O ʻ zbekiston respublikasi oliy va o ʻ rta maxsus ta ʼ lim vazirligi


 Fyuchers shartnomalarining mohiyati



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/173
Sana31.01.2023
Hajmi5,76 Mb.
#905937
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   173
Bog'liq
O zbekiston respublikasi

5.4. Fyuchers shartnomalarining mohiyati
va ularning o
ʻ
ziga xos jihatlari
Fyuchers shartnomalari bu ikki tomon oʻrtasida bazis aktivni 
kelajakda yetkazib berish boʻyicha birjada tuzilgan bitimdir. Ushbu 
shartnomalarning sharti birja tomonidan belgilanadi va ular har bir 
bazis aktiv uchun standart hisoblanadi.
Forvard shartnomasi kabi fyuchers shartnomasi ham amalga oshi-
rilishi shart hisoblanadi. Shu bilan birgalikda fyuchers shartnomalarini 
forvard shartnomasidan bir qator muayyan farqli tomonlari ham 
mavjud: 

fyuchers shartnomasi standartlashtirilgan hisoblanadi (shartno-
malarning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, bitim boʻyicha 
barcha shartlar (yetkazib berish narxidan tashqari) birja tomonidan 
belgilanadi); 

fyuchers shartnomasini amalga oshirilishi birja tomonidan 
kafolatlanadi; 

fyuchers bozorining ishtirokchisi shartnoma muddati 
tugagunicha istalgan vaqtda oʻzining pozitsiyasini qarama – qarshi 
yoʻnalishdagi shartnoma (ofset) bilan yopishi mumkin (jumladan, 
fyuchers bozorida qisqa pozitsiyani yopish uchun huddi mana shuncha 
shartnomalar miqdorida uzun pozitsiyasini ochish lozim, bunday 
holatda savdo ishtirokchisining pozitsiyasi bekor qilinadi); 

fyuchers bozorida moliyaviy kafolat tizimi amal qiladi, bunda 
har bir fyuchers shartnomasi boʻyicha maʼlum bir pozitsiyani ochish 
uchun birja eng kam miqdorda garov taʼminotini belgilaydi hamda uni 
saqlaydi. Garov badali boshlangʻich yoki depozit marjasi deb atalib, u 
asosan shartnoma summasidan 2 – 10% ni tashkil etadi. 
Fyuchers shartnomalarining asosini nafaqat tovalar, balki 
moliyaviy instrumentlar ham tashkil etishi mumkin. Bazis aktivlarini 
moliyaviy instrumentlar, yaʼni qimmatli qogʻozlar, fond indekslari
valyutalar, bank depozitlari tashkil etuvchi shartnomalar moliyaviy 
fyuchers shartnomalari deyiladi.
16
16
Буренин А.Н.
Рынок ценных бумаг и производных финансовых инструментов: 
Учебное пособие. М.: 1 Федеративная Книготорговая Компания, 1998. 180 с. 


83 
Moliyaviy fyuchers shartnomasi foiz stavkalariga asoslangan 
forvard shartnomasiga oʻxshaydi, moliyaviy instrumentlarni bir 
tomondan ikkinchi tomonga, kelajakda belgilangan muddatda yetkazib 
berilishidan darak beradi. Lekin u forvard shartnomasidan maʼlum bir 
tomonlari bilan farqlanadi, jumladan fyuchers shartnomalari forvard 
bozoridagi defolt holatlari va likvidlilik bilan bogʻliq muammolarni 
yengib oʻtadi.
17
Hozirgi kunda zamonaviy fyuchers bozorlari asosan 
moliyaviy fyuchers shartnomalari hisobiga rivojlanib kelmoqda.
Biz yuqorida forvard shartnomalari haqida fikr yuritganimizda, 
forvard narxini aniqlash formulasini keltirgan edik. Ana shu formula 
orqali fyuchers narxini ham aniqlash mumkin, lekin bu borada 
fyuchers bozorining oʻziga xos xususiyalarini inobatga olish zarur. 
Jumladan, fyuchers bozorlarida arbitraj operatsiyalarini amalga 
oshirish imkoniyati ancha kam. Bu avvalo fyuchers shartnomalarining 
likvidliligi yuqoriroq ekanligi bilan bogʻliq. 
Fyuchers narxi deganda fyuchers shartnomasini imzolashda 
belgilangan narx
tushunilib, u investorlarning tegishli aktiv boʻyicha 
kelajakda kutayotgan spot narxini aks ettiradi. Fyuchers shartnomasini 
imzolashda bazis aktivning fyuchers narxi spot narxidan yuqori yoki 
past boʻlishi mumkin. 
Agar fyuchers narxi spot narxidan yuqori 
boʻlsa, u holda bu holat kontango deyiladi. Agarda teskarisi, yaʼni 
fyuchers narxi spot narxidan past boʻlsa, u holda bu holat 
bekuordeyshn deyiladi
.
Fyuchers narxi va spot narxi oʻrtasidagi farq bazis deb ataladi

