Banklarda kredit, lizing va faktoring operatsiyalari hisobi (1-ma’ruza)
Kredit operatsiyalarini tashkil qilish va ular hisobi
Tijorat banklari faoliyatini hisobga olish buxgalteriya hisobining tamoyillariga asoslanadi. Tijorat banklari buxgalteriya hisobini tashkil etishda quyidagi tamoyillarga e’tibor berish lozim:
banklarning faoliyatini belgilangan me’yorda о‘z va jalb qilingan mablag‘lar hisobiga amalga oshirish – bunda, tijorat banklarining о‘z mablag‘lari bank resurslari ichida kam salmoqni tashkil etadi. Tijorat banklari aholining, xо‘jalik yurituvchi sub’yektlarining hamda davlatning mablag‘larini о‘ziga jalb qilib olib, uni transformatsiya qiladi. YA’ni, mablag‘larga ehtiyoj sezayotgan bank, korxona, tashkilot, muassasa, aholi va davlatga qarzga berib turadi yoki ular faoliyatiga investitsiya qiladi.
arzonroq olib, qimmatroq sotish – bunda, banklar resurslarni jalb qilayotganda ularga ma’lum bir miqdorda haq tо‘laydi, ularni о‘z nomidan ma’lum bir haq evaziga joylashtiradi, olingan va berilgan tо‘lov о‘rtasida farq musbat bо‘lishi lozim.
о‘z mablag‘lari bilan risk qilgan holda mijozning mablag‘lari bilan risk qilish mumkin emas – bu tamoyilda banklar jalb qilgan mablag‘lar bilan ish kо‘rib ularni qaytib kelmaslik holatida yо‘qotishlari mumkin. Bank о‘z mablag‘larini riskli operatsiyalarga joylashtirishlari maqsadga muvofiq.
barchasi mijoz uchun, unga har doim tez va sifatli xizmat kо‘rsatish – bank faoliyati mijozlarning faoliyati bilan chambarchas bog‘liq, chunki mijoz bо‘lmasa bank ham bо‘lmaydi. Mijoz faoliyati daromadli bо‘lgan taqdirdagina bank ham, daromad olish imkoniyatiga ega bо‘ladi. Bank mijozning daromad olish imkoniyatini yaratar ekan, u faqat mijozning manfaatlarini emas, balki о‘z manfaatlarini ham amalga oshiradi.
bankning mijoz bilan munosabati о‘zaro tenglik, manfaatdorlik tamoyili asosida tashkil etilishi lozim – mijoz bankka murojat qilganda unga ishonch bilan sherikchilik munosabatlarini о‘rnatishga harakat qiladi. Bu о‘z navbatida bankning mijozlari soni kо‘payishini va uning banklararo raqobatda yutib chiqishda yordam beradi.
Yuqorida kо‘rib о‘tilgan bank faoliyati tamoyillari jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida iqtisodiyotni modernizatsiya qilish orqali rivojlantirishda, bankning о‘z faoliyatini rivojlantirishda о‘z ahamiyatini yо‘qotmaydi. Bankning ushbu qoidalarga rioya qilishi bank faoliyati samaradorligida namoyon bо‘ladi.
Banklar о‘z faoliyatini olib borish jarayonida qanday natijaga erishgani, mablag‘lari harakati, ularning manbai tо‘g‘risida tezkor va sifatli ma’lumotga ega bо‘lishi lozim. Ushbu ma’lumotlarni buxgalteriya hisobi ta’minlab beradi.
Buxgalteriya hisobi barcha xо‘jalik operatsiyalarini yaxlit, uzluksiz, hujjatlar asosida hisobga olish yо‘li bilan buxgalteriya axborotini yig‘ish, qayd etish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimidan, shuningdek uning asosida moliyaviy va boshqa hisobotni tuzishdan iboratdir3.
Bank buxgalteriya hisobining hozirgi iqtisodiy rivojlanishi bosqichida bank mulkining holati va harakati, pul mablag‘lari, kreditlar, fondlar, moliyaviy natijalar va boshqa bir qancha amallar tо‘g‘risidagi axborotlar oqimini ifodalab, bank faoliyatini boshqarish, nazorat qilish, tahlil qilish va rejalashtirish maqsadida shakllantiriladi.
Tijorat banklari faoliyatining asosiy tamoyillarini tizimlashtirilgan holda buxgalteriya hisobini asosiy vazifalarini quyidagicha guruhlashtirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Jumladan:
о‘z va jalb qilingan mablag‘lardan unumli foydalanish va ular ustidan nazoratni ta’minlab berish;
olingan daromad va qilingan xarajatlar tо‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida rejalashtirilgan likvidlilik va rentabellik darajasi orqali bank daromadligini tahlil qilish va nazorat qilish;
bank mulki holati va harakati ustidan nazoratni о‘rnatishni ta’minlash;
bajarilgan operatsiyalar buxgalteriya hisobi va hisobotida о‘z vaqtida hamda aniq aks ettirilishini ta’minlash;
buxgalteriya hisobotining ichki va tashqi foydalanuvchilari uchun bank muassasasining faoliyati va mulkiy holati tо‘g‘risida batafsil, aniq va mazmunli ma’lumotni shakllantirish.
Tijorat banklarida buxgalteriya hisobini yuritishda ushbu vazifalarning tо‘liq va tо‘g‘ri bajarilishi bank faoliyatini rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratadi.
Banklar о‘z faoliyatini asosan chetdan jalb qilingan mablag‘lar hisobiga amalga oshirishi bank buxgalteriyasiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Shu sababli bank buxgalteriya hisobvaraqlari rejasidagi hisobvaraqlarning aksariyati mijozlar mablag‘larni hisobga olishga mо‘ljallangan.
Banklar banklararo bozorda raqobatning kuchayishi, bank operatsiyalarning kо‘payishi, xizmat kо‘rsatish sifatining oshishi, har bir mijoz uchun kurash ketayotganligi о‘z faoliyatini doimiy ravishda nazorat qilish, tahlil qilish asosda yangi bank xizmatlarini taklif qilish, yangi bank filiallarini ochish, samarasiz faoliyat kо‘rsatayotganlarini esa yopish, mini banklarni ochish hamda bankni rivojlantirish uchun barcha chora–tadbirlar kо‘riladi.
Tijorat banklari faoliyati tahlil qilinayotganda ma’lumotlar tezkorlik bilan olish imkoniyati mavjudligi bevosita tahlil uslubiyotiga ta’sir kо‘rsatadi. Shuningdek, bank buxgalteriya hisobi kompyuterlashtirilganligi ma’lumotlarning tez qayta ishlash imkoniyatini yaratadi.
Hozirgi kunda О‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan ayrim tijorat banklari ma’lumot uzatish uchun о‘z ichki tizimlari mavjud bо‘lib, jumladan, IABS, ASBT, Globus, NCI va boshqalar, ular orqali bank xodimlari bank holati haqida kerakli bо‘lgan ma’lumotlarni oladi, undan tahlil qilishda foydalanadi.
Bank ma’lumotlaridan tashqi foydalanuvchilari esa, ayniqsa bank mijozlari yil yakunlanib, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi bо‘lib о‘tgandan sо‘ngina matbuotda e’lon qilinadigan hisobotdan foydalanishlari mumkin.
Bank buxgalter xodimlariga nisbatan operatsiyalarni amalga oshirish, rasmiylashtirish, hisobini yuritish va nazorat qilish tо‘g‘risidagi talablar barcha banklar uchun majburiydir. Banklar uchun belgilangan asosiy qoidalar doirasida о‘zlarining ish xususiyatlarini hisobga olgan holda ichki buxgalteriya hujjatlarini yuritish tartibini belgilashlari mumkin. Bank xodimlari buxgalteriya hisobida aks ettirilgan bank siriga oid ma’lumotlarni О‘zbekiston Respublikasining «Bank siri tо‘g‘risida»gi qonuni talablariga qat’iy amal qilgan holda sir saqlashlari lozim.
Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil etishda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |