O ʻ zbekiston respublikasi oliy va o ʻ rta maxsus ta ʼ lim vazirligi


Foreksda daromad olish bosqichlari



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/173
Sana31.01.2023
Hajmi5,76 Mb.
#905937
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   173
Bog'liq
O zbekiston respublikasi

Foreksda daromad olish bosqichlari
33
 
 
Treyderning amalga oshirgan 
operatsiyalari 
Yevro 
AQSH 
dollari 
1EUR/1.1800USD kursida 10 000 yevro 
xarid qildi
 
+10 000 
-11 800 
Ushbu valyutalar orasidagi ayriboshlash 
kursi 1EUR/1.2500USD boʻlganda 
hisobidagi mablagʻni qayta AQSH dollariga 
ayriboshladi
 
-10 000 
+12 500 
Foyda miqdori
 

+700 
Bir qarashda foreksda daromad koʻrishdan osonroq ishning oʻzi 
yoʻqdek tuyulsada, buning uchun yetarlicha tahlil qila olish 
qobiliyatiga ega boʻlish talab etiladi. Foreksda treyder oʻzi uchun 
valyutalar juftligini tanlab olishi zarur. Misol uchun, yevro va AQSH 
33
https://www.babypips.com/learn/forex/make-money-trading-forex 


120 
dollari, shunda ularning valyuta juftligining foreksdagi koʻrinishi 
EUR/USD boʻladi. Foreksda daromad olish uchun ushbu valyutalardan 
birini arzonga sotib olish va yuqoriroq kursda sotish yoki yuqoriroq 
kursda sotib, keyin arzon kursda sotib olish talab etiladi. Agarda 
treyder narxning harakatlanish yoʻnalishini toʻgʻri tahlil qilib aniqlay 
olsa, unda u daromad koʻradi, aks holda u oʻz mablagʻining bir qismini 
yoʻqotadi. Shu tarzda treyder nafaqat valyuta kursining oshishidan, 
balki pasayishidan ham daromad olishi mumkin. 
Haqiqiy savdo hisob-varagʻi ochilgandan soʻng savol tugʻiladi: 
“Foreksda valyuta kurslarining farqida spekulyatsiya harakatlarining 
barcha turlari toʻgʻrisida bilmasdan turib qanday qilib pul ishlash 
mumkin?”. Umuman va yaxlit holda Foreks bozorida savdo qilish 
mutlaqo oson. Agar treyder kotirovkalarning harakati yoʻnalishini 
oddiygina oldindan tahlil qilish orqali yoki taxmin qilish orqali aniqlay 
olsa, unda uning savdosi muvaffaqiyatli va daromadli boʻladi. Agar 
treyder yevroning qiymati pasayayotganini sezsa, u darhol EUR/USD 
valyuta juftligida dollarni sotib olishi lozim yaʼni treyder SELL 
pozitsiyasini ochadi (bunda u yevroni sotadi) va foyda oladi, agar 
uning taxmini oʻzini oqlamasa, mablagʻining bir qismini yoʻqotadi. 
Sezgiga qarab savdo qilish koʻpincha foyda keltirsa ham professional 
treyderlar faqatgina sezgiga tayangan holda operatsiyalarni amalga 
oshirishmaydi. Lekin uning yordamida Foreksda maʼlum darajada pul 
ishlab olishi mumkin! Professional treyderlar ishlash vaqtida turli xil 
vositalar toʻplamlaridan foydalanishadi: OAVlaridagi axborotdan 
tortib (fundamental tahlil asoslari) to juda koʻp miqdordagi 
indikatorlar, maslahatchilar va ekspertlargacha.
Foreks dunyodagi eng yirik bozor boʻlishiga qaramasdan uning bir 
qator afzallik va kamchiliklari mavjud. 
Foreks bozorining afzalliklari
orasida eng muhimlari xususida 
toʻxtalib oʻtamiz. 
- barqarorlik, chunki Foreks indeksining tushib ketishidan va 
bozordagi yagona tovar boʻlgan valyutaning oʻziga xosligi tufayli 
moliyaviy inqirozga uchrashdan himoyalangan; 
- tovarning likvidligi. Valyutani toʻla hajmda va kerakli qiymatda 
sotilishida muammolar yuzaga kelmaydi, chunki xalqaro Foreks 
bozorida xaridorlar juda koʻp;


121 
- kunu tun foydalanish imkonining mavjudligi. Istagan payt va 
internetga kirish mumkin boʻlgan istagan joyda bitim tuzish mumkin; 
- oʻzgaruvchanlik ancha past darajada. Valyuta narxlarining har 
kunlik oʻzgarishlari 1%dan oshmaydi; 
- birinchi badal uncha katta emas. Hatto bir dollar bilan ham 
Foreksda ish boshlash mumkin; 
- bozorga yangi kirganlar va boshqalar uchun DEMO hisob-
varagʻini ochish mumkinligi. 
Foreks bozorining ayrim kamchiliklari:
- savdo intizomi darajasi uncha yuqori emas. Yoʻqotishlarni 
treyderning oʻzidan boshqa hech kim nazorat qilmaydi;
- bitim hajmlarini notoʻgʻri tanlash tufayli mablagʻ yoʻqotish 
ehtimoli mavjud. 


122 

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish