87
uchun opsion bahosini oʻzida aks ettiradi. AQSHda bir dona opsion
shartnomasi 100 ta aksiyani sotish yoki sotib olish boʻyicha tuziladi.
Shunday ekan, investor broker orqali 115 dollarni birja hisobraqamiga
oʻtkazish kerak. Shundan soʻng birja bu summani kontragent
hisobraqamiga oʻtkazadi.
Yuqoridagi misolga koʻra, investor 115
dollar hisobiga Intel
kompaniyasining 100 dona aksiyasini 22,5 dollardan sotib olish
huquqiga ega boʻladi. Kontragent operatsiya boʻyicha 115 dollarni
oladi va investor opsion ijro etilishiga qaror qilsa Intel kompaniyasi
100 dona aksiyasini 2013-yil 18-oktyabrgacha 22,5 dollardan sotishga
rozilik beradi. Agar Intel kompaniyasi aksiyalari bahosi 2013-yil 18-
oktyabrgacha 22,5 dollardan
oshmasa opsion bajarilmaydi, investor
esa 115 dollarni yoʻqotadi. Lekin Intel kompaniyasi aksiyalar bahosi
30 dollargacha koʻtarilsa investor 100 ta aksiyani 22,5 dollardan sotib
olishi mumkin boʻladi. Bunday holatda investor foydasi 750 dollar
((30 – 22,5)x100)ni, opsion bahosini hisobga olgan holda 635 dollar
(750 – 115)ni tashkil etadi.
Ikkinchi muqobil bitimni koʻrib chiqamiz. Masalan, investor bitta
iyuldagi opsion putni 20 dollar ijro etilish bahosi bilan sotib olmoqchi.
Yuqoridagi jadvaldan koʻrinib turibdiki, bu opsion har bir aksiya
boʻyicha 0,85 dollar va bitta opsion bitimi boʻyicha 85 dollar
(100x0,85)ni tashkil etadi. Bunda investor 85 dollar evaziga 2013-yil 19-
iyulgacha Intel kompaniyasi har bir aksiyasini 20 dollardan sotish huqu-
qini oladi. Agar Intel kompaniyasi aksiyalari 20
dollardan oshib ketsa
opsion bajarilmaydi va investor 85 dollarni yoʻqotadi. Lekin aksiyalar
bahosi 15 dollarga teng boʻlsa, investor tomonidan opsion ijro etiladi va
100 ta aksiyani 20 dollardan sotish natijasida 500 dollar miqdorida foyda
oladi. Bunda opsion bahosini chegirgan holda operatsiya boʻyicha sof
foyda 415 dollarni tashkil etishini taʻkidlash mumkin.
Yana bir holatni koʻrib chiqamiz. Investor eBay kompaniyasi 100
ta aksiyasiga 100 dollar ijro etilish bahosi bilan yevropa opsion koll
sotib oldi. Faraz qilaylik, aksiyalarning joriy bahosi 98 dollarga teng,
opsion boʻyicha toʻlov muddati toʻrt oyga teng,
opsionlar bahosi
(mukofoti) esa har bir aksiyani xarid qilish uchun 5 dollar. Dastlabki
investitsiya summasi 500 dollar. Opsionning yevropa opsioni ekanligi
sababli investor uni faqat toʻlov muddatining tugash vaqtida bajarishi
mumkin. Agar ijro etilish vaqtida aksiya bahosi 100 dollardan past
88
boʻlsa, investor opsion shartnomasini bajarish uchun qabul qilmaydi.
Yaʻni bozorda aksiya bahosi 100 dollardan past boʻlgan holatda ularni
100 dollardan sotib olishdan hech qanday maʻno yoʻq. Bunday holatda
investor oʻz-oʻzidan dastlabki investitsiya summasini, yaʻni 500
dollarni yoʻqotadi. Lekin opsion muddatining tugash sanasida
aksiyalar bahosi 100 dollardan yuqori boʻlsa
opsion bajarishga qabul
qilinadi. Faraz qilaylik aksiya bahosi muddat oxirida 115 dollarga teng
boʻlsa, opsion bajariladi va investor 100 ta aksiyani 100 dollardan
sotib oladi. Bu aksiyalarni darhol sotish natijasida investor har bir
aksiya boʻyicha 15 dollardan foyda oladi. Umumiy operatsiya boʻyicha
investor foydasi opsion boʻyicha dastlabki qoʻyilmani hisobga olgan
holda 1000 dollarni tashkil etadi.
Quyidagi rasmda opsion bajarilish vaqtida bir dona aksiya bahosiga
investor foyda yoki zararining bogʻliqligi koʻrsatilgan (5.1-rasm).
5.1-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: