yaxlit ta’lim jarayonining borishini belgilab beruvchi bilim olish bosqichlari (o‘quv materialini o‘rganishni, uni anglab yetish, mustahkamlash, amaliy faoliyatda bilimlarini qo‘llash)ni ifodalaydi. Mazkur yondashuvga ko‘ra ta’lim mazmuni o‘quvchilar tomonidan bilim egallash bosqichlarining ketma-ketligiga amal qilish asosida faoliyatni tashkil etishdan iborat.
Psixologik yondashuv L.S.Vыgotskiyning (1896-1934 yillar) ta’limning shaxs rivojlanishida asosiy omil bo‘lishi haqidagi “yaqin rivojlanish zonasi” deb yuritiluvchi qarashining yaratilishi bilan bog‘liq. Unga ko‘ra, ta’lim faqat yaqin zonada qurilganda, hali to‘la shakllanmagan, lekin o‘quv jarayonini qurishga asos bo‘la oladigan mexanik harakatlar asoslangandagina mazmunga ega bo‘ladi.
Dialektik yondashuv tabiat, jamiyat va fikrlashning harakatlanishi hamda rivojlanishi borasidagi umumiy qonunlarni yorituvchi falsafiy ta’limotga asoslanadi. Unga ko‘ra ta’lim jarayoni inson ongining borliqni aks ettira olishiga imkon berishi zarur. Haqiqatni bilish murakkab jarayon. Dialektik yondashish g‘oyasiga ko‘ra rivojlanishning asosi qarama-qarshilik hisoblanadi. Rivojlanish qarama-qarshi kuchlar kurashidir.
Dialektik yondashishga binoan ta’lim jarayonining asosiy qarama- qarshiliklari quyidagilar sanaladi:
Ijtimoiy-tarixiy (ilmiy) bilimlar hajmi va o‘quvchi o‘zlashtirgan bilimlar hajmi o‘rtasidagi qarama-qarshilik. Bu qarama-qarshilik ta’lim jarayonini harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. U ta’lim mazmunini doimiy takomillashtirishga olib keladi. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini ijtimoiy-texnik taraqqiyot darajasiga yaqinlashtirish zaruriyati ta’lim mazmunini tubdan yangilash, uni yangi tamoyil, shakl, metod va vositalarini izlashni muhim ijtimoiy vazifa qilib qo‘ymoqda.
O‘quvchining bilimi va u egallab olishi kerak bo‘lgan shakl, metod va vositalari) darajasi o‘rtasidagi qarama-qarshilik. Bu qarama-qarshilikni hal etish o‘quvchining intellektual rivojlanishi sur’ati va darajasiga bog‘liq. Bir xil mazmun va hajmdagi o‘quv materiali ham aqliy rivojlanishning turli ko‘rsatkichlari orqali namoyon bo‘lishi mumkin.
O‘quvchining mavjud rivojlanish darajasi bilan ijtimoiy buyurtmada ko‘zda tutiluvchi rivojlanish darajasi o‘rtasidagi qarama-qarshilik. Agarda ijtimoiy talab bolaning idrok etish imkoniyatidan yuqori bo‘lsa, unda jiddiy qiyinchilik yuzaga keladi.
5. Aksiologik (yunoncha “axios” – qimmatli, logiya – fan) yondashuv – qadriyatlar haqidagi falsafiy ta’limot bo‘lib, unga ko‘ra ta’lim jarayonida o‘quvchi hayot, sog‘liq, muhabbat, oila, ta’lim, mehnat, tinchlik, ishonch, go‘zallik, ijod, insoniylik va shu kabi qadriyatlar bilan tanishtirib borilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |