Front-ofis- bankning tarkibiy qismi bо‘lib, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan bank operatsiyalarini amalga oshirishda bank mijozlari bilan bevosita muloqotda bо‘lgan holda ularga barcha bank xizmatlarini kо‘rsatuvchi xodimlar guruhi. Ushbu guruhga Front-ofis boshlig‘i rahbarlik qiladi.
Front-ofisning asosiy vazifasi mijozlar topshirig‘i hamda bank ichki faoliyati bо‘yicha amalga oshirilishi lozim bо‘lgan operatsiyalarning qonunchilikka mos ekanligini aniqlash va ularni buxgalteriya hisobida aks ettirishga tayyorlashdan iborat;
yakuniy nazorat - amaliyot kuni tugagandan sо‘ng, keyingi bank ish kunidan kechikmagan holda Front-ofis yoki mas’ul ijrochi buxgalter va Bek-ofis yoki nazoratchi buxgalter tomonidan bajarilgan barcha bank operatsiyalarining qonunchilikka mosligi va maqsadga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida amalga oshiriladigan nazorat;
Yakuniy nazorat bank Boshqaruvi tashkil qilgan Yakuniy nazorat xizmati tomonidan amalga oshiriladi va u faqat bank Boshqaruviga bо‘ysunadi. Yakuniy nazorat xizmati buxgalteriya apparati bir butun, yaxlit bо‘lgan banklarda buxgalteriya apparati ichida, Front-ofis va Bek-ofisga bо‘lingan banklarda esa Bek-ofisi tarkibida alohida bо‘lim sifatida tashkil qilinadi.
Buxgalteriyaoperatsiyalarinidastlabkinazoratdanо‘tkazish Dastlabki nazorat Front-ofis xodimlari (agar, bank tarkibiy tuzilmasi Front-ofis va Bek-ofisga bо‘lingan bо‘lsa) yoki mas’ul ijrochi buxgalter (agar, buxgalteriya apparati bir butun yaxlit bо‘lgan taqdirda) tomonidan operatsiyalarni bajarmasdan oldin ularning samaradorligini, bankning ichki siyosatiga hamda amaldagi qonunchilikka mos ekanligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Agar, operatsiyalar xorijiy valyutada xalqaro shartnomalar asosida amalga oshirilsa, shartnoma shartlariga rioya qilinishi lozim.
Mijozlardan pul hisob-kitob hujjatlarini qabul qilishda, ularning О‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining me’yoriy- huquqiy hujjatlarida belgilangan shakldagi blankda yozilib, tо‘g‘ri rasmiylashtirilganligi, barcha rekvizitlar tо‘liq va tо‘g‘ri tо‘ldirilganligi, ushbu pul hisob-kitob hujjatlarida bо‘yash, chizish va tuzatishga yо‘l qо‘yilmaganligi, shu jumladan hisobvaraqni tasarruf etuvchilarning imzolari va muhr izi taqdim etilgan namunalarga mos kelishi tekshiriladi.
Bankoperatsiyalariniamalgaoshirishdajavobgarlik Bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun asos bо‘ladigan barcha pul hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirgan hamda imzolagan shaxslar ularning о‘z vaqtida tо‘g‘ri va aniq tuzilishi, belgilangan muddatlarda ijro uchun topshirilishi, shuningdek, operatsiyalarni buxgalteriya hisobida tо‘g‘ri aks ettirish bо‘yicha javobgardirlar.
Banklarda kredit operatsiyalari “Tijorat banklarida kreditlarning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi tо‘g‘risidagi” nizom talablari asosida tashkil etiladi (О‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004 yil 17 dekabrda rо‘yxatdan о‘tkazildi, rо‘yxat raqami 1435). Ushbu Nizom О‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, О‘zbekiston Respublikasining
«О‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki tо‘g‘risida»gi,
«Banklar va bank faoliyati tо‘g‘risida»gi va «Buxgalteriya hisobi tо‘g‘risida»gi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga (MHXS) asoslangan bо‘lib, tijorat banklari (bundan buyon matnda - banklar) tomonidan kredit operatsiyalarining buxgalteriya hisobini Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga muvofiq (bundan buyon matnda - MHXS) yuritish tartibini belgilaydi.
Banklar aktivlaridagi kreditlar Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bо‘yicha ehtimoliy yо‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi tо‘g‘risidagi nizom (rо‘yxat raqami 2696, 2015 yil 14 iyulь) talablariga muvofiq tasniflanadi.
Foizlarni о‘stirmaslik maqomi berilgan kreditlarning buxgalteriya hisobi Foizlarni о‘stirmaslik tо‘g‘risidagi nizomga (rо‘yxat raqami 1304, 2004 yil 24 yanvarь) muvofiq amalga oshiriladi. Foizlarni hisoblash, shuningdek kreditlar bо‘yicha undirilmagan foizlarni bekor qilish Tijorat banklarida foizlarni hisoblash tо‘g‘risidagi nizomga (rо‘yxat raqami 1306, 2004 yil 30 yanvarь) muvofiq amalga oshiriladi.
Ushbu Nizom maqsadida quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
kreditlar va olinishi lozim bо‘lgan mablag‘lar hisobvaraqlari - faol bozorda kotirovka qilinmaydigan, qat’iy belgilangan yoki о‘rnatilgan tо‘lovlar bilan nohosilaviy moliyaviy aktivlar bо‘lib, quyidagilar bundan mustasno:
bank zudlik bilan yoki yaqin kelajakda sotmoqchi bо‘lgan va shu sababli sotishga mо‘ljallangan deb tasniflanishi lozim bо‘lgan yoki dastlabki tan olishda sotib olish va sotish uchun deb tasniflangan moliyaviy aktivlar;
bank tomonidan dastlabki tan olinishida sotish uchun mavjud deb tasniflangan aktivlar;
egasi о‘zining boshlang‘ich investitsiya summasini amalda undirib ololmaydigan aktivlar, aktivlar sotish uchun mavjud deb tasniflanishi lozim bо‘lgan kreditning qadrsizlanish holatlari bundan istisno.
real foiz stavka usuli - aktivning (majburiyatning) xizmat muddati davomida muddati uzaytirilgan foizli tо‘lovlarni taqsimlash orqali (masalan, har oyda emas, har yilda olinadigan yoki tо‘lanadigan) diskont yoki mukofotni foizli daromadga (yoki xarajatga) amortizatsiyalash yо‘li bilan doimiy foiz stavkasini tan olinishiga olib keladigan usul;
real foiz stavkasi - bu moliyaviy aktivning mо‘ljallangan xizmat muddati davomida yoki maqbul bо‘lgan holda, qisqaroq davrda kutilayotgan kelajakdagi pul tо‘lovlari yoki tushumlari oqimlarini uning sof balans qiymatigacha aniq diskontlaydigan stavka;
qadrsizlanishdan kо‘riladigan zarar (yoki kо‘rilishi mumkin bо‘lgan zarar) - kreditning balans qiymati uning qoplanadigan miqdoridan oshib ketgan summasi. Bu qarzdor kreditning tо‘liq summasini (asosiy qarz va foizlarni) qaytara olmasligini va bankda zararning yuzaga kelishi mumkinligini bildiradi.
qoplanadigan qiymat - kreditning balans qiymati va kreditning dastlabki real foiz stavkasi bо‘yicha diskontlangan kutilayotgan pul oqimlarining joriy qiymatidan eng kattasi.
Bank tomonidan berilgan kreditlar haqiqiy qiymati bо‘yicha aks ettiriladi va u qarzdorga berilgan pul mablag‘lari summasini ifodalaydi. Bank tomonidan kredit berilganda quyidagi buxgalteriya о‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 11900 — 15500 (tegishli ssuda hisobvarag‘i)
Kt 10301 — «Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i —
Nostro» (agar mablag‘ oluvchiga boshqa tijorat banki tomonidan xizmat kо‘rsatilsa), yoki
Kt — mablag‘ oluvchining talab qilib olunguncha depozit
hisobvarag‘i (agar mablag‘ oluvchiga mazkur bankda xizmat kо‘rsatilsa),
Kt 10100 — «Kassadagi naqd pul va boshqa tо‘lov hujjatlari»
(kredit naqd pulda berilganda).
Kredit berish munosabati bilan bank tomonidan olinadigan vositachilik haqi qarzdorning moliyaviy holatini va investitsiya loyihalarini qoplanishini baholash, kafolatlarni baholash va aks ettirish, garov va boshqa ta’minotlarni tashkillashtirish bо‘yicha tadbirlar, hujjatlarni tayyorlash va ularni qayta ishlash hamda bitimni yakunlash bilan bog‘liq bank xarajatlari kompensatsiyasini о‘z ichiga oladi. Shu kabi vositachilik haqlari kredit berish va kelgusida kredit munosabatlarida qatnashishning ajralmas qismi bо‘lib, va ularga tegishli tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri xarajatlar bilan birga, muddati uzaytiriladi va real daromadni tuzatish (korrektirovka qilish) sifatida tan olinadi. Bundan tashqari, banklar kredit berish bо‘yicha yozma majburiyat uchun vositachilik haqi olishlari mumkin.
Banklar tomonidan kо‘rsatilgan xizmatlar uchun potensial qarz oluvchilardan vositachilik haqi olinayotganda quyidagi buxgalteriya о‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt - Qarz oluvchining talab qilib olunguncha depozit
hisobvarag‘i
Kt 22896 - «Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar»
Kredit berish bо‘yicha yozma majburiyat bergani uchun olingan vositachilik daromadlari, kredit shartnomasini tuzish ehtimoli mavjud bо‘lganda, bankning kredit berish jarayonida uzluksiz ishtirok etganligi uchun tо‘lov (kompensatsiya) sifatida qaraladi. Bank tomonidan olingan vositachilik daromadlari ular bilan bog‘liq bevosita xarajatlar bilan birgalikda uzaytiriladi va ular real daromadni tuzatish (korrektirovka) sifatida tan olinadi.
Agar kredit berish bо‘yicha majburiyat muddati tugab, kredit talab qilib olinmagan bо‘lsa, u holda kredit berish majburiyati uchun vositachilik haqi ushbu muddat tugagandan keyin daromad sifatida tan olinadi.
Agar qarzdor tomonidan bankka bozorda kredit shartnomasida belgilangan foiz stavkasiga nisbatan shakllangan yuqoriroq foiz stavkasiga muqobil tarzda ma’lum bir komissiyani tо‘lanishi tо‘g‘risida bank va qarzdor о‘rtasida kelishuvga erishilgan taqdirda, ushbu komissiya tо‘lovi kredit muddati davomida tо‘lanishi lozim, ya’ni uzaytiriladi va real daromadni tuzatish (korrektirovka) sifatida tan olinadi.
Qarzdor tomonidan kredit muddatidan oldin qaytarilsa yoki boshqa shaxs foydasiga voz kechilsa, bank mazkur kredit bilan bog‘liq har qanday muddati uzaytirilgan vositachilik haqini kredit qaytarilgan yoki boshqa shaxs foydasiga voz kechilgan sanasiga daromad sifatida tan oladi.