ELEKTR YUKLAMALARINING KOIFSENTLARI
REJA:
1.Kirish
2. Nominal rejim
3. Yakor zanjiridagi energiya sarfi
4.Foydalanilgan adabiyotlar
Elektr yuritmalarni yuklama diagrammalarini qurish dvigatel quvvati hisobining majburiy bosqichi hisoblanadi. Faqat yuklama diagrammasi asosida oldindan tanlangan dvigatelni quvvati ijrochi mexanizmning ishlash rejimiga va o‘ta yuklanish qobiliyatiga mos kelishini tekshirish mumkin. Mexanizm ishining ayrim bosqichlarida tezlik va tezlanish qiymatlarining haqiqiy qiymatlarini o‘tkinchi jarayonlarni hisoblagandan keyingina aniqlash mumkin. Shunday qilib, faqat yuritmaning yuklama diagrammasigina tizim harakatining haqiqiy xarakterini belgilaydi.
Odatda, yuritmaning yuklama diagrammasi ish mashinasining yuklama diagrammasiga o‘xshamaydi. Ular faqat mexanik tavsif absolut qattiq, ya’ni sinxron dvigatelning mexanik tavsifiga o‘xshagandagina to‘g‘ri kelishi mumkin. Agarda mexanik tavsif ozgina qiyaroq bo‘lsa, u holda yuritmaning yuklama diagrammasi Md = f (t) inersiya massalarining ishlashi natijasida ish mashinasining yuklama diagrammasiga nisbatan tekisroq bo‘ladi. Yuklama cho‘qqiga erishganda inersiya massalari dvigatelning ishini yengillashtirib, yig‘ilgan kinetik energiyaning bir qismini beradi: yuklama olib tashlanganda esa, ular zaryadlanadi va dvigatel statik (qarshilik) momentga nisbatan ko‘proq momentga ega bo‘ladi.
Elektr yuritmani loyihalashning boshlanishida loyihachida faqat ish mashinasining yuklama diagrammasi bo‘ladi. Dvigatel quvvatini esa dvigatelning yuklama diagrammasi asosida tanlash mumkin. Shuning uchun bu diagrammani qurish loyihalashning asosiy masalalaridan biri bo‘lib, dvigatel quvvati oldindan aniqlanadi va keyinchalik ma’lum bo‘lgan quvvat uchun aniqlashtirilgan yuklama diagrammasi quriladi.
Ijrochi mexanizm ishlayotganda, odatda, statik moment uzluksiz o‘zgarmas bo‘lib turadi. O‘tkinchi jarayonda dvigatel nafaqat statik, balki dinamik yuklamani ham yengishi kerak. Shu bois dvigatelning qizishini aniqlaydigan o‘rtacha kvadrat momenti qiymati har doim statik momentning o‘rtacha qiymatidan yuqori bo‘ladi. Shuning uchun dvigatelni dastlabki tanlashda uning nominal momentini statik momentning o‘rtacha qiymatidan katta qilib, qabul qilinadi:
Mnom = (1ё1,6)Mq.o‘r, (7.1)
bu yerda: Mq.o‘r = — ishlash sikli vaqti ts davomidagi statik momentining o‘rtacha qiymati.
Bundan tashqari Mnom ni aniqlashning quyidagi formulalarini ham tavsif etish mumkin:
Mnom = (Mq.o‘r + Mo‘r.kv)/2; (7.2)
Mnom = (7.3)
bu ifodalarda Mo‘r.kv — statik momentning o‘rtacha kvadrat qiymati, bu qiymat ish mashinasining yuklama diagrammasidan aniqlanadi.
Qabul qilingan taxminiy quvvat asosida katalogdan dvigatel tanlanadi va quyidagi formula bo‘yicha tizimning inersiya momenti aniqlanadi.
J = Jdd + (JM/j2); (7.4)
bu yerda: d — dvigatel va ish mashinasi orasidagi mexanik zvenolar inersiya momentini hisobga oladigan koeffitsiyent; j — mexanik uzatmaning uzatish soni.
Shundan so‘ng, o‘tkinchi rejimlar hisoblanadi va dvigatelning yuklama diagrammasi quriladi. Bu diagramma esa dvigatel chulg‘amlarini qizishga tekshirish uchun asos bo‘ladi.
Lekin issiqlik rejimlarini hisoblash va dvigatel quvvatini tanlash uchun, odatda, o‘tkinchi jarayonlarni qurishda katta aniqlik talab etilmaydi. Shuning uchun yuklama diagrammalari soddalashtirilgan usulda, ya’ni
7.1- rasm. Elektr yuritmaning yuklanish diagrammasi.
ishga tushirish va tormozlash bosqichlarida moment va toklarning qiymatlarini o‘zgarmas, deb qabul qilgan holda hisoblab quriladi. Bundan tashqari zamonaviy elektr yuritmalarda tok va momentlarning qiymatlari maxsus chegaralash va jadallashtirish sxemalari bilan o‘zgarmas saqlab qolinadi. Bunda tezlanishni ham o‘zgarmas saqlanishiga erishib tezlikning chiziqli o‘zgarishi ta’minlanadi. 7.1- rasmda bitta sikl uchun yuklama diagrammasi keltirilgan.
Shunday qilib, dvigatel quvvati dastavval (7.1) — (7.3) tenglamalarga muvofiq aniqlanishi kerak. Shundan so‘ng katalogdan dvigatelning inersiya momenti bilan jamlangan holda dvigatelning soddalashtirilgan yuklama diagrammasini hisoblash uchun elektromexanik tizimning inersiya momentining qiymati aniqlanadi. 7.3. Statik va dinamik rejimlarda energiya isrofi Dvigatelning issiqlik holatini baholash uchun uning aktiv qismlarida ajralayotgan isroflarni yuritmaning ishlashiga bog‘liq ravishda aniqlash kerak. Kataloglarda dvigatelning nominal yuklamadagi FIK keltiriladi. Turli yuklamalarda dvigateldagi isroflarni (yo‘qotishlarni) aniqlash uchun dvigatelning FIK o‘zining maksimal qiymatiga o‘zgarmas qdoim va o‘zgaruvchan qo‘zg isroflarning tenglik shartidan kelib chiqqan holda yondoshish zarur. U holda mos ravishda
qdoim = qo‘zg.nom. (7.5)
Ba’zan bu shartga to‘liq rioya qilinmaydi. Dvigatel o‘qidagi quvvat (0,9ё0,95) Rnom xarakterga ega bo‘lgan rejimdir. U holda quyidagini yozish mumkin
qdoim = gqo‘zg.nom. (7.6)
Do'stlaringiz bilan baham: |