75
ushbu amaliyot bilan rozi boʻlmaganlarning huquqlarini cheklab
qoʻymoqda edi.
Lekin shu bilan birga opsionlar bilan savdoga ijobiy munosabatda
boʻlgan aʼzolar ham yoʻq emas edi va albatta bu holatda vaziyat
ularning foydasiga hal boʻlayotgan edi.
Amerika birjalarida tovarlarga va aksiyalarga opsionlar bilan
savdo XIX asrning 60-yillarida amaliyotga kirib keldi, XX asrning
boshida esa Opsionlar boʻyicha Brokerlar va Dillerlar Assotsiatsiyasi
(Putt and Call Brokers and Dealers Association) tashkil etildi.
1848 yilda Chikago savdo palatasi (Chicago Board of Trade –
CBOT) tashkil etildi va u sotuvchi hamda xaridorlar oʻzaro
tovar
ayirboshlash operatsiyalarini oʻtkazishlari mumkin boʻlgan joyga
aylandi. Dastlabki savdolar naqd tovarlar bilan amalga oshirilgan
boʻlsa, soʻngra esa savdolar tovarlarni kelishilangan narxlarda
kelajakdagi maʼlum bir sanada yetkazib berish boʻyicha ham amalga
oshirila boshlandi. Chikago savdo palatasida roʻyxatga olingan
birinchi forvard shartnomasi 1851 yil 13 martda qayd etilgan boʻlib, u
300 bushel (oʻlchov birligi, 1 bushel=35,2l) makkajoʻxorini yetkazib
berishga tuzilgan.
Uzoq muddat davomida turli davlatlar fyucherslar va opsionlar bilan
savdo qilishni cheklab va man etib kelganiga qaramay 1972 yili Chikago
tovar birjasi (Chicago Mercantile Exchange - CME)da
Xalqaro valyuta
bozori (International Monetary Market - IMM) deb ataluvchi yangi
boʻlinma tashkil etildi, bu esa ilk marotaba tashkil etilgan moliyaviy
fyuchers shartnomalari - valyuta fyucherslari bilan savdo qiluvchi
maxsus birja maydonchasi hisoblandi. Bu paytgacha fyucherslarning
baʼzaviy aktivi sifatida faqat tovarlardan foydalanib kelingan edi. Shu
bilan birgalikda shu yili Chikago savdo palatasi aksiyalar boʻyicha
fyuchers savdolari amalga oshirish uchun ruxsatnomasiga rad javobini
oldi. Bunga javoban u 1973 yilda Chikago opsion birjasini (Chicago
Board Options Exchange – CBOE) tashkil etdi.
Shu bilan birgalikda
aynan shu yili Fisher Blek va Mayron Shoulz oʻzlarining opsionlar
narxini aniqlash formulasini eʼlon qilishdi.
70-yillarning oxiriga kelib esa moliyaviy fyucherslar ommaviy
tarzda tan olindi va ular bilan savdolar dunyodagi barcha birjalarda
amalga oshirila boshlandi.
76
Maʼlumki, birjada savdolar ochiq savdolar orqali amalga
oshiriladi. Lekin hosilaviy qimmatli qogʻozlar boʻyicha shartnomalar
birjadan tashqari holatda ham amalga oshirilishi mumkin. Garchi
birjadan tashqari forvard va opsion bitimlaridan 70-yillargacha
foydalanib kelingan boʻlsada, faqat 80-yillarga kelib bunday savdolar
sezilarli darajada ortdi. Aynan mana
shu davrda ilk marotaba
svoplarning oʻrni yaqqol koʻrindi. Dastlabki svoplar ichida shundaylari
uchrar ediki, ularda majburiyatlar boʻyicha foiz toʻlovlarining
almashinuvi, yaʼni bir tomon oʻzining qatʼiy foiz stavkasini ikkinchi
tomonning suzuvchi foiz stavkasiga almashtirar edi.
14
Shu davrdan
boshlab sotuvchi va sotib oluvchilar tomonidan moliyaviy richag
samarasidan intensiv foydalanila boshlanganligi sababli hosilaviy
qimmatli qogʻozlar riskni xedjirlash vositasidan yuqori daromad
keltiruvchi instrumentga aylana boshladi.
XX asrning boshlarida bozor rivojlanishiga sabab boʻluvchi
muhim voqea yuz berdi, yaʼni 1920 yilda muddatli birja savdolaridagi
asosiy element hisoblanuvchi kliring palata tashkil etildi.
XX asrning oxiri 90-yillar va XXI asrning boshlarida muddatli
savdolarning rivojlanishidagi asosiy
tendensiyalardan biri bu
birjalarning xalqaro miqyosda birlashuvi boʻldi. Jumladan, 1997 yili
Germaniya va Shveysariya birjalari birlashtirilib, Eurex ittifoqi tashkil
etildi. 2000 yil Parij, Amsterdam va Bryussel (keyinroq ittifoqqa
Lissabon birjasi ham qoʻshildi) birjalari birlashtirilib, Euronext yagona
yevropa birjasi tashkil etildi, soʻngra, yaʼni 2008 yil ushbu birja Nyu-
York fond birjasi bilan birlashdi. Shimoliy Amerikaning yirik muddatli
birja bozori CME Group 2007 yil Chikago tovar birjasi (Chicago
Mercantile Exchange – CME) va Chikago savdo palatasining (Chicago
Board of Trade – CBOT) oʻzaro birlashuvi natijasida paydo boʻldi.
Hozirgi paytda bu ittifoqqa yuqorida qayd etilganlardan tashqari Nyu-
York tovar birjalari NYMEX (New York Mercantile Exchange) va
COMEX (Commodity Exchange of New York) ham qoʻshilgan.
Hozirgi kunga kelib hosilaviy qimmatli qogʻozlar bozori fond
bozorining alohida segmenti sifatida rivojlanib kelmoqda, ayniqsa
ushbu moliyaviy instrumentlar aylanmasini
birjadan tashqariga
14
Деривативы. (Серия «Reuters для финансистов»)/Пер.с англ. М.: Альпина Паблишер,
2002. 19 с.
77
chiqishi sababli ular cheklanmagan miqdorda muomalada boʻlish va
turli bazis aktivlar boʻyicha, jumladan fond indekslari va boshqa hisob
koʻrsatkichlari boʻyicha ham muomalaga kiritilish imkoniyatiga ega
boʻldi. Soʻnggi paytlarda hosilaviy qimmatli qogʻozlar bozori boshqa
moliyaviy instrumentlarga qaraganda yuqori surʼatlarda oʻsishda
davom etmoqda va bu esa birjalardagi asosiy volatillik (oʻzgaruvchan-
lik)ni hosil qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: