Kreditningqadrsizlanishi Balans hisobotini har bir tuzish sanasiga (har oyda) bank tomonidan Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bо‘yicha ehtimoliy yо‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi tо‘g‘risidagi nizom (rо‘yxat raqami 2696, 2015 yil 14 iyulь) va Foizlarni о‘stirmaslik tо‘g‘risidagi nizom (rо‘yxat raqami 1304, 24 yanvarь 2004 yil), shuningdek MHXSga muvofiq kreditlar tasniflanadi, mavjud va kо‘rilishi mumkin bо‘lgan zararlarni qoplash zaxiralari shakllantiriladi.
Kredit qadrsizlanishini tasdiqlovchi ob’yektiv dalillar va sharoitlar aniqlangan taqdirda, zarar summasi quyidagi ikki miqdordan eng yuqorisi bо‘yicha baholanadi:
tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bо‘yicha ehtimoliy yо‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi tо‘g‘risidagi nizomga (rо‘yxat raqami 2696, 2015 yil 14 iyulь) muvofiq aniqlangan summa bо‘yicha; yoki
kreditning balans qiymati va kreditning dastlabki real foiz stavkasi bо‘yicha diskontlangan kutilayotgan kelajakdagi pul oqimlarining joriy qiymati о‘rtasidagi farq bо‘yicha.
Bank kо‘rilishi mumkin bо‘lgan zararlarni baholashni quyidagicha aks ettiradi:
Dt 56802 - «Kreditlar bо‘yicha kо‘rilishi mumkin bо‘lgan zararlarni baholash»
Kt - Kreditlar bо‘yicha kо‘rilishi mumkin bо‘lgan zararlar
zaxirasi - Kreditning tegishli kategoriyasi (kontr-aktiv)
Agar kredit portfelining keyingi tahlili natijasida uning zaxiralari mazkur Nizomning 10-bandida kо‘rsatilgan talablardan oshsa, bank zaxira summasini oxirgi sana holati bо‘yicha aniqlangan, kо‘rilishi mumkin bо‘lgan zararlar summasiga muvofiqlashtirishi lozim. Bunda quyidagi buxgalteriya о‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt - Kо‘rilishi mumkin bо‘lgan zararlar zaxirasi -
Kreditning tegishli kategoriyasi (kontr-aktiv)
Kt 56802 - «Kreditlar bо‘yicha kо‘rilishi mumkin bо‘lgan
zararlarni baholash».
Chet el valyutasida berilgan kreditlar bо‘yicha kо‘rilishi mumkin bо‘lgan zararlarni baholash avval kredit qaysi valyutada berilgan bо‘lsa, о‘sha valyutada amalga oshiriladi. Shu tarzda, birinchi navbatda, har qanday ehtimoliy zararlarni baholash chet el valyutasida amalga oshiriladi, keyin ushbu summa О‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida aks ettiriladi.
Kreditlarni qaytarilishi qarz oluvchining asosiy, shuningdek ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlaridan quyidagi buxgalteriya о‘tkazmasi orqali amalga oshiriladi:
Dt - Qarz oluvchining talab qilib olinguncha depozit
hisobvarag‘i
Kt - Ssuda hisobvarag‘i
Agar kredit kafolat beruvchi (kafil) tomonidan qaytarilsa, quyidagi buxgalteriya о‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10301 - «Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i —
Nostro» (agar mablag‘ oluvchiga
boshqa tijorat banki tomonidan xizmat kо‘rsatilsa)
Kt — Ssuda hisobvarag‘i
Kreditlar naqd pulda qaytarilganda quyidagi buxgalteriya о‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10100 - «Kassadagi naqd pul va boshqa tо‘lov
hujjatlari»
Kt - Ssuda hisobvarag‘I
Agar kreditga foiz о‘stirmaslik maqomi berilmagan bо‘lsa, unda kreditlar bо‘yicha foizlar tushumi quyidagi buxgalteriya о‘tkazmasi orqali aks ettiriladi:
Dt - Qarz oluvchining talab qilib olinguncha depozit
hisobvarag‘i
Kt 16309 - «Kreditlar bо‘yicha hisoblangan foizlar».
Foizlarni о‘stirmaslik maqomi berilgan kreditlar bо‘yicha foizlar hisobi Foizlarni о‘stirmaslik tо‘g‘risidagi nizomga (rо‘yxat raqami 1304, 2004 yil 24 yanvarь) muvofiq amalga oshiriladi.
Qarzdor tomonidan garov bilan ta’minlanmagan kredit qaytarilmasa yoki tо‘liq qaytarilmaganda, ularni shakllantirilgan zaxira hisobidan hisobdan chiqarish quyidagi buxgalteriya о‘tkazmasi orqali amalga oshiriladi:
Dt - Kreditlar bо‘yicha kо‘rilishi mumkin bо‘lgan zararlar zaxirasi — Kreditning tegishli kategoriyasi (kontr-aktiv)
Kt - Ssuda hisobvarag‘i
Garov bilan ta’minlangan kredit qarzdor tomonidan qaytarilmasa yoki tо‘liq qaytarilmagan holda, bank kreditni qaytarish uchun undiruvni garovga qо‘yilgan mol-mulkka qaratishga haqli. Undiruvga qaratilgan garovga qо‘yilgan mol-mulkni sotish kim oshdi savdosi orqali qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Garovga qо‘yilgan mol-mulkni sotishdan mablag‘lar kelib tushganda 10301 - «Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i — Nostro» hisobvarag‘i debetlanadi va 29801 -
«Mijozlar bilan hisob-kitoblar» hisobvarag‘i kreditlanadi.
Kreditlar bо‘yicha asosiy qarzni va mazkur kredit bо‘yicha hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlarni sо‘ndirish quyidagi buxgalteriya о‘tkazmasi orqali amalga oshiriladi:
a) Asosiy qarz qaytarilganda:
Dt 29801 - «Mijozlar bilan hisob-kitoblar» Kt - Ssuda hisobvarag‘i.
b) Asosiy qarz tо‘liq qaytarilgandan keyin, foizlar sо‘ndirilganda:
Dt 29801 - «Mijozlar bilan hisob-kitoblar»
Kt 41400 - 44600 — Kreditlar bо‘yicha foizli daromadlar Kredit garovga olingan mol-mulkni о‘z egaligiga olish yо‘li
bilan qaytarilgan taqdirda, kreditning balans qiymati va garovga qо‘yilgan mol-mulkning haqqoniy qiymatidan qaysi biri kam bо‘lsa, о‘sha qiymat bо‘yicha, uni sotish bо‘yicha qilingan xarajatlarni chegirgan holda, lekin qayta savdodagi dastlabki sotuv bahosidan 10 foiz kam bо‘lmagan summada quyidagi buxgalteriya о‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 16701 - «Kredit va lizing bо‘yicha garov hisobidan undirilgan mulk»
Kt - Ssuda hisobvarag‘i.
Qarzdor yetarli miqdorda pul mablag‘lariga ega bо‘lmagan taqdirda, bank kredit bо‘yicha qarzni qarzdorning roziligi bilan uning likvid mol-mulki hisobidan, agar qarzdor norozi bо‘lsa, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud qarori asosida undiruvni qarzdorning likvid mol-mulkiga qaratish yо‘li bilan qaytarish huquqiga ega.
Kreditlar bо‘yicha asosiy qarz va hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar qarzdorning likvid mol-mulkini sotishdan tushgan mablag‘lar hisobiga qaytarilganda, tegishli buxgalteriya о‘tkazmalari amalga oshiriladi.
Kreditlar bо‘yicha kо‘rilishi mumkin bо‘lgan zararlar zaxirasidan foydalanish Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bо‘yicha ehtimoliy yо‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi tо‘g‘risidagi nizomga (rо‘yxat raqami 2696, 2015 yil 14 iyulь) muvofiq amalga oshiriladi.
Berilgan yoki olingan kreditlar va ular bо‘yicha foizli daromadlar yoki xarajatlarni hisobga olish О‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2004 yil 13 avgustda 773- 17-son bilan rо‘yxatga olingan “О‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari Rejasi”ga hamda Adliya Vazirligi tomonidan 2004 yil 17 dekabrda 1435-son bilan rо‘yxatga olingan “Tijorat banklarida kreditlarning buxgalteriya hisobi tо‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Kreditlar bо‘yicha foizlar 365 kundan iborat yillik tayanch davrdan kelib chiqqan holda hisoblanadi (kelishuvlar asosida tuzilgan xalqaro yoki xorijiy moliyaviy tashkilotlar jalb qilingan kredit liniyalarining ajratilgan kreditlari bо‘yicha 360 kunlik davrdan foydalaniladi). Hisoblash kredit shartnomasida о‘rnatilgan foiz stavkasiga asoslanishi kerak.
. Qarzdor “Ochiq kredit liniyasi” bо‘yicha foizlarni, ushbuliniyaning amalda foydalangan qismi uchun tо‘laydi.
Foizlarni hisoblash uchun “Olinishi lozim bо‘lgan hisoblangan
foizlar” hisobvarag‘i debetlanadi va “Foizli daromad” hisobvarag‘i kreditlanadi
Bank Moliyaviy kо‘rsatkichlarini Bankning haqiqiy holatiga muvofiq holga keltirish maqsadida, qaytarilishi shubhali bо‘lgan kreditlar bо‘yicha О‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida 2004 yil 24 yanvarida 1304-son bilan rо‘yxatga olingan “Foizlarni о‘stirmaslik tо‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq foizlarni о‘stirmaslik tamoyiliga amal qiladi
Kredit tasniflanishi bо‘yicha (substandart, shubxali, umidsiz) bо‘lishi bilan yoki asosiy summani qaytarish yoki uning foizini tо‘lash muddati 60 kun va undan ortiq muddatga kechiktirilgan holda (qaytarish muddati bir yilgacha bо‘lgan foizli aktivlar bо‘yicha), muddati 90 kun va undan ortiq muddatga kechiktirilgan holda (qaytarish muddati bir yildan kо‘p bо‘lgan foizli aktivlar bо‘yicha), yoki aktiv MHXS ga muvofiq qadrsizlanganda kredit ushbu turkumga kiritilishi lozim
Barcha hisoblangan, lekin olinmagan foizli daromadlar balans hisobvaraqlaridan kо‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlariga о‘tkazilishi lozim va kreditga «о‘stirmaslik» maqomi berilgandan sо‘ng keyingi foizlar hisoblanishi kо‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida amalga oshiriladi
Kreditga «о‘stirmaslik» maqomini berilishi, qarzdorni ushbu qarzlar bо‘yicha hisoblangan foizlarni, shuningdek, kо‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida hisoblangan foizlarni tо‘lash majburiyatidan ozod etmaydi
Bankning “ochiq kredit liniyasi” kreditlaridan foydalanganlik uchun korxonalar va tashkilotlar kredit shartnomasida kо‘zda tutilgan miqdorda foizlar tо‘laydilar, limitning foydalanilmagan qismi uchun esa – kredit shartnomasiga muvofiq ustama haq tо‘laydilar
Bank tomonidan berilgan kredit hisobiga olinadigan vositachilik haqlari qarzdorning moliyaviy holati va investitsion loyihalarini о‘zini-о‘zi oqlashini baholash, kafolatlarni baholash, garovlar va boshqa ta’minotlarni tashkillashtirish bо‘yicha tadbirlar, hujjatlarni tayyorlash va qayta ishlash hamda bitimni nihoyasiga yetkazish kabi bank xarajatlarini о‘z ichiga oladi
Zahiralarni hisoblash tartibi (Adliya vazirligida 1999 yil 11 fevralda 632-son bilan rо‘yxatga olingan “Tijorat banklari va ularning filiallari tomonidan aktivlar sifatini tasniflash, ssudalar bо‘yicha yuzaga kelishi mumkin bо‘lgan yо‘qotishlarni qoplash uchun tashkil etiladigan zaxirani shakllantirish va undan foydalanish Tartibi”) va qarzdor tavakkalchiligini baholash tizimi asosida filiallar mustaqil tarzda kreditlar bо‘yicha yuzaga kelishi mumkin bо‘lgan yо‘qotishlarni qoplash uchun zahiralarni yaratadilar.
Maxsus zahira bank xarajatlari hisobiga yaratiladi va “Kreditlar va lizinglar bо‘yicha yuzaga kelishi mumkin bо‘lgan yо‘qotishlarni baholash” hisobvarag‘ining debetida va “Kreditlar va lizinglar bо‘yicha yuzaga kelishi mumkin bо‘lgan yо‘qotishlarni qoplash uchun zahira” hisobvarag‘ining kreditida aks ettiriladi.
Filiallar tomonidan har oyda taqdim etiladigan kreditlar va ular bо‘yicha yuzaga kelishi mumkin bо‘lgan yо‘qotishlarni qoplash uchun zahiralarni tasniflash tо‘g‘risidagi hisobotlar asosida Bosh bank hisobotlar tahlilini о‘tkazadi va zarur bо‘lgan hollarda filiallarga ular tomonidan о‘rnatilgan kreditlar va yaratilgan zahiralar tasniflariga о‘zgartirishlar kiritish bо‘yicha kо‘rsatmalar beradi.
Qarzdor tomonidan qarzdorlik qaytarilgan hollarda, aktiv bо‘yicha avvalroq kо‘rilishi mumkin bо‘lgan zararlarni qoplash uchun zahira yaratilib, qarz esa balans hisobvaraqlaridan kо‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlariga о‘tkazilmagan bо‘lsa, “Kо‘rilishi mumkin bо‘lgan zararlarni qoplash uchun zahira” hisobvarag‘i debetlanadi va “Kо‘rilishi mumkin bо‘lgan zararlarni baxolash” hisobvarag‘i - joriy yilda yaratilgan zahira miqdorida va/yoki “Hisobdan chiqarilgan mablag‘larni qoplash” hisobvarag‘i - oldingi davrlarda yaratilgan zahiralar miqdorida kreditlanadi.
Aktiv “Kо‘zda tutilmagan holatlar” hisobvarag‘iga о‘tkazilganidan keyin, qarzdor tomonidan ushbu aktiv bо‘yicha qarzlar sundirilganda bank tomonidan “Ehtimoliy zararlarni qoplash uchun zaxiralar” hisobvarag‘i kreditlanadi, tegishli aktiv hisobvarag‘imasalan, qarz tо‘lanishida pul olinishini aks ettirish uchun kassa hisobvarag‘i yoki mijoz hisobvarag‘idebetlanadi va oqibatda bank tomonidan “Ehtimoliy zararlarni qoplash uchun zaxiralar” hisobvarag‘i debetlanadi va 56800-“Ehtimoliy zararlarni qoplash uchun zaxiralarga ajratmalar” yoki 45921- “Hisobdan chiqarilgan mablag‘larniig qaytarilishi” hisobvarag‘i kreditlanadi,shu bilan birga “Kо‘zda tutilmagan holatlar” hisobvarag‘iga о‘tkazilgan zararlar bank daromadlari oqimiga qaytariladi.
Filial tomonidan kafillik bо‘yicha olingan majburiyatlar, sug‘urta polisi bо‘yicha sug‘urta tо‘lovi hamda garov huquqini tasarruf qilishdan olingan mablag‘lardan foydalanish orqali.
Bank krediti ta’minoti uchun garov mulklari, qimmatli qog‘ozlar, kredit olgan qarzdor bankidagi kafillik sifatida qabul qilingan hujjatlar 94502-«Garov sifatida olingan mulklar va mulkiy huquq(talab)lar», 94501 - «Garov sifatida olingan qimmatli qog‘ozlar», 94503–«Garov sifatida olingan kafolat va kafilliklar», 94504–«Olingan kreditlar va lizinglar bо‘yicha garov sifatida berilgan qimmatli qog‘ozlar» kо‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida hisobga olinadi va garov ta’minotining ushbu hisobvaraqlaridan faqat kreditlar yoki lizinglar va ular bо‘yicha hisoblangan foizlar tо‘la qaytarilganidan keyingina hisobdan chiqariladi.
Kredit bо‘limining farmoyishi bо‘yicha alohida ssuda hisobvaraqlari orqali berilgan kreditlar muddatli majburiyatlar bilan rasmiylashtiriladi, ular tо‘la qaytarilgunlaricha kreditlash muddatlariga bog‘liq ravishda 91901 – «Qarzdorlarning qisqa mudatli kreditlar bо‘yicha majburiyatlari», 91905 – «Qarzdorlarning uzoq muddatli kreditlar va lizinglar bо‘yicha majburiyatlari» va 91907 «Qarzdorlarning Hukumatdan olingan uzoq muddatli kreditlari va lizinglar bо‘yicha majburiyatlari» kо‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida hisobga olinadi.
Qaytarish muddati kelgan va qarzdorda pul mablag‘lari bо‘lmagan hollarda kredit, muddati о‘tgan kreditlar hisobvarag‘i orqali undirishga taqdim etiladi, u bо‘yicha majburiyatlar esa 91900
«Qarzdorlarning kredit va lizing majburiyatlari» balansdan tashqari hisobvaraqdan hisobdan chiqariladi va 90963 «Muddatida tо‘lanmagan hisob-kitob hujjatlari» balansdan tashqari hisobvaraqdagi 2-Kartortekaga joylashtirilib, о‘rnatilgan tartibida undirilishi lozim.
Kо‘rilishi mumkin bо‘lgan zararlarni qoplash uchun zahira summasi yetarli bо‘lmagan hollarda qо‘shimcha ajratmalar amalga oshiriladi.
О‘tkazilgan vaqtdan boshlab aktiv va hisoblangan foizlar besh yildan kam bо‘lmagan muddat davomida “Kо‘zda tutilmagan holatlar” hisobvaraqlarida aks ettirilishi lozim.
Bunda bank filiali tomonidan muntazam ravishda oyiga kamida 1 marta qarzdorga kredit bо‘yicha qarzdorlikni va unga hisoblangan foizlarni tо‘lash haqida asosiy qarz va olinishi lozim bо‘lgan hisoblangan foizlar bо‘yicha qarzdorlikning mavjudligini tasdiqlovchi “Kо‘zda tutilmagan holatlar” hisobvaraqlaridan kо‘chirmalar ilova qilingan holda e’tiroz xati yuborib turilishi kerak .
Bank tomonidan umidsiz qarzlarni undirish bо‘yicha kо‘rilgan barcha choralarga qaramasdan qarzdorlik sо‘ndirilmasa, ushbu qarzdorlik (asosiy qarz va foizlar) sо‘ndirilmay qolsa, uni “Kо‘zda tutilmagan holatlar” hisobvaraqlaridan faqatgina Bank Kengashining qarori asosida keyinchalik aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishida tasdiqlash orqali hisobdan chiqarilishi mumkin.
Kreditni tо‘la yoki qisman sо‘ndirish uchun qabul qilingan ta’minot О‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq 3 yildan kо‘p bо‘lmagan vaqt davomida sotilishi kerak.
Agar aktiv 12 oy davomida sotilmagan bо‘lsa aktivning balans qiymati oshirib kо‘rsatilganligi aniq bо‘lib qoladi. Shuning uchun ham bunday aktivlarni mustaqil baholovchi tomonidan xar yili baholatib turish zarur. Agar yangi baholangan qiymati (aktivni sotishda qilingan xarajatlar chegirib tashlanganda) joriy qiymatidan kamroq bо‘lsa, bank aktivni yangi real qiymatida hisobdan chiqarilishi, xarajatlar esa “Boshqa foizsiz xarajatlar” hisobvarag‘ida hisobga olinishi kerak. Agar aktiv keyinchalik yuqoriroq narxlarda sotilsa, foyda faqatgina sotish haqiqatda amalga oshirilganda hisobga olinadi.
Bank filiallari boshqa kо‘chmas mulklar о‘rnatilgan muddat (3 yil) davomida sotilmay qolgan hollarda xat bilan Bosh bankka murojaat qiladilar, Bosh bank esa о‘z navbatida Markaziy bankka murojaat qiladi va Markaziy bank tomonidan boshqa kо‘chmas mulkka egalik qilish davrini qо‘shimcha ravishda ikki yilgacha bо‘lgan muddatga uzaytirishi mumkin.