132
Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqqan
holda xalqaro aksiyalar bozori yetakchi va rivojlanayotgan bozorlarga
boʻlinadi. Bunda yetakchi xalqaro
aksiyalar bozoriga AQSH, Buyuk
Britaniya, Yaponiya, Yevropa ittifoqi mamlakatlari, Kanada, Avstra-
liya kabilar kiritiladi va ularda aksiyalar savdosi rivojlangan tashkiliy
va huquqiy tizimga, yuqori kapitallashuv darajasiga, birja orqali tash-
killashtirilgan savdo hajmining keskin yuqoriligi
kabilar bilan tavsif-
lanadi. 2017 yil holatiga koʻra aksiyalar boʻyicha kapitallashuv darajasi
eng yuqori savdo maydonlari quyidagi rismda keltirilgan (8.2-rasm).
8.2-rasm.
Aksiyalar bozori kapitallashuvi boʻyicha eng katta birjalar
oʻntaligi, milliard AQSH dollarida
39
Rivojlanayotgan xalqaro aksiyalar bozoriga rivojlanayotgan dav-
latlar va oʻtish iqtisodiyoti mamlakatlari kiritilgan holda ular oʻsish
surʼati yuqoriligi, risk darajasi yuqoriligi, kapitallashuv darajasining
pastligi va huquqiy tartibga solish mexanizmining takomillashmagan-
ligi, ayni paytda rivojlanishda ekanligi kabilar bilan tavsiflanadi.
Jahondagi mashhur moliya institutlari tomonidan ishlab chiqilgan
xalqaro aksiyalar indekslari xalqaro aksiyalar
bozori rivojlanish
indikatorlari hisoblanadi. Dastlabki xalqaro fond indekslaridan biri
EAFE Index (Yevropa, Avstraliya va Uzoq sharq fond indeksi)
39
https://www.statista.com/statistics/264661/domestic-market-capitalization-worldwide-top-10/
Nyu-York
fond birjasi
NASDAQ
London fond birjasi
Tokio fond birjasi
Shanxay fond birjasi
Gongkong fond birjasi
Yevronekst
Toronto fond birjasi
Shenjen fond birjasi
Frankfurt fond birjasi
133
hisoblanib, Buyuk Britaniya, Yaponiya,
Fransiya, Germaniya,
Gonkong, Shveysariya, Avstraliya, Italiya,
Gollandiya, Malayziya,
Avstriya va boshqa jami 21ta davlatdagi 2000dan ortiq kompaniyalar
aksiyalari asosida aniqlanadi. Shuningdek xalqaro aksiyalar bozori
indekslari sifatida Buyuk Britaniya aktuariylari instituti tomonidan
ishlab chiqilgan FTW indeksi (The Financial Times World Index),
GlobalIndex, SB-RGE kabilarni ham keltirish mumkin. Shuningdek,
1999 yildan DJGTIndex ham hisoblanib, dunyodagi 8 ta yirik fond
bozorlariga ega davlatlar – AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya,
Yaponiya, Germaniya, Italiya, Shveysariya va Gollandiyadagi 50 ta
kompaniya asosida hisoblanadi.
1998 yil martdan AQSH fond bozorida savdo qilinadigan amerika
depozitar tilxatlarining birinchi indeksi sifatida Bank of New York
(Nyu-York banki) indeksi hisoblana boshlandi. Bu indeks real vaqt
rejimida umumiy kapitallashuvi 3,1 trillion AQSH dollaridan ortiq
boʻlgan 36ta mamlakatdan 431ta kompaniya maʼlumotlari asosida
hisoblanadi.
Aksiyalarni xalqaro fond bozorlarida joylashtirishda depozitar
tilxatlar qoʻllanilishini yuqorida ham taʼkidlagan edik. Depozitar
tilxatlar – ikkilamchi qimmatli qogʻozlar boʻlib, nominal qiymatga ega
boʻlmagan qimmatli qogʻoz boʻlib, u
taqdim etiladigan qimmatli
qogʻozlarning muayyan soniga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlaydi va
uning egasining ushbu qimmatli qogʻoz emitentidan depozitar tilxat
oʻrniga taqdim etiladigan qimmatli qogʻozlarning tegishli sonini
olishini hamda taqdim etiladigan qimmatli qogʻozlar bilan mustahkam-
langan huquqlarning depozitar tilxat egasi tomonidan amalga
oshirilishi bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatilishini talab qilish huquqini
mustahkamlaydi.
Xalqaro aksiyalar bozorida qoʻllaniladigan depozitar tilxatlarning
asosiy turlari quyidagilar:
- amerika depozitar tilxatlari (ADR);
- yevropa depozitar tilxatlari (YEDR);
- global depozitar tilxatlari (GDR).
Amerika depozitar tilxatlari – maʼlum bir miqdordagi amerika
depozitar aksiyalariga egalikni tasdiqlovchi sertifikatdir.
Yevropa
depozitar tilxatlari Yevropa banklari tomonidan Yevropa ittifoqi
134
mamlakatlaridan tashqarida joylashtirilgan kompaniyalar aksiyalariga
egalik qilishni tasdiqlovchi qimmatli qogʻozdir. Global depozitar
tilxatlar esa AQSH fond bozorlarida, shuningdek boshqa davlatlar fond
bozorlarida taklif qilinadi va joylashtiriladi. Umumiy holda amerika
depozitar tilxatlari va global depozitar tilxatlarni muomalaga kiritish
bosqichlari quyidagilar (8.3-jadval).
8.3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: