54
Mavzu
(ko’rilayotgan
savollar)
Asosiy
mazmunlari.
Yetaklovchi
g’oya, faktorlar
berilganlari
uslubiyatlari
xususiyati)
Natijalar
ularning
yangiliklari
Ilgarigi tadqiqot materiallarini shunday sxema bilan konspekt qilish kerak.
Uni keyinchalik quyidagicha tanqidiy tahlil qilinadi:
- tadqiqot qilinayotgan yo’nalishda bilimning erishilgan darajasi belgilanadi.
- shu sohada ajoyib g’oyalar, qiziqarli usullar aniqlanadi,
- keyingi tadqiqotning borishi mumkin bo’lgan turi belgilanadi.
Tanqidiy tahlil asoslangan va isbotlangan bo’lish lozim. Tanqid oldindan
olingan bo’lmasligi kerak. Ilgari qilinganlarning hammasi yomon deyish to’g’ri
emas, muallif taklif qilayotganlarni so’zsiz qabul qilish ham mumkin emas.
Fikrlar o’zgacha bo’la boshlaganda bu fikrlarning mosligini rangli korrelyatsiya
usulida matematik analizga kelish lozim va shu kabilar.
Ishchi
faraz-kuzatilgan faktorning, jarayonining yoki hodisasining ehtimoliy,
faraziy rivoji keltirib chiqaradigan tadqiqotchi tomonidan asoslanib aytilgan
taxmin.
Ilmiy farazga
shu narsalar xarakterliki, unda ma'lum bilimlar chegarasidan
chiqib ketadigan, yangi mazmunli holatlar ifodalanadi, ehtimollik xarakterli yangi
g’oyalar olga suriladi, ularning asosda ilmiy natijalar izlanishi paydo bo’ladi. Ilm –
fanni rivojlantirish sifatida ilmiy farazning mazmuni va baholiligi ana shundaydir.
Dastlab ilmiy fikr ichki his va sezgi bilan olg’a suriladigan shaklida paydo
bo’ladi. Taxmin qilishda ilmiy fantaziya katta ahamiyat kashf etadi, fantaziyasiz,
fikrlashsiz ilm-texnikada bironta ham yangi g’oya aytib bo’lmaydi.
Taxminni ilmniki qilish uchun uni ilmiy farazga aylantirish zarur,
fantaziyani ilm o’rnatgan qat'iy ramkaga solish kerak.
Demak aniq bir hodisa
haqidagi har qanday ixtiyoriy taxmin ilmiy faraz bo’la olmaydi. Faqatgina shunday
taxminlar faraz bo’la olishi mumkin, birinchidan shu soha aniqlangan ilmiy xulosa
taxminlarining barchasiga teskari bo’lmasligi kerak va ikkinchidan aytilgan taxmin
va mulohazalarning ehtimolligi asoslangan bo’lish kerak. Agar ilgari surilgan
taxmin ilm bilan qattiq o’rnatilgan holatlarga teskari bo’lsa uni ilmiy faraz
darajasiga ko’tarish mumkin emas.
Ishchi faraz tadqiqot qilinadigan hodisani rivojlantiruvchi
asbobini, asosiy
sharoitlarini, harakatlantiruvchi kuchini aniqlaydi; bu ishchi faraz talab
qiladiganlarning minimumi.
55
Ishchi faraz, tadqiqot qilinayotgan hodisaning rivoji ehtimolini tushuntirish
to’liq yoki
shunga yaqin ehtimol beradi; bu ishchi faraz berishi mumkin
bo’lganining maksimumi. Ammo buni olg’a surilgan farazni nazariy va amaliy
asoslangandan
keyingina olish mumkin, ya'ni tadqiqot jarayonida asoslangan,
tasdiqlangan va rivojlangan ishchi faraz ilmiy nazariyaga o’sib utadi.
Aniq va yetarlicha to’lik ishlangan ishchi faraz keyingi ishlarni juda
yengillashtiradi, chunki nazariy va amaliy tadqiqot usullariga o’lchanib
o’rganilayotgan ob'yekt va hodisalarni xarakterlaydigan aniq parametrlarga
qaratish imkonini beradi. Bundan tashqari to’g’ri boshqarilgan
dastlabki analitik
ishlangan faraz, ya'ni uning matematik ifodalanishi keyingi tajribaning asosiy
xususiyatlarining detallarini to’liqroq va to’g’ri belgilaydi. Hamisha nazariy
tajribadan oldin bo’lgani maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: