O ʻ zbekiston respublikasi oliy va o ʻ rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-rasm. Majburiy zaxiralar miqdorining oʻzgarishi (% da)



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/47
Sana04.06.2022
Hajmi0,9 Mb.
#635638
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   47
Bog'liq
ozbekiston iqtisodiyotida monetar siyosat va uni amalga oshirish yollarini takomillashtirish

2.2.1-rasm. Majburiy zaxiralar miqdorining oʻzgarishi (% da)
30
Bunda majburiy rezerv me’yorlari inflyatsiya va pul massasining belgilangan 
maqsadli parametrlaridan kelib chiqib hamda tijorat banklarida uzoq muddatli 
resurs bazasini yanada kengaytirish maqsadida muddati 1 yilgacha boʻlgan 
depozitlar uchun 15 foiz, muddati 1 yildan 3 yilgacha boʻlgan depozitlar uchun 12 
30
Tijorat banklarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga oʻtkaziladigan majburiy rezervlari 
toʻg’risidagi Nizom (Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 15-avgustdagi 23/8-sonli 
qarori bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligida 2009-yil 9-sentyabrda 2004-son bilan roʻyxatga olingan) 
30 
25 
20 
20 
15 
13 
15 
15 
30 
25 
20 
20 
15 
13 
15 
12 
10 
10 
10 
20 
15 
13 
15 
10,5 
1994
1995-1996yy
1997-1999yy
2000-2004yy
2005-2006yy
2007
2008
2009
3 yildan ortiq muddatli depozitlar
3 yilgacha muddatli depozitlar
muddatsiz depozitlar


41
foiz, muddati 3 yildan ortiq boʻlgan depozitlar uchun 10,5 foiz miqdorida 
oʻzgartirilmasdan qoldirildi. 
Xususan, 2010-yilda Majburiy zaxiralar hajmi 342 mlrd soʻmni tashkil qilgan 
boʻlsa, 2014-yilda bu koʻrsatkich 618 mlrd soʻmni tashkil qildi. Natijada 2014-yil 
oxiriga kelib, bank tizimi resurs bazasining kengayishi va uning tarkibida uzoq 
muddatli depozitlar ulushining ortib borishiga mutanosib ravishda tijorat 
banklarining Markaziy bankdagi majburiy rezervlari hajmi 2010-yilga nisbatan 
qariyb 2 barobarga koʻpaydi.
2.2.2-rasm. Markaziy bankdagi majburiy zaxiralar hajmi koʻpayishi
31

Oʻz navbatida, Markaziy bank, inflyatsiya va iqtisodiy oʻsishning maqsadli 


parametrlaridan kelib chiqqan holda, pul taklifi hajmini maqbullashtirish 
maqsadida pul-kredit siyosatining bozor instrumentlaridan faol foydalandi. 
Bunda Markaziy bank tomonidan pul bozorida operatsiyalarni amalga 
oshirishda asosiy e’tibor muomaladagi pul massasini samarali boshqarish, bank 
tizimi likvidligini tartibga solish va foiz stavkalari barqarorligini ta’minlashga 
qaratildi. 
Shu bilan birga bu usulning ma’muriy tomoni tijorat banklari kredit 
resurslarining (anchagacha 20 foizga kamaytiradi) kamayishiga sabab boʻladi. Bu 
esa tijorat banklarining manfaatlariga toʻla mos kelmaydi, chunki tijorat banklari 
jalb qilingan depozitlarning tarkibidan qat’i nazar, mijozlarga foizlar toʻlaydi. 
31
Muallif tomonidan Markaziy bank ma’lumotlari asosida shakllantirildi. 
342 
21,9 
207 
25,4 
443 
31,8 
463,1 
25,2 
618 
28,2 
0
100
200
300
400
500
600
700
mlrd.
Hisobida
%
hisobida
mlrd.
Hisobida
%
hisobida
mlrd.
Hisobida
%
hisobida
mlrd.
Hisobida
%
hisobida
mlrd.
Hisobida
%
hisobida
2010
2011
2012
2013
2014


42
Ba’zi rivojlangan davlatlarda ushbu usulning ma’muriy tomonini kamaytirish 
maqsadida majburiy zaxiralarga foizlar toʻlanadi. 
Shunday qilib, majburiy zaxiralar me’yorining miqdori qanchalik kichik 
boʻlsa, muomaladagi pul massasining oʻsishi shunchalik sezilarli boʻladi. Bu esa, 
Markaziy bank tomonidan pul massasining oʻsishini nazorat qilishning 
zaiflashayotganligini bildiradi.
Markaziy bankning qayta moliyalashtirish siyosati deganda, Markaziy bank 
tomonidan kredit institutlarining veksellarni sotib olish shakli va qimmatli 
qogʻozlarni garovga olish yoʻli bilan kreditlash tushuniladi. 
Markaziy bankning qayta moliyalashtirish siyosatini quyidagi koʻrinishlari 
mavjud. 
1.
Hisob stavkasi Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga ularning 
ixtiyoridagi trattalarni (oʻtkazma veksel) qayta hisobga olish yoʻli bilan beriladigan 
kreditlarning foiz stavkasidir. 
2.
Tijorat banklari Markaziy bankdan oʻzlarining portfelidan qimmatli 
qogʻozlarni garovga qoʻyish orqali kredit olishi - bu lombard krediti hisoblanadi. 
Lombard kredit foiz stavkasi - lombard stavkasi hisoblanadi. Lombard stavkasi har 
doim hisob stavkasidan ikki-uch punkt yuqori yuradi. 
Kapitallarning davlatlararo erkin tarzdagi harakatlarida mavjud boʻlgan 
Markaziy bankning hisob stavkasining oʻsishi bu mamlakatga xorijiy 
mamlakatlardan vaqtinchalik boʻsh valuta mablagʻlarining oqib kelishiga sabab 
boʻladi. Bu esa toʻlov balansining aktivlashuviga va milliy valuta kursining 
koʻtarilishiga olib keladi. 
Qayta moliyalashtirish siyosatidan koʻzlangan asosiy maqsad - tijorat banklari 
Markaziy bank tomonidan beriladigan kreditlarning berilish shartlarini oʻzgartirish 
yoʻli bilan pul bozori va kapital bozorining holatiga ta’sir qilishdir. Shunisi 
diqqatga sazovorki, qayta moliyalashtirish qimmatli qogʻozlarni garovga olmasdan 
turib ham amalga oshirilishi mumkin. 
Hozirgi vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklariga 
limitlashtirilgan hajmda markazlashgan kreditlar bermoqda. Ushbu kredit resurslari 


43
uchun oʻrnatilgan foiz stavkalari orqali, Markaziy bank tijorat banklarining foiz 
stavkalariga ta’sir qilishga harakat qilmoqda. Yirik tijorat banklari kredit 
resurslarining sezilarli qismini Markaziy bank resurslari hisobidan tashkil topishi 
qayta moliyalashtirish siyosatini kredit emissiyasi hajmiga kuchli ta’sir qilishiga 
sabab boʻldi. Ayniqsa, tijorat banklarining kreditlarini foiz stavkalariga nisbatan 
cheklanishning joriy qilinishi Markaziy bankning kredit resurslari bozoriga 
ta’sirini keskin oshirdi. Shu bilan birga, Respublika Markaziy banki qayta 
moliyalashtirish siyosatidan kreditlarni xalq xoʻjalik tarmoqlari boʻyicha tanlanma 
taqsimlash vositasi sifatida ham foydalandi. 

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish