bank amaliyot kuni - bank ish kunining bir qismi bо‘lib, bankka kelib tushgan barcha pul hisob-kitob hujjatlarini qabul qilish, rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aks ettirish uchun ajratilgan vaqt;
bankbuxgalteriyaapparati- pul hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirish, bank operatsiyalarini ichki nazoratdan о‘tkazish hamda ularni hisob registrlarida qayd etish bilan shug‘ullanuvchi xodimlar guruhi;
bank ish kuni - qonun hujjatlari bilan belgilangan kun ichida о‘rnatilgan ish vaqti;
bankoperatsiyalariichkinazorati(bundan keyingi о‘rinlarda ichki nazorat deb yuritiladi) - bank rahbariyati va barcha bank xodimlari tomonidan kunlik bank operatsiyalarini amalga oshirish jarayonida ularning qonunchilikka mosligi, samaradorligi, yuqori malakada bajarilishi va moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlash tizimi;
Ichki nazorat ma’lum yoki aniq vaqt mobaynida amal qilinishi lozim bо‘lgan tartib yoki qoida bо‘lmasdan, balki u bankning barcha bо‘g‘inlarida kunlik bank operatsiyalarining boshlanishidan tortib tugagunga qadar doimiy yuritiladigan bank faoliyatining ajralmas qismidir.
Ichki nazorat о‘z navbatida dastlabki nazorat, joriy nazorat va yakuniy nazoratga bо‘linadi;
Boshkitob- hisobvaraqlar rejasidagi ikkinchi tartibli hisobvaraqlar qoldiqlarining rо‘yxati;
Buxgalteriyahisobiregistrlari- ikkiyoqlama yozuv usulida operatsiyalar qayd etiladigan jurnallar, qaydnomalar, daftarlar va tasdiqlangan blanklar;
Bek-ofis- bankning tarkibiy qismi bо‘lib, Front-ofis tomonidan dastlabki nazoratdan о‘tgan va ijro uchun taqdim qilingan operatsiyalarni joriy nazoratdan о‘tkazish va bank operatsiyalarini amalga oshiruvchi buxgalterlar guruhi.
Bek-ofisning asosiy vazifasi Front-ofis tomonidan dastlabki nazoratdan о‘tkazilib, ma’qullangan barcha bank operatsiyalarini qaytadan joriy nazoratdan о‘tkazib, ularni ikkiyoqlama yozuv yordamida buxgalteriya registrlarida qayd etish va tegishli hisobotlar tayyorlashdan iborat.
Bek-ofis mijozlar bilan bevosita muloqotda bо‘lmaydi. U, mijozlar operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish bо‘yicha Front-ofis bilan, bankning ichki moliyaviy-xо‘jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish bо‘yicha bank ma’muriyati bilan aloqada bо‘ladi.
Bek-ofisga Bek-ofis boshlig‘i rahbarlik qiladi va u о‘z navbatida bank rahbariga bо‘ysunadi;
dastlabki nazorat - Front-ofis yoki mas’ul ijrochi buxgalter tomonidan operatsiyalarni bajarmasdan oldin ularning qonunchilikka mos ekanligini aniqlash bо‘yicha amalga oshiriladigan nazorat;
Yordamchikitob- Bosh kitob hisobvaraqlariga ochiladigan shaxsiy hisobvaraqlar, shuningdek, alohida mablag‘lar turi va qimmatliklar bо‘yicha yuritiladigan kartochka, kitob yoki jurnallar;
joriy nazorat - Bek-ofis yoki nazoratchi buxgalter tomonidan Front-ofis yoki mas’ul ijrochi buxgalter ma’qullagan barcha bank operatsiyalarining qonunchilikka mosligini aniqlash maqsadida qaytadan amalga oshiriladigan nazorat. Joriy nazorat pul hisob- kitob hujjatlarining asl va elektron nusxalarining bir-biriga mosligini tekshirishni ham о‘z ichiga oladi;
mas’ulijrochibuxgalter- mijozlarning pul hisob-kitob hujjatlarini tо‘g‘ri rasmiylashtirilganligi va bank operatsiyalarining qonuniyligini dastlabki nazoratdan о‘tkazib, ularni buxgalteriya hisobida aks ettirishga tayyorlovchi buxgalter;
minibank-bank filiali binosidan tashqarida, lekin о‘zi joylashgan viloyat-shahar hududida joylashgan va О‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq faoliyat yurituvchi bank filialining tarkibiy tuzilmasi;
nazoratchibuxgalter-mas’ul ijrochi buxgalter tomonidan dastlabki nazoratdan о‘tkazilgan barcha bank operatsiyalarini joriy nazoratdan о‘tkazib amalga oshiruvchi buxgalter;