Shartnoma muddatining oxirida bazis nolga teng boʻladi, chunki 
fyuchers narx va spot narx oʻzaro bir nuqtada kesishadi, yaʼni bazis 
aktivning fyuchers narxi spot narxga yaqinlashib boradi. Bazis, tovar – 
xomashyo mahsulotlari bilan savdolarda alohida ahamiyatga ega
18

Fyuchers narxini belgilashning asosiy nuqtasi bu “yetkazib berish 
narxi”ni aniqlashdir. 
Yetkazib berish narxi 

bu shartnoma davri 
davomida bazis aktivga egalik qilish bilan bogʻliq barcha xarajatlar 
va yoʻqotilgan foydadir.
Uning tarkibi quyidagi elementlardan iborat:
17
Frederic S.Mishkin, Stanley G.Eakins.
Financial markets and Institutions USA: Prentice 
Hall, Pearson Education, 2012. P. 593 
18
Деривативы. (Серия «Reuters для финансистов»)/Пер.с англ. М.: Альпина Паблишер, 
2002. 52 с. 


84 
a) aktivni saqlash va sugʻurtalash bilan bogʻliq xarajatlar;
b) bazis aktivni sotib olishga sarflangan summadan investor olishi 
mumkin boʻlgan foiz; qarz uchun investor toʻlaydigan foiz.
Yuqoridagilarni quyidagicha yozish mumkin: 
Agar ushbu tenglik amalga oshmasa, u holda arbitraj operatsiya-
larini oʻtkazish imkoniyati paydo boʻladi. Yaʼni,
 
bu yerda, 
I
k
– kredit foizi; 
S – 
bazis aktivning spot narxi; Z – saqlash 
va sugʻurtalash xarajatlari, u holda arbitrajer: 
a) shartnomani sotadi; 
b) I
k
foizda mablagʻlarni qarzga olib, unga bazis aktivni sotib oladi 
va uni yetkazib berish davrigacha saqlaydi;
d) shartnoma muddati tugaganidan soʻng aktivlarni yetkazib 
beradi va quyidagi oʻlchamda foyda oladi [

– 
(S + I
k
+ Z)]. Qimmatli 
qogʻozlar bilan savdoda Z nolga teng. Agar 
bu yerda, 
I
d
– depozit foizi, u holda arbitrajer: 
a) shartnomani sotib oladi; 
b) aktivni 
I
k
foizda qarzga oladi; 
d) aktivni sotadi va olingan summani 
I
d
foiz bilan joylashtiradi; 
e) shartnoma muddati tugaganidan soʻng depozit boʻyicha 
foizlarni oladi, shartnoma boʻyicha aktivlar uchun toʻlovni amalga 
oshiradi, kreditorga foizlari bilan qaytaradi. Uning foydasi esa 
quyidagicha boʻladi: 
(S + I

– 
I
k
– 
F). 
Fyucherslar orqali savdolarni amalga oshirishda bozor 
ishtirokchilari tomonidan maʼlum bir srategiyalar yuritilib, ularning 
ichida eng oddiy koʻrinishi bu fyuchers shartnomalarini sotish va sotib 
olishdir. Shuningdek investor bir vaqtning oʻzida uzun va qisqa 
pozitsiyalarni ochishi ham mumkin. Bunday strategiya spred yoki 
streddl deb ataladi. Investor bunday harakatlarni turli fyuchers 
shartnomalarining narxi yetkazib berish narxiga teng kelmasligini 
taxmin qilganda amalga oshiradi. Shu bilan birgalikda spredni 
shakllantirish, faqat uzun yoki qisqa pozitsiyani ochishdan koʻra kam 
riskli strategiya hisoblanadi. Spred orqali investor narxlarni umumiy 


85 
oʻzgarish darajasi bilan bogʻliq zararlarni bartaraf etadi va ayrim 
sabalarga koʻra kelib chiqqan narxlarning ogʻishi hisobidan foyda 
olishni moʻljallaydi.
Xulosa qilib aytganda, fyuchers bozoridagi operatsiyalar spot 
bozoriga qaraganda yuqori daromadliligi bilan ajralib tursada, lekin bu 
holat yuqori riskka ega ekanligini ham unutmaslik kerak. Haqiqatda, 
fyuchers bozorida narxlarning salbiy tomonga oʻzgarishi oqibatida 
koʻrilgan zararlar spot bozoridagi zararlardan koʻra bir necha marta 
oshib ketishi mumkin. Demak, fyuchers shartnomasini tuzuvchi 
shaxslar fond bozorini, uning hozirgi va kelajakdagi holatini hamda 
narx-navo qanday boʻlishini chuqur oʻrganishi va uni bilishi lozim 
boʻladi. 

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish