54
olish holati avtomat tarzda amalga oshadi. Aksiyani ushlab turuvchi
shaxs aksiyalarni qaytarish muddatini oʻz xohishiga koʻra
belgilagan
boʻlsada, bu haqda kompaniyani oldindan ogohlantirishi lozim. 4.2-
rasmda qayta chaqirib olinadigan prefaksiyalarni muomalaga chiqarish
tartibi koʻrsatilgan.
4.3-rasm.
Qayta chaqirib olinadigan prefaksiyalarni
muomalaga chiqarish
4.2. Aksiyalar qiymati va daromadliligini baholash
Oʻzbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyador-
larning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan
aksiyalar
egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar
boʻlib, ular turiga koʻra oddiy va imtiyozli boʻlishi mumkin.
Imtiyozli aksiyalar oʻz egalariga jamiyat foyda koʻrish-koʻrmas-
ligidan qatʻiy nazar muayyan dividendlar olish huquqini beradi. Mam-
lakatimiz qonunchiligiga koʻra aksiyadorlik jamiyatining imtiyozli
aksiyalari boʻyicha dividendlarni qimmatli qogʻozlar bilan toʻlashga
yoʻl qoʻyilmaydi.
Oddiy aksiyalar boʻyicha dividendlar oldindan belgilab qoʻyil-
maydi. Ularning miqdori jamiyat tomonidan
olinadigan foydaga
bogʻliq va aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarori bilan belgilanadi.
Qayta chaqirib olinadigan prefaksiyalarni
muomalaga chiqarish
Qayta sotib olish
uchun fondni tashkil
etish. Aksiya uchun
premiyani
belgilash
Prefaksiyalarni
yillik chiqarish
foizini belgilash
Retrektiv prefaksiyalarni
muomalaga chiqarish
Qayta sotib olish bahosi
chegarasini belgilash
Muddatidan
oldin chiqarish
kafolati taʼminoti
Muomalaga chiqarish sanasini
tasdiqlash va ogohlantirish
55
Aksiyalar obligatsiyalarga qaraganda yuqori riskli qimmatli
qogʻozlar hisoblanadi. Dividendlardan va aksiyalar bahosi oʻsishi
hisobiga shakllanadigan yuqori foyda olish
imkoniyati investorlarni
jalb qilishga xizmat qiladi. Aksiyalarning yuqori daromadliligi odatda
qarz majburiyatlari bilan taqqoslaganda inflyatsiyadan yaxshigina
himoyani taʻminlaydi.
Aksiya va obligatsiyalarni baholash texnikasi pul oqimlarini
diskontlashning yagona modeliga asoslanishiga qaramasdan, aksiyalar
qiymati va daromadliligini aniqlash quyidagi ikkita holat sabab ancha
murakkab hisoblanadi:
- oddiy aksiyalar boʻyicha dividendlar kafolatlanmagan, yaʻni
oldindan maʻlum emas;
- aksiyalar qoplash muddatiga ega emas.
Yuqorida taʻkidlanganidek, aksiya egasining daromadi olinadigan
dividendlar va aksiya bozor bahosining oʻzgarishidan tashkil topadi.
Investitsiyalar bitta davrli boʻlgan holatda
aksiya qiymati quyidagi
formula yordamida aniqlanishi mumkin:
,
bu yerda
Do'stlaringiz bilan baham